1. O‘zbekiston eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va manbalarning o’rganishda tarixiy ahamiyati


– 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi



Download 204,5 Kb.
bet6/14
Sana26.08.2022
Hajmi204,5 Kb.
#847738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 mavzu.

1987 – 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bо‘lib, enlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qо‘ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini о‘zgartirish tо‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik о‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bо‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yо‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum о‘zgarishlar sodir bо‘lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyura­lizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bо‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda tо‘planib qolgan muammolarni tо‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga tо‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bо‘ldi.
XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yо‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy о‘yinlar» о‘ylab chiqdilar.
1983 yilning oxirida О‘zbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori xuzurida alohida muhim ishlar bо‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, О‘zSSRga yuboriladi. Ular О‘zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi «qо‘shib yozish», «о‘g‘irlik», «kо‘zbо‘yamachilik», «poraxо‘rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo bо‘ldi. Tergovlar jarayonida Moskvadan yuborilgan T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xо‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xо‘jaligi yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, kо‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlari о‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qо‘zg‘atildi.
О‘zSSRning ijtimoiy – siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bо‘lgan О‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol о‘ynagan. Moskva tashabbusi va kо‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar О‘zSSRda о‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan О‘zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 – 1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi О‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy – xо‘jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi. Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda о‘zbek xalqi badnom etilib, «paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «о‘zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yо‘liga о‘tildi. 1983 – 1990 yillarda О‘zSSRda «paxta ishi» degan uydirma bо‘yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida pro­kuror sanksiyasisiz о‘tirdi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Bu davrda Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari vafot etib ketgan partiya va davlat arboblariga yuklanib, 80 – yillar qatag‘onida nohaq qoralandi. Eng avvalo qatag‘on qilichi Sharof Rashidovga qarshi kо‘tarilib, uning nomi ham badnom qilindi. 1959 – 1983 yillarda SH.R. Rashidov О‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bо‘lib ishlagan va rahbarlik yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xо‘jaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Albatta, bunday holatlarni uning faoliyati natijasida yuzaga kelgan deb bо‘lmaydi, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy – siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
«Paxta ishi» oqibatda butun mamlakatimizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. О‘zbekiston fuqarolari о‘z xaq – huquqlarini himoya qilishlarini sо‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 – 1987 yillarda faqat О‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqо‘m kotiblari va bо‘lim boshliqlari qabulida bо‘lib, о‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik ayniqsa xotin – qizlar orasida kо‘paydi. 1986 – 1987 yillarda respublikada 270 ayol о‘zini – о‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, qadr –qiymatining toptalashi, haq – huquqlarining buzilishiga nisbatan kо‘rsatilgan norozilik edi. Haqiqat, adolat Birinchi Prezident Islom Karimov О‘zbekiston rahbari bо‘lgach rо‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni kо‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. 3,5 mingdan kо‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi avf etildi.
Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham о‘z aksini topdi. Uzoq yillar davomida tо‘planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar rо‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bо‘ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalkdar qatorida mesxeti turklari ham bо‘lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qо‘shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati о‘z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Ammo 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar о‘rtasida (О‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Rafiq Nishonovning ta’rificha, «bir banka qulpinoy» uchun) bо‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar о‘rtasida) tо‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni tо‘g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qо‘qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo tо‘qnashuvlarga sabab bо‘ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida tо‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va о‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «notо‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qо‘ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «kо‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qо‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan о‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bо‘ldi (ularning kо‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman, 3 – 12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bо‘lgan millatlararo tо‘qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan о‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bо‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga о‘t qо‘yilib, vayron qilingan.
Farg‘ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning taxdili shuni kо‘rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bо‘lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qо‘shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch kо‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bо‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga kо‘chirib olib borib joylashtirildi.
Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral – mart oylarida Bо‘ka va Parkent, 1990 yil iyunda О‘sh va О‘zganda ham shunday urinishlar bо‘ldi. Yovuz kuchlar о‘z maqsadiga erisha olmadilar. О‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan kо‘rilgan chora – tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.

Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish