Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish.
1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tangUkni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo'lganini ko'rsatadi.
1991— yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuvbo'ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin munozara bo'ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991— yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo'lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma»ni imzolash 1991— yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo'nab ketdi.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991- yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanayev - SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo ~ SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov -SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, T.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o'zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |