Hujjat rezolyustiyasi
: Mansabdor shaxs tomonidan yozilgan va u tomonidan
qabul qilingan qarorni o‘z ichiga olgan hujjatdagi yozuvdan iborat rekvizit.
Hujjat rekviziti:
Rasmiy hujjatni rasmiylashtirishning majburiy elementi.
Hujjatlashtirish tizimi:
Kelib chiqishi, faoliyat vazifasi, turi, sohasi,
rasmiylashtirishga qo‘yiladigan yagona talablarning belgisi bo‘yicha o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan hujjatlar jami.
Hujjatni bajarish muddati:
Normativ-huquqiy hujjat, tashkiliy-boshqaruv
hujjat yoki rezolyustiya bilan belgilangan muddat.
Ko’rsatma:
Axborot-metodik xususiyatli masalalar, shuningdek ushbu organ
yoki yuqori turuvchi organ buyruqlari, yo‘riqnomalari va boshqa hujjatlari
bajarilishi tashkilot bilan bog‘lik bo‘lgan masalalar bo‘yicha asosan davlat
boshqaruv organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjat.
Elektron hujjat:
Elektron shaklda kayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikastiya qilish imkoniyatini
beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot.
41
Yuridik kuch:
Rasmiy hujjatning xususiyati bo‘lib, unga amaldagi qonun
hujjatlari, chiqargan organ vakolati va uni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi
bilan habar beradi.
9
Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarni tuzishda va rasmiylashtirishda hujjatlarning
huquqiy kuchini ta‘minlovchi, ularning operativ bajarilishi va ulardan keyinchalik
foydalanish imkonini beruvchi, shuningdek axborotni mashinada ishlov berish
uchun sharoit yaratuvchi bir qator talablarga va koidalarga amal qilishi zarur.
Hujjat O'z DSt 1157 talablariga muvofiq blankda rasmiylashtirilishi, majburiy
rekvizitlarning belgilangan majmuiga ega bo‘lishi va ular barqaror tartibda
joylashgan bo‘lishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida
majburiy rekvizitlar tarkibi, agar hujjatning vazifasi, unga ishlov berish va x.k.
talab etilsa, u boshqa rekvizitlar bilan xat muallifi tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarni rasmiylashtirishdagi majburiy talablar bo‘lib
blanklardan foydalanish, hujjat turini ko‘rsatish, sarlavha tuzish, manzillash,
hujjatga sana qo‘yish, hujjat matni kelishilgani to‘g‘risidagi belgilarni qo‘yish,
hujjatni imzolash, tasdiqlash, muhr bosish, hujjatning o‘tishi va bajarilganligi
to‘g‘risidagi belgilarni qo‘yish hisoblanadi.
Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish boshqarish uchun zarur bo‘lgan
axborotni belgilangan shaklda yozishdan, ya‘ni hujjatlarni yaratishdan iborat.
Hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib boshqaruv ishlarining mavjudligiga va
mazmuniga ishonch hosil qilish, axborotni uzatish, ma‘lum vaqt davomida saqlash
va foydalanish zarur hisoblanadi.
Tashkiliy-boshqaruv hujjatlari bir nechta asosiy guruxlarga bo‘linadi:
- tashkiliy huquqiy;
- boshqaruv;
- rejali;
- ma‘lumotnoma-axborot;
9
Изоҳ - Ҳужжатнинг юридик кучи ҳужжатнинг ҳар бир тури учун ҳужжатни
расмийлаштиришнинг мажбурий элементлари каби белгиланган реквезитлар мажмуи билан ГОСТ
6.10.4 га мувофиқ таъминланади (хужжат муаллифининг номи, адресат, имзо, сана, хужжат
рақами, тасдиқлаш грифи, мухр ва бошкалар).
Do'stlaringiz bilan baham: |