170
www.odnoklassniki.ru, www.my.mail.ru, O‘zbekistonda esa www.uforum.uz,
www.muloqot.uz, www.mytube.uz tarmoqlarini keltirish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarni veb-texnologiya sifatida ta’riflash mumkin. Bu tarmoq
foydalanuvchilarga xabar jo‘natish va almashish imkonini beradi. Birinchi o‘rinda,
tarmoqqa kiruvchilar sonini inobatga olish kerak. Blogni yuritayotgan turfirma
xodimi Internetda paydo bo‘lgan axborotni butunlay olib tashlab bo‘lmasligini
anglashi, shu sababli, mas’uliyatni tushungan holda, faqat to‘g‘ri ma’lumotni
joylashtirishi kerak.
Nashr etilgan axborot turfirma obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
tushunib yetish lozim.
U yoki bu ijtimoiy tarmoq tugmasini yangiliklar tasmasi yoki blog maqolalari
ostiga joylashtirish millionlab foydalanuvchilarga materiallarning havolasi o‘zining
kelgusidagi auditoriyasi bilan tez almashish imkoniyatini yaratadi.
Har gal foydalanuvchi saytdagi ushbu tugmani bosganda, uning Web-
sahifasida avtomatik tarzda saytga murojaat ko‘rsatilgan xabar chiqadi.
Sizning sahifalarga kiruvchilar saytga murojaat qilish orqali undan doim
foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, veb-resurs yangilik paydo bo‘lgandan
keyin qisqa vaqt ichida qo‘shimcha kiruvchilarning diqqatini tortishi mumkin bo‘ladi.
U yoki bu resurs orasidan kiruvchilar ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tanlab
olishi juda muhimdir. Masalan, turfirma sayti uchun salohiyatli auditoriya – asosan
turistlar, NNT va gid-ekskursovodlar, talabalar, shuningdek, boshqa tadbirkorlik
tuzilmalari bo‘lib, aynan ular ko‘proq foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish lozim.
Sayt qidiruv tizimlarida ularning ommalashishiga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan
resursni optimallashtirish bilan bir qatorda yuqori natijaga erishish uchun unga o‘z
vaqtida tuzatishlar kiritib borish, barcha mahalliy OAVda tashviqot qilish zarur.
Qanday tuzatishlar kiritish zarurligini aniq tasavvur qilish uchun mutaxassis
har kuni saytga qancha kishi, qaysi qidiruv so‘rovlar bo‘yicha va qaysi qidiruv
tizimlari, saytlar yoki kataloglardan kirayotganini, qanday bo‘lim va sahifalar
ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini tahlil qilib borishi kerak. Bu ma’lumotni sayt
statistikasidan olish mumkin, ushbu resurs ishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
to‘plash esa uni ommalashtirishning muhim majburiy bosqichiga aylanishi kerak.
Statistik ma’lumotlar statistikani tahlil qilishga xizmat qiluvchi o‘lchagichlar, log va
skriptlar yordamida olinadi. Statistika servisi taqdim etadigan o‘lchagich saytga
kiruvchilar sonini mustaqil sanash imkonini beradi. Bunda saytda ma’lumot
to‘plovchi kod o‘rnatiladi, hisoblagich statistik ma’lumotlarni sanaydi, qayta ishlaydi
va natijani chiqarib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: