O’zbek xalqining etnik tarixidagi mavjud muammolar
Xalqlarni kelib chiqishi masalasidagi talablardan uchinchisi – hech qachon etnos ajdodlarining antropologik tipi va tili etnos tili va tipi bilan bir vaqtda yuz bermasligini unutmaslikdir. Chunki, etnogenez tarixining ilk bosqichlarida etnik birliklar, ayniqsa ularning tili va tipi hali shakllanmagan. Til, tip va etnik birlik tushunchalari har xil davr voqiyligi bo‘lib, ularning shakllanish jarayoni bir davrda yuz bermaydi.
To‘rtinchidan, etnos, bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining hosilasidir. Etnos o‘zining shakllanish jarayonida, ya’ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil tarixiy sabablarga ko‘ra, uning tarkibiga yangidan-yangi etni qatlamlar qo‘shilib boradi. Bu tabiiy hol. Dunyoda hech bir xalq yo‘qki, u o‘z etnogenez jarayonining ilk bosqichlaridan to millat darajasiga ko‘tarilgunicha boshqa etnik qo‘shilmalarsiz rivojlangan bo‘lsa. Demak, yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi jihatidan ko‘p etnik qatlamlidir. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi bunga yaqqol misol bo‘laoladi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida shakllanib bo‘lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan avtoxton sug‘du-xorazmiy va qadimgi turkiy zabon etnik qatlamlardan tashqari o‘ziga turli davrlarda har xil miqdorda mahalliy va tevarak-atroflardan kelib qo‘shilgan etnik guruhlarni singdirib bordi.
Beshinchidan, har bir xalqning etnik tarixini o‘rganish etnik birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichdan boshlashni taqozo etadi. Etnik birlikni paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadim zamonlardan boshlanib, to uning xalq bo‘lib shakllanguniga qadar davom etadigan butun bir tarixiy jarayondir. Etnos tarixining muhim bosqichlaridan biri esa uning uzil-kesil shakllanish jarayonini nihoyasiga yetishidir. Agar etnos shakllanishi nihoyasiga yetgan bo‘lsa, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar shakllangan etnos tarkibini o‘zgartirib yubora olmaydi, balki uning tarkibida etnografik guruhlar sifatida uzoq vaqtlar yashab, ma’lum bir tarixiy voqiylik ta’siridan so‘ng etnos tarkibiga singib ketadi. Masalan, shunday holat o‘zbek xalqi tarixida yuz bergan, ya’ni XI-XII asr birinchi yarmida uzil-kesil shakllangan o‘zbek xalqi tarkibiga XIII asr birinchi yarmidagi mo‘g‘ul istilolari va XVI asr boshlarida O‘rta Osiyoga shayboniylarning kirib kelishi munosabati bilan o‘zbek xalqi tarkibining asosi o‘zgarib qolmadi, aksincha ular janubiy Sibir antropologik tipining timsoli sifatida Zarafshon vodiysi, Surxondaryo va Qashqadaryoning tog‘ oldi va cho‘l mintaqalarida uzoq vaqt alohida etnografik guruhlar bo‘lib yashay berdilar. Ularning badavlat aslzoda tabaqasi shaharlarga o‘rnashib, O‘rta Osiyo o‘zbek xonliklarini boshqarsalar ham , ularning mahalliy tub joyli aholi tarkibiga singishi juda sekin kechdi.
Oltinchidan, har bir xalqning etnik tarixi bilan shug‘ullanganda nafaqat etnik birlikning boshlang‘ich jarayonini, balki uning keyingi davrlarini, unga hos etnik belgi va alomatlarni aniqlab, o‘rganib borishlik talab etiladi. Chunki yuqorida ta’qidlab aytganimizdek, etnik birlik belgilari bir vaqtda paydo bo‘lmaydi, balki etnogenez jarayoni davomida bosqichma-bosqich tarkib topib boradi. Etnos belgilari orasida til birligi, etnomadaniy birlik va o‘zlikni anglash birligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha etnos shakllanishining nazariy asoslari bilan shug‘ullangan qator olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar. Masalan, arxeolog V.F. Gening etnik belgilarni etnosni uyushtiruvchi etnik omillardan farq qilib, etnik belgilarning muhim tomoni shundaki, ular doim etnik ma’no va mazmun kasb etadi, deydi. Etnosni uyushtiruvchi ob’yektiv omillarga u hududiy birlik, iqtisodiy xo‘jalik birligini kiritib, bular etnik munosabatlar va etnik ongni tug‘ilishiga asos beradi, deydi. Etnograf L.P. Loщuk va P.K. Kozlovlar til etnik birlik shakllanishining muhim shartidir, til nafaqat etnik omil, balki etnik belgi hamdir, – deydilar. Ammo etnogenez masalalari bilan shug‘ullanuvchi qator olimlar tilni etnik omilga kiritmaydilar, til faqat etnik belgidir, – deydilar.
Etnik belgilar ichida o‘zlikni anglash birligi o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida etnograflar alohida takidlaydilar. Etnograf V.V. Mavrodin til va o‘zlikni anglash birligi elatni xalq sifatida birlashtiruvchi muhim omildir, – deydi.
Turkiy tillar - hozirgi va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan.
Bu guruxlar asosan voha atroflarida, tog’ oldi qirlarda yashab dexqonchilik bilan bir vaqtda chorvachilik bilan xam shug’ullanganlar; g) ko’chmanchi turkiy tilli qabilalar. Bular cho’llarda va tog’ oldi rayonlarida yashab asosan chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan.
Yuqorida keltirilgan Movarounnaxr va Xorazm axolisi tarkibidan ko’rinib turibdiki, bu xududlarda qadim-qadimdan buyon ikki til turkumidagi fors-eron va turkiy xalqlar yonma-yon aralashib yashab kelganlar. Bular, asrlar davomida birgalikda shaharlar barpo etganlar, kanallar qazib suv chiqarganlar, dexqonchilik qilganlar, boy madaniyat yaratib avlodlarga qoldirganlar.Shuni xam ta’kidlab o’tish joizki, bu ikki til vakillari asrlar davomida birga yashab kelishlari natijasida fors-eron tilli axolining ayrim guruxlari fors-eron tilini qabul qilib so’g’diylarga, xorazmiylarga va boshqalarga aralishib ketganlar. Demak, etnoslarning o’zaro yaqinlashishi, aralashishi va qorishib borish jarayoni xar ikki til vakillari orasida kechgan.
840y. Qarluq davlati tashkil topadi. Yettisuv, Isfojob ( hozirgi Chimkent) viloyati, Shosh ( Toshkent viloyati), Sharqiy Turkistonning g’arbiy qismi, Farg’onaning shimoliy (tog’li) mintaqalari Qarluq davlati doirasida bo’lgan.
|
Toshkent viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim.sharqida. 1938 y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim.gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim.sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, jan.
|
IX asrning ikkinchi yarmi – X asr davomida Movarounnaxrda Somoniylar xukmronlik qilar edilar. Ana shu ikki davlat (Qarluq va Somoniylar davlati) xududida o’zbek va tojik avlodlari alohida jamoa-elat bo’lib shakllanadilar.
O’zbek elatining shakllanishida Qarluq davlatining roli benixoyat katta. X asr o’rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.
Qoraxoniylar - turkiy sulola, Qoraxoniylar xoqonligida 840-1212 yillarda hukmronlik qilgan.
Qarluq xoqonlarining unvonlarida Qora (ulug’, buyuk ma’nosida ) atamasi mavjud b°lganidan, sharqshunos olim V.V. Grigorьyev qarluqlar tomonidan tashkil etilgan davlatni Qoraxoniylar davlati deb ilmiy adabiyotlarga kirgizgan.
Qarluqlar - qadimda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida yashagan koʻchmanchi turkiy xalq. Poytaxti hozirgi Olmota shahri yaqinida boʻlgan Qoʻyliq edi. Hozirgi kunga kelib qarluq soʻzi Turkiy tillarning bir guruhining nomini anglatadi.
Haqiqatda esa Qoraxoniylar davlati Qarluq davlatining °zi uning davomi b°lgan.
Qarluqlarning IX-X asrlarda egallab turgan xududda 20 dan oshiq katta shaxar, juda ko’p qishloqlar bo’lgan.Qarluqlar, «Hudud al-olam» qo’lyozma asarida (X asrda) qayd etilishicha, ko’p sonli, nufuzli xalq bo’lib bir qismi chorvachilik, bir qismi ovchilik va yana bir boshqa qismi esa o’troqlashib,dexqonchilik bilan shug’ullanganlar. Katta xududda qarluqlarning o’zlarigina yashamay, ular bilan birga bir qancha turkiy qabilalar xam aralash xolda yashab kelgan. Etnoslarning ichida eng yirigi chigil, xalach va laban bo’lib, bular VIII asrlarda Teles qabila ittifoqidan ajralib chiqib qarluqlarga qo’shilgan. Qarluqlar egallab turgan xududda yana turk va turkesh xoqonliklari tanazzulidan keyin shu yerlarda qolib yashagan noshubi, dilu, arg’u, tug’si, az, uz, sariq va boshqa guruhlar xam mavjud bo’lgan.
Etnosni shakllanish jarayoni ma’lum bir davlat hududida o’tishi etnogenetik shartlardan biri hisoblanadi. Ammo ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari sharoitida qatishgan etnik elementlar qo’shni davlatlar hududida xam yashab, ma’lum jarajada etnoginetik jarayonda ishtirok etganlar. Masalan, shakllanayotgan tojik etnosi nafaqat Somoniylar hukmronlik qilayotgan yerlarda, balki qarluq va uyg’ur davlatlari xududida xam yashar edilar; bularning ma’lum qismi tojik xalqining etnoginezida qatnashganlar, ayrim qismlari esa qarluq vag uyg’ur davlati ichida qolib, bu yerdagi axoliga qushilib ketgan edilar.
IX-X asrlarda mavjud bo’lgan Somoniylar davlati, garchi tojik davlati hisoblansa hamki, uning hududida turg’un yashovchi turkiy tilli aholi, Movarounnaxrda qadim davrlardanoq hosil bo’lgan turkiy qatlam mavjud edi. VIII-X asrlar davomida bu xududda Sirdaryo sohillaridan va uning shimolida yashovchi qabilalar vaqti- vaqti bilan kelib o’rnashishi, ularning o’rtoqlashishi hisobiga turg’un aholi son jihatidan yana xam ko’payib borgan.
Sohil - 1) quruklikning suv havzasi (dengiz, koʻl, dare va boshqalar) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi, relyefi hozirgi zamon va kad. relyef shakllariga mos boʻladi. S. 3 zona: 1) dengizboʻyi- dengiz terrasalari zonasi, 2) hozirgi zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi, 3) suv bosgan qad.
Voha atroflarida, tog’ oldi qirlarda yarim o’troq va yarim ko’chmanchi turkiy qabilalar xam joylashgan edi.
Tojiklarning ayrim guruhlari, yuqorida qayd etganimizdek, qarluqlar yerida ham yashar edilar. X asrda bularning Taroz, Chu havzalaridagi shahar va qishloqlarga, Sharqiy Turkistonga ko’chib borishlari yana ham jadallashgan edi. Chunki bu davrda qarluq hududida yashovchi aholining aksariy qismi musulmon dinini qabul qilib bo’lgan edi. din peshvolariga, Ma’lumotli kishilarga keng yo’l ochilgan. Talas, Chu va Ili vodiylariga borib o’rnashgan tojiklarning ko’pchiligi esa hunarmandchilik, savdo-sotiq va ayrim guruhlar dexqonchilik bilan xam shug’ullanib kelganlar.
Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, tojik va o’zbek ajdodlari qadimda, ilk o’rta asrlarda va keyin xam doimo bir hududda birga aralishib, yonma-yon yashab kelganlar. Bularni bir-birisiz tasavvur qilib bo’lmagan. Shuning uchun xam Maxmud Qoshg’ariy, «Totsiz turk bo’lmas, boshsiz bo’rk bo’lmas», Ya’ni tojiksiz turk bo’lmaganidek, bosh qalpoqsiz (bosh kiyimsiz) bo’lmas degan maqolni keltirgan edi. Tot atamasi bu yerda Mahmud Qoshg’ariy fors-tojik tilli aholiga nisbatan qo’llagan.
Tojik va o’zbek ajdodlarining ilk o’rta asrlarda elat bo’lib shakllanishi ikki davlat - Qarluq va Somoniylar hududida o’tganligi tabiiy holat edi albatta. Bu ikki xalqning bu hududda shakllanishi tufayli ularning etnogenetik tarixining ko’p qirralarida umumiylik hosil bo’lgan.
Ma’lumki, o’zbek va tojik elatlari qadimgi etnoslardan (sak, massagetlar, baqtriyaliklar, yuyechji ,toxarlar, so’g’diylar, qang’arlar va boshq.
Massagetlar (yun. Massagetai) - Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi 8- 4-asrlarda yashagan koʻchmanchi va boshqa qabilalar guruhining yunon adabiyetlarida uchraydigan umumlashma nomi. M.
xalqlardan) tomir olganlar. Shuning uchun xam ularning madaniyat va turmush tarzlarida, urf-odatlarida o’xshashliklari ko’p bo’lgan. Shu bilan birga, ularning har biriga xos (bir elatni ikkinchisidan farqini bildiruvchi) xususiyatlari – tili , o’zligini anglashi, ruhiyati va boshqalar ham mavjud edi. Bu xususiyatlari bilan bir elat ikkinchi elatdan ajralib turgan.
Xorazm IX asrning ikkinchi yarmi – X asrda Somoniylar davlati tasarrufida bo’lgan. Lekin Xorazmshoxlar davlatida xorazmliklarning o’zidan chiqqan shohlar (xorazmshoxlar) hukmronlik qilib kelganlar.
Xorazm yarim mustaqil davlat bo’lsa ham o’sha davrda iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan o’lka hisoblangan. Xorazmning turg’un aholisini o’z etnik nomiga (Xorazm – nafaqat siyosiy, geografik nom, aholisining nomi ham edi) va tiliga ega edi. Ularning qadimgi tili Eron til guruhi bo’lsa ham, lekin u tildan katta farq qilgan. Qo’shni eron va turkiyzabon aholidan xorazmliklar moddiy madaniyatlari (uy-joylari, kiyim boshlari) san’atlari bilan farq qilganlar.
IX-X asrlarda Xorazm o’lkasida turg’un yashovchi turkiyzabon aholi (qang’li, bijanak, o’g’uz) ham mavjud bo’lgan. Ammo bular son jihatidan tub yerli, Xorazm aholisidan kam edi. So’zsiz turkiyzabon etnoslarning ta’sirida Xorazm aholisining talay qismi (shaxsan alanlar) turkiylashib qolgan edi. Lekin Xorazm hududida yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiyzabon axoli Xorazmning turg’un axolisiga iqtisodiy hamda madaniy jihatdan ta’sir etishga ojizlik qilar edi. Xorazmliklarning iqtisodiy va madaniy darajasi, ong sezimi ularga nisbatan yuqori bo’lgan. Bu o’lkani tarixiga oid barcha tomonlarini hisobga olib, Xorazm aholisi XII asrlar boshlarigacha (mo’g’illar istilosigacha) alohida elat ( xorazm elati) bo’lgan desak xato bo’lmas.
X asr o’rtalarida Farg’onaning shimolidagi hududlarda, Qoshg’ar yaqinida yashovchi qarluqlar kuchayib, hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar. Bularning davrida Qoraxoniylar (ulug’ xonlar) va fuqarolar islom dinini qabul qiladilar. Bu islom dini tez vaqt ichida Yettisuv va Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalariga tarqaladi.
|
Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.
|
Islom dini bu hududlarga kirib borishi Qoraxoniylar boshqarayotgan hudud bilan Movarounnaxr musulmonlari o’rtasida aloqalar kuchayadi, ilmu fan Qarluq-Qoraxoniylar davlati hududida ham keng rivojlana boradi.
X asrning oxirida ichki ziddiyatlar kuchayib Somoniylar davlati kuchsizlanadi. Bundan Qoraxoniylar foydalanadilar; harbiy yurishlar qilib, ular 998-1011 yillar davrmida Movarounnahrni katta qismini egallab o’z hukmronliklarini o’rnatadilar.
XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati Amudaryodan to Torim daryosigacha bo’lgan katta hududga egalik qiladilar.
Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |