4-masala
Jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 1993-yil 23-aprel kuni Prezidentimiz bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so‘zlab, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, di-liga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch. Mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim;
shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’myuriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”, degan haq fikrni ilgari surdi Prezident Islom Karimov.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?”, degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
birinchidan, milliy mafkura avvalombor, o‘zligimizni, muqaddas an’alarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyo’q maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak;
uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qaashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;
Do'stlaringiz bilan baham: |