56
seleksiya jarayonida yagona usul sifatida qolmoqda. Nisbatan barqaror hujayra
liniyalarini vujudga keltirish ancha murakkab, uzoq davom etuvchi jarayon
hisoblanadi. Odatda, hujayra seleksiyasi jarayoni alohida ajratilgan o‗simlik
eksplantasi asosida kallus to‗qimasini vujudga keltirishdan boshlanib, keyingi
ishlar turli xil omillarning kallus to‗qimasiga konsentratsiyaga bog‗liq ta‘sirini
o‗rganish asosida ta‘sir egri chizig‗ini ifodalash bilan davom etadi.
Bunda kallus hujayralari bir vaqtning o‗zida o‗sib rivojlanadi, shu bilan
birga bir qism kallus hujayralari nobud bo‗lish bosqichiga kiradi. Ta‘sir etuvchi
omilning optimal konsentratsiyasi aniqlanadi va bu keyingi
tadqiqotlar davomi-
da foydalaniladi. Bu ko‗rinishda vujudga kelgan muhitdagi hujayralar koloni-
yasi muhitga fiziologik moslashish holatida bo‗lib, genetik jihatdan barqaror
bo‗lmasligi mumkin. Shu sababli to‗qima 4-6 marotaba ko‗chirib ekish orqali
tekshirib boriladi. Keyin esa ta‘sir etuvchi omil bo‗lmagan muhitga ko‗chirib
ekiladi va yana qayta ekish 2-3 marotaba takrorlanadi. Hujayralar koloniyasini
qaytadan ta‘sir etuvchi omil mavjud bo‗lgan muhitga ekilgandan so‗ngra gene-
tik barqaror klonlar tanlab olinadi va shu asosda regenerant - o‗simlik rivoj-
lantiriladi. Biroq vujudga keltirilgan hujayralar har doim ham kerakli belgilarga
ega bo‗lavermaydi.
Kallus to‗qimasini o‗stirish asosida seleksion material ustida ish olib bor-
ish bug‗doy, arpa, jo‗hori, sholi, pomidor,
kartoshka, lyutserna ba‘zi hollarda
daraxtsimon o‗simliklar hujayralarida olib borildi. Bunda bug‗doy, kartoshka,
sholi o‗simliklarining bu usulda seleksion tanlanishi natijasida NaCl, Na
2
SO
4
tuzlariga chidamli navlari yaratilgan. Ushbu usulda hujayralar o‗stirilayotgan
muhitga aminokislotalarning zararli analoglarini qo‗shish orqali sabzining tar-
kibida 20 marotaba ko‗p metionin, 30 marotaba ko‗p triptofan, 5 marotaba ko‗p
lizin to‗plovchi navlari va kartoshkaning esa kasallikka chidamli navlari yaratil-
gan. Bu yo‗nalishdagi ishlarda daraxtsimon o‗simliklar
ustida olib boriladigan
izlanishlar tadqiqot xarakteriga ega. Shu ko‗rinishda kallus to‗qimalarini o‗stirish-
ga asoslangan seleksiya odam ehtiyojlari uchun foydali belgilarga ega ko‗plab
o‗simliklarning sermahsul yangi navlarini yaratish imkonini beradi.
Yuqorida sanab o‗tilgan kallus to‗qimasi, hujayralarning suspenziyasi,
alohida ajratib o‗stiriladigan protoplastlar kabi seleksion materiallardan tash-
qari obyekt sifatida somatik
yoki androgen embrioidolar, organogen eksplan-
talar, masalan barg bo‗lakchalari yoki meristema va poya qismlari, shuningdek
alohida ajratilgan murtak hujayralaridan foydalaniladi. Masalan,
in vitro
sharoitida arpa murtagi hujayralarini o‗stirish asosida tarkibida nisbatan oqsil
miqdori ko‗p bo‗lgan yangi nav yaratilgan. Kartoshka
kurtagi hujayralarini
o‗stirish uchun mutagen moddalar qo‗llanilganda xlorofill yetishmovchiligi va
antibiotiklar ta‘siriga chidamli ximer navi yaratildi. ―Saratov-29‖ va ―Moskva-
57
35‖ bug‗doy navlari changchi hujayralarini o‗stirish muhitida natriy xlor tuzi
miqdorini ko‗paytirish orqali somatik embrioidlar vujudga keltirildi va shu
asosda sho‗rga chidamli bug‗doy navi yaratilgan (Bekkujin, 1993).
Ushbu ko‗rinishda hujayra darajasida olib boriladigan seleksiya jarayoni
natijasida an‘anaviy seleksiya usullariga nisbatan 2-4 marotaba tez o‗simlik
yangi navlarini yaratish imkoniyati tug‗iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: