1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin



Download 31,07 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi31,07 Kb.
#605056
Bog'liq
183 20.06.2011




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAKTABDAN TAShQARI TA’LIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2011 YIL 28-FEVRALDAGI 50-SON HAMDA “XALQ TA’LIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2011 YIL 1 MARTDAGI 52-SON QARORLARI)
Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-iyun,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
a) 1-ilova (Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibi)da:
1 va 5-bandlardagi “tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari” va “xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari tegishli ravishda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “tuman (shahar)” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova (Kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlash tartibi)da:
1-banddagi “xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasasining ustavini ishlab chiqish tartibi 10-bandining sakkizinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ta’lim bo‘limining” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 362-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 625-modda)
b) 2-ilovaning 1.2 va 2.3-kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
14. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim bilan, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi hamda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasining 1-bandidagi “Tumanlar va shaharlar xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 11, 12-bandlaridagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi bo‘limiga”, “xalq ta’limi bo‘limi” va “xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari tegishli ravishda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga”, “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
17. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida:
a) 67 va 68-bandlardagi “shahar xalq ta’limi bo‘limining” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 69-banddagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining axborot xizmatlari telefonlari; tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari telefonlari” so‘zlari “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha axborot xizmatlari telefonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 28-son, 315-modda; 2014-y., 52-son, 625-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda; 2017-y., 11-son, 167-modda, 30-son, 732-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)

Download 31,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish