1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Protoplastlarni qo„shish - ikki jinsni gibridlash



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Protoplastlarni qo„shish - ikki jinsni gibridlash. 
Alohida ajratilgan 
holatdagi protoplastlarning hujayra qobig‗i o‗zaro birikish xususiyatiga ega. 
Protoplastlarni qo‗shish – gibridlashning o‗ziga xos usuli hisoblanib
, juft jinsli 
yoki somatik gibridlash
deb ataladi. Odatdagi hujayra gametalari qo‗shili-
shidan farq qilib, juft jinsli gibridlanish jarayonida o‗simlikning diploid hujay-
ralari ishtirok etadi. Yadrodan tashqarida mavjud bo‗lgan genetik determi-
nantlar ko‗pchilik yuksak o‗simliklarda qat‘iy tartibda, jinsiy ko‗payish jara-
yonida bir yadroli tarzda irsiylanadi. Juft jinsli gibridlash jarayoni o‗ziga xos 
quyidagi xossalarga ega: 
- filogenetik jihatdan alohida o‗simlik turlari, organizmlarini chatishtirish; 
- asimmetrik xususiyatga ega gibridlarni vujudga keltirish, bunda gibrid 
tarkibida gen to‗plami bir necha xromosomalarni hisobga olmaganda ona 
organizmlaridan biriga tegishli bo‗ladi va hujayra organellalari yoki sitoplaz-
masi boshqasiga tegishli bo‗ladi, 
- uchta yoki undan ko‗p hujayralarni qo‗shish, 
-ona organizmlar genotipini umumlashtiruvchi gibridlarni yuzaga 
keltirish, 
- o‗simlik morfogenezida ko‗pincha mutagenez jarayoni nuqsonli o‗sim-
liklar vujudga kelishiga olib kelishi sababli mutatsiyalarni geterozigota holatida 
uzatilishini ta‘minlash orqali hayotchanlik xususiyatiga ega protoplastlarni 
vujudga keltirish, 
- yadrodan tashqarida mavjud bo‗lgan geterozigota holidagi genlarga ega 
o‗simliklarni yaratish; 
Juft jinsli gibridlash jarayoni yadro tarkibidagi va yadro tashqarisida 
joylashgan genlarni tahliliy o‗rganish uchun qulay usul hisoblanadi. Hujayrada 
sitoplazmatik genom fotosintez tezligi, patogen ta‘sirlar va abiotik omillarga 
chidamlilik kabi xususiyatlarning yuzaga chiqishida muhim o‗rin tutadi. Pro-
toplastlarning qo‗shilish jarayoni o‗z-o‗zidan yoki chaqirilgan holatda amalga 
oshadi. Chaqirilgan holatda protoplastlarni qo‗shish jarayonida fizik va 


42 
kimyoviy usullardan keng foydalaniladi. Fizik usulda protoplastlarni qo‗shish 
usuli 1981 yilda G. Simmerman va uning hamkasblari tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‗lib, bunda protoplastlar bir jinsli bo‗lmagan elektr maydoni 
mavjud bo‗lgan maxsus kameraga joylashtiriladi. Jarayonda elektrodlar orasida 
2-3 ta protoplastlar agregat hosil qiladi yoki 5-6 ta protoplast zanjir holida 
birlashadi. Qo‗shimcha tarzda beriluvchi va ma‘lum vaqt davomida beriluvchi 
doimiy elektr toki impulsi protoplast membrana oraliqlarida poralar hosil 
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Hosil bo‗lgan poralar orqali sitoplazma almashinishi 
yuzaga keladi. Elektr toki impulsi so‗nayotgan paytdagi ta‘siri ostida protop-
lastlar membranasi sharsimon ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Protoplastlarning qo‗shilishi jarayoni asosida doimiy va o‗zgaruvchan 
elektr toklarining almashinishi ta‘siri ostida plazmalemmada yuzaga keluvchi 
o‗zgarishlar yotadi. Bunda doimiy elektr toki hosil qiluvchi magnit maydon 
ta‘sirida protoplast membranasi siqiladi va lokal buzilishlar yuzaga keladi. 
O‗zgaruvchan elektr toki berilganda esa membranada oqsil molekulalarining 
lateral diffuziyasini yuzaga keltiradi. Bunda glikoproteidlardan alohida ajralgan 
lipid molekulalari qo‗shni membrana bilan bog‗lanish hosil qiladi.
Protoplastlarni qo‗shishda рН – ko‗rsatkichi qiymatini oshirishdan va 
Са
2+
ionlari konsentratsiya oshirishdan ham foydalaniladi.masalan,muhitda рН 
9-11 va Са
2+
konsentratsiyasi 100-300 mol/l bo‗lgan holatda protoplastlarning 
qo‗shilish jarayoni 50 % gacha ortadi. Muhitga polietilenglikol qo‗shilganda 
protoplastlarning adgeziya jarayoni kuchayadi. Muhitdan polietilenglikol mod-
dasining olib tashlanishi va unga kalsiy ionlarining qo‗shilishi protoplast-
larning qo‗shilishiga sabab bo‗ladi. Qayd etilishicha ozuqa muhitining рН - 
ko‗rsatkichi qiymati o‗zgarishlari va kalsiy ionlari ta‘sirida membrananing 
oquvchanlik xususiyati ortadi. Bu holat membrananing suyuqlik – mozaikali 
tuzilishiga bog‗liq holatda tushuntiriladi.
Turli xil o‗simliklarda protoplastlarning qo‗shilish jarayonidagi variant-
larning uchrash ehtimolligi quyidagicha bo‗lishi mumkin. A va V o‗simlik-
larda AA, VV va AV kombinatsiyalarda bo‗la oladi. Agar AV ko‗rinishidagi 
qo‗shilish tipi talab etilsa, u holda ushbu tipdagi qo‗shilishlar chastotasi orttiri-
lishiga e‘tibor qaratiladi va vujudga kelgan AV qo‗shilishlar tanlab boriladi. Bu 
usullardan biri quyidagicha amalga oshiriladi. Odatda protoplast yuza qismi 
musbat zaryadga ega bo‗ladi. Agar tarkibida musbat zaryadga ega fosfolipidlar 
bilan ishlov berilsa, ma‘lum vaqt davomida protoplast yuza qismida zaryadlar 
qiymati o‗zgarishi kuzatiladi. Agar bunda musbat zaryadga ega bo‗lgan A 
protoplast bilan manfiy zaryadga ega V protoplast qo‗shilsa, u holda AV 
kombinatsiya oson vujudga keladi. Biror o‗simlikka tegishli protoplastlarni 
belgilashda shuningdek fluoressent bo‗yoqlardan foydalaniladi. Masalan, bir 


43 
tur o‗simlik protoplastlarini fluoressentinizotiotsianat (FITC) bo‗yog‗i bilan va 
ikkinchi tur o‗simlikka tegishli protoplastlarni rodaminizotiotsianat (RITC) 
bo‗yog‗i bilan bo‗yalsa, fluoressensiyada tekshirilganda hujayra faolligiga 
ta‘sir ko‗rsatmasdan turib, FITC bo‗yog‗i sariq - yashil rangda yoki RITC 
bo‗yog‗i qizil rangda ko‗rinishga ega bo‗ladi. Protoplastlar gibridlarini 
yaratishda ushbu bo‗yoqlarga ko‗ra hujayralarni ajratish va ma‘lum bir tipdagi 
qo‗shilishlarni hosil qilish mumkin.
Protoplastlar qo‗shilish jarayonida juft holatda yoki ko‗p miqdorda o‗zaro 
birikishlar hosil qiladi. Bunda ko‗p yadroli tipdagi mahsulot albatta qo‗shilish 
jarayonida buzilishi kuzatiladi. Somatik gibridlarni o‗simlik darajasida yaratish 
ustida dunyoda dastlabki izlanishlar 1972 yilda Karlson va uning izdoshlari 
tomonidan olib borilgan. Rossiyada esa bu yo‗nalishdagi ishlar R. G. Butenko 
boshchiligida faoliyat ko‗rsatuvchi labaratoriyada 1975 yilda boshlangan.
Qo‗shilish jarayonidan so‗ngra protoplastlarning yadro va sitoplazmatik 
genomidagi o‗zgarishlar quyidagicha turli xil bo‗ladi: 
1. Yadroga bog‗liq genetik determinantlar bitta yoki har ikkala ona 
materiali asosida irsiy uzatiladi. Bunda genom bitta ona materiali asosida irsiy 
uzatilganda yadrolar qo‗shilmaydi va hujayra bo‗linishidan to‗xtaydi.
2. Yadrodan tashqarida joylashgan genetik determinantlar har ikkala ona 
material asosida irsiylanadi. Bunda turlararo qo‗shilish jarayonida ma‘lum 
vaqtdan so‗ngra bitta boshlang‗ich sitoplazmatik materialning elliminatsiyasi 
amalga oshishi mumkin. 
3. Qo‗shilish natijasida ikkitadan ortiq o‗simlik gibridlarining vujudga 
kelishi kuzatiladi. 
Ushbu ko‗rinishdagi protoplastlarni qo‗shish jarayonida gibrid yoki sibrid 
hujayralar yuzaga keladi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish