2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi
Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy~joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimJariga ko'tarildi.
Kadrlar siyos atidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'zoilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon
o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiy—ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.
1990— yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |