1. «O’zbekiston modeli» Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi


Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish



Download 20,95 Kb.
bet2/5
Sana23.06.2022
Hajmi20,95 Kb.
#695115
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 2

4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim.
5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bu o’zini oqlamagan totalitar rejali iqtisodiy tizimdan istiqboli amalda tasdiqlangan erkin rivojlanuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu tizimlarning negizlari xilma-xil, rivojlanish qonun va qoidalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tishda shoshilish yaramaydi. Yangi iqtisodiy, bozor munosabatlariga puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish zarur. «O’zbek modeli» bozor iqtisodiyotiga katta sakrashlar, tubdan vayron qilish yo’li bilan emas, balki bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ketma-ket o’tishga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir bosqichi amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining bir halqasi bo’lib, unga strategik jihatdan ustuvor yo’nalishlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi2 yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular: 1.O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bular dehqonchilikni sug’oriladigan erda olib borilishi, erni hosilbay ijaraga olib ishlov berish, ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoa bo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’zini boshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish va
mayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va hokazolardan iborat. Tom-orqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi.
2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim asosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq.
3.O’ziga xos sotsial-demografik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibida yoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi (migratsiya-si) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarziga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmush tarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi — uning haqiqiy boyligidir.
5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhur Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQSh dollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi. Bulardan
ashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uning o’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi.
2. Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеlganligini guvohi bo’ldik, dеb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», dеgan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz dеduktsiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o’rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kеlishi mumkin1.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matеmatik va grafik usullaridan kеng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni kеng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modеllarini ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o’zgarishlarni, kеlib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi.
3. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyadir.

Download 20,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish