TASHKILOTNING NOMI
ShTATLAR JADVALI
«----» ------ 2018 yil uchun
TASDIQLANGAN
Tashkilotning « »_____2018 yildagi
- sonli buyrug’i
shtat miqdori _____nafar
Tarkibiy
bo‘lim
Lavo
zim
nomi
Shtat
miqdori
Tarif
stavka
Ustama haqi
so‘m
Jami
(5,6,7,8
ustun
lar)
Izoh
nomi
kodi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Jami
Kadrlar bo’lim boshlig’i
imzo
I.Sh. Familiyasi
Bosh buxgalter
imzo
I.Sh. Familiyasi
59
4.2. Lavozim yo’riqnomasi
Lavozim yo‘riqnomasi - xodimning tashkiliy-huquqiy qoidasi, uning
majburiyatlari,
huquqlari,
javobgarliklarini
tartibga
solish
maqsadida
chiqariladigan va uning samarali ishlashi uchun sharoitni ta‘minlaydigan normativ-
huquqiy hujjatdir.
Lavozim yo‘riqnomalari ishlar tahlili natijasida yuzaga keladi. Ular quyidagi
qismlar bo‘yicha bajariladigan ish haqidagi asosiy axborotni taqdim qiladi:
lavozim nomi, bo‘ysinuvchi xodimlar, umumiy maqsad yoki hisob berish taomili,
asosiy vazifa yoki majburiyatlar.
Asosiy ma‘lumotlarni yana ishning xarakteri yoki masshtabi haqida to‘laroq
ma‘lumot beruvchi boshqa axborotlar va ularning bajarilish darajasini ko‘rsatuvchi
omillar yoki mezonlar bilan to‘ldirish mumkin. Bularning barchasi ishlar
kategoriyasi va razryadi yoki talab qilinadigan kompetenstiyalarni aniqlash uchun
zarur bo‘lib, malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun yordam beradi.
Ayrim vaqtlarda esa baholash maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin. Agar
lavozim yo‘riqnomasi hulq-atvor jihatlarga qaratilgan bo‘lsa, bunday holda
ishlovchining bajaradigan rolining to‘liq ta‘rifiga aylanishi mumkin
10
.
Lavozim yo‘riqnomasi - kadrlarni to‘g‘ri tanlash va taqsimlash, xodimlar
mehnatini ajratish yoki birlashtirishga ko‘maklashadigan hujjat hisoblanadi.
Lavozim yo‘riqnomalaridan faoliyat natijalarini baholash uchun mutaxassislarni
attestastiyadan o‘tkazish, lavozimlar bo‘yicha o‘zgartirishlar, rahbar lavozimlarga
ko‘tarish rezervini shakllantirishda foydalaniladi.
Lavozim yo‘riqnomalari shtat jadvalida ko‘zda tutilgan barcha lavozimlar
uchun, faoliyati bo‘linma to‘g‘risidagi nizomni tartibga soladigan bo‘linma
rahbarining lavozimidan tashqari, ishlab chiqiladi.
Lavozim yo‘riqnomalari rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar
lavozimlarining malaka ma‘lumotnomasi asosida ishlab chiqiladi.
10
Robert L. Mathis. (University of Nebraska at Omaha), John H. Jackson. (University of Wyoming)
Human resource management. 2010, р. 135
60
Lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishda ularning tuzilishi, bo‘limlar
mazmunini shakllantirish, ularni bayon etish ketma-ketligiga yagona yondashuvini
ta‘minlash zarur. Bunda ular lavozim yo‘riqnomasining barcha doirasi, xodim
vakolati va javobgarligini aks ettirishi, aniq va qisqacha bayoniga ega,
moslashuvchan va dinamik bo‘lishi kerak.
M.Armstrongning ―Inson resruslarini boshqarish‖ kitobida keltirilishicha,
kadrlarni yollash yoki mehnat shartnomalarini tuzish maqsadida ishlab
chiqiladigan lavozim yo‘riqnomasining shakli juda sodda bo‘lishi va o‘ziga
quyidagilarni olishi kerak:
lavozim nomi;
umumiy maqsad yoki ishning vazifalarini aniqlash;
olinishi kerak bo‘lgan eng muhim natijalar, echiladigan masalalar,
harakatlar yoki majburiyatlar
11
.
Lavozim yo‘riqnomasini tuzishning umumiy talablari respublikamizda bir
muncha xorijiy tajribadan farqli bo‘lib, 8 ta zaruriy qism hamda matn qismi 5
bo‘limdan iborat.
Lavozim yo‘riqnomalari
o‘ziga xos zaruriy qismlardan iborat:
1.
Tashkilotning rasmiy nomi.
2.
Tasdiqlash
ustxati
(hujjatning
yuqori
qismini
o‘ng burchagida
joylashtiriladi).
3.
Hujjat nomi.
4.
Tarkibiy bo‘lim nomi.
5.
Matn (o‘z ichiga quyidagi qismlarni oladi: a) Umumiy qoidalar; b) Malaka
tavsiflari; v) Vazifalari; g) Xizmat majburiyatlari; d) Huquq va javobgarligi, e)
O‘zaro aloqalar, huquqiy munosabatlar).
6.
Bo‘lim boshlig‘i lavozimi, imzosi, imzo talqini.
7.
Kelish vizalari.
8.
Sana.
11
M. Armstrong. Human resource management. 2010 -p. 309-310
61
Lavozim yo‘riqnomasining matni, qoidaga ko‘ra, quyidagi bo‘limlardan
iborat:
1. Umumiy qoidalar
2. Lavozim majburiyatlari
3. Xuquqlar
4. Javobgarlik
5. O‘zaro munosabatlar
«Umumiy koidalar» bo‘limi o‘z ichiga tarkibiy bo‘linma belgilangan holda
lavozimning nomi; xodim kimga bevosita bo‘ysunadi; lavozimga tayinlash va
lavozimdan ozod etish tartibi; ushbu lavozimda xodim amal qiladigan normativ,
uslubiy va boshqa hujjatlar ro‘yhati; malakaga oid talablar (ma‘lumot darajasi, ish
staji); xodimga maxsus bilimlarga nisbatan quyiladigan talablar kiradi.
«Lavozim majburiyatlari» bo‘limida xodim faoliyatining anik mazmuni
belgilanadi, ushbu lavozimda xodim tomonidan bajariladigan ishlarning turi,
bajariladigan
harakatlar
xususiyati
(«rahbarlik
qiladi»,
«tayyorlaydi»,
«tasdiqlaydi», «ko‘rib chiqadi», «bajaradi», «ta‘minlaydi» va boshqalar)
keltiriladi.
«Huquqlar» bo‘limida xodimga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishi
ta‘minlanadigan xodim vakolatlari belgilanadi: ma‘lum qarorlarni qabul qilish,
muayyan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berish, unga berilgan vakolat doirasida
hujjatlarga mustaqil ravishda imzo qo‘yish huquqi, takliflar bilan rahbariyatga
murojaat qilish, bo‘linma yoki muassasa nomidan boshqa tashkilotlarda vakillik
qilish huquqi va vakillik qilish chegaralari, uning yuritishiga taalluqli bo‘lgan
masalalar ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishlarda ishtirok etish huquqi, ishlash uchun
zarur bo‘lgan axborotni (statistik, iqtisodiy va boshqalar) talab qilish huquqi,
shuningdek ma‘lum xarakatlarni boshqa xodimlardan talab qilish huquqi
belgilanadi.
«Javobgarlik» bo‘limida ishni baholash mezonlari va xodimning shaxsiy
javobgarligi o‘lchovi belgilanadi. Baholash mezonlari bo‘lib, ish sifati va uni o‘z
vaqtida bajarishni tavsiflaydigan ob‘ektiv ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Xodimning
62
javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi va intizomiy,
ma‘muriy yoki jinoiy bo‘lishi mumkin.
«O‘zaro munosabatlar» bo‘limida xodim kimdan, qaysi muddatlarda va
qanday axborotni olishi; kimga, qanday va qaysi muddatlarda taqdim etishi;
tayyorlangan hujjat loyihalarining kim bilan kelishilishi; xodimning hujjatni va
boshqa bo‘linmalar, shaxslar, tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalariga oid boshqa
masalalarni kim bilan birgalikda tayyorlashi ko‘rsatiladi.
Har bir lavozim bo‘yicha malaka tavsiflari uch qismdan tarkib topadi.
―
Do'stlaringiz bilan baham: |