17
M. Armstrong. Human resource management. 2010 -p.
752
138
E’LON NAMUNASI:
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti bo’yicha
quyidagi bo’sh (vakant) o’rinlar: kafedra mudiri, professor, dostent, katta
o’qituvchi, o’qituvchi, assistent lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; polimerlar kimyosi; falsafa
tarixi va mantiq; pedagogik psihologiya va pedagogika
kafedralari mudirlariga;
Ekologiya; geodeziya, kartografiya va kadastr; jahon tarixi; umumiy
tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi; etika va estetika; ingliz tilshunoslik va
tarjima nazariyasi
kafedralari professorlariga;
Odam va hayvonlar fiziologiyasi; ekologiya; ijtimoiy geografiya va
mintaqaviy iqtisodiyot; biznesni boshqarish; menejment; noorganik kimyo;
geometriya va amaliy matematika; milliy g‘oya va ijtimoiy falsafa; nemis
filologiyasi; fuqarolik prostessi
kafedralari dostentlariga;
Agrokimyo; ommaviy aloqalar va reklama; ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika; jahon adabiyoti va nazariyasi; fuqarolik prostessi; fuqarolik
huquqi
kafedralari katta o’qituvchilariga;
Differenstial tenglamalar; turkologiya va fakultetlararo o‘zbek tili; ma‘naviyat
asoslari va dinshunoslik; etika va estetika; davlat va huquq nazariyasi va xalqaro
huquq; jismoniy tarbiya
kafedralari o’qituvchilariga;
Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
kafedrasi assistentiga.
7.2.Tanlov talabi va tartibi
.
Tanlov qatnashchilariga qo‘yilgan malaka talablari tashkilot Nizomida
keltirilgan bo‘ladi. Jumladan, oliy ta‘lim muassasasi Nizomida lavozimlar tanlov
bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga quyidagi
malaka talablari qo‘yilgan:
1.
Pedagog xodimlar (professor-o‘qituvchilar tarkibi) toifasiga kafedra
mudiri, professor, dostent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimini
egallab turgan shaxslar kiradi.
139
2.
Oliy ta‘lim muassasasining kafedra mudiri, professor, dostent, katta
o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimi 5 yil muddatga tanlov bo‘yicha
egallanadi.
Besh yillik muddat tamom bo‘lganidan keyin ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar
mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.
3.
Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi.
4.
Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan
nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dostent ilmiy unvoniga ega
bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.
Dostent (fan nomzodi) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir marotaba
besh yillik muddatga qo‘yiladi.
Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab
turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dostent (fan nomzodi) oliy ta‘lim
muassasasi rektorining taqdimnomasiga ko‘ra va bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli
vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallashga faqat
favqulodda hollarda tanlovda qatnashishi mumkin.
Fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dostent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bir
shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga
qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san‘at
yo‘nalishlari kafedra mudirlari lavozimini egallash uchun tanlovda dostent ilmiy
unvoniga (fan nomzodi ilmiy darajasiga) ega bo‘lmagan, biroq kamida 5 yillik
metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs
qatnashishi mumkin.
5.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor
ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi
mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek, kamida 5 yillik
ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta‘lim yo‘nalishlari
bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning muallifi bo‘lgan fan nomzodi ilmiy
140
darajasiga yoki dostent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs bir muddatga qatnashishi
mumkin.
6.
Dostent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, tegishli
mutaxassislik bo‘yicha dostent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega yoki fan
doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi mumkin.
Bir muddatga dostent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek,
tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik
bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning
ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan
yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.
7.
Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma‘lumotga ega
bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja va ilmiy
unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq
o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan
shaxslar ham qatnashishi mumkin.
8.
O‘qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli
mutaxassislik bo‘yicha oliy ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli
mutaxassis) qatnashishi mumkin.
9.
Homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar
egallab turgan lavozimlarga tanlov e‘lon qilinmaydi.
10.
Oliy ta‘lim muassasalariga o‘qituvchi lavozimiga soatbay haq to‘lash
shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug‘i bilan, belgilangan
tartibda qabul qilinadi.
11.
Katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutini bitiruvchi tugatish yilida,
shuningdek, Oliy ta‘lim muassasasini bitirgan mutaxassis taqsimot bo‘yicha
o‘qituvchi lavozimiga tanlovdan tashqari 3 yil muddatga tayinlanadi.
Tanlov o‘tkazish tartibiga asosan oliy ta‘lim muassasasi saylanish muddati
mazkur o‘quv yilida tugaydigan kafedra mudiri, professor, dostent, katta
o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlarini egallash uchun, shuningdek,
bo‘sh lavozimlarga taxminan quyidagi mazmunda tanlov e‘lon qiladi.
141
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy ta‘lim muasasasiga kuyidagi
hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |