4. Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari haqida umumiy ma’lumotlar.
Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari haqida umumiy ma’lumotlar. Qayd
etilganidek, hujjatlar jamiyat hayotida katta rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Davlat standarti bo‘yicha
hujjatga shunday ta’rif berilgan: “Hujjat-obyektiv hayotga va inson tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan
voqea-hodisalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turli usullarda maxsus tarzda tasdiqlash-
rasmiylashtirish vositasi demakdir”. Ular tabiati va ahamiyatiga qarab turlarga ajratiladi.
Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari, miqdori ko‘p. Xususan, har bir tashkilot
jamoasi manfaati uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi hujjatlar mavjud bo‘ladi. Ma’lumki, ichki
hujjatlar ma’lum muassasasining o‘zida davlat qonunchiligi asosida tuziladi va mazkur muassasa
jamoasi orasida amalda qo‘llaniladi. Tashqi hujjat muayyan muassasa bilan boshqa tashkilot
munosabatlarini yo‘lga qo‘yish zarurati uchun qo‘llaniladi. Bu ikki hujjat turi, ayniqsa, ichki
hujjatlari har bir muassasa manfaatiga mos ravishda tuzilishi, lekin davlat standarti hujjatlar ida n
chetga chiqmaslikni talab etadi. Huddi ana shu talabga rioya qilish muassasa rahbariyatiga bog‘liq
bo‘ladi. Aks holda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, hozirgi paytda, jamiyatimizning barcha
sohalarda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Boshqa sohalar kabi hujjatchilik ishlarida texnika viy
(kompyuter) asos keng kirib kelmoqda. Hujjatchilik sohasi takomillashib bormoqda. Afsuski,
keyingi yillarda ba’zi jamoalarda bu sohaga e’tibor butkul susayib ketgan. Bunday jamoa a’zolari,
hatto oddiy hujjatni davlat tili asosida, ya’ni o‘zbek tili qoidalari asosida yoza olishlari gumond ir.
Daryo suvi boshdan loyqalanadi, degan xalq maqoli to‘g‘riga o‘xshaydi. Hatto respublika
markazidan kelayotgan ayrim hujjatlar davlat tili haqidagi qonunga xilof ravishda rus tilida
jo‘natiladi va rus tilida javob talab etiladi. Bu holatni har bir tashkilotda kuzatish mumkin.
Xususan, nofilologik-texnika fanlariga asoslangan bilim dargohlarida ham bunday holat
mavjudligi kuzatiladi. Bilim dargoh jamoalari, ayniqsa, talaba-yoshlari murakkab hujjatlar u
yoqda tursin, oddiy hujjatlarni to‘g‘ri yoza olmasliklariga aminmiz. Buni respublikamiz oliy
o‘quv yurtlari jamoasi, talaba yoshlari misolida bemalol ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu narsani
bila turib, ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida kunlik turmush jarayonida zarur bo‘ladigan hujjatchil ik
fanini o‘quv tizimidan chiqarib tashlash achinarli holdir. Hujjatchilik ona tilini anglash va ona
tili bo‘yicha savodxonlikni o‘rgatish bilan ham bog‘liq. Chunki har bir hujjatni yozishda ona tilini
mukammal bilish talab etiladi. Axir, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi (yangi
tahrirdagi) Qonunini bajarish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 sentabr, 311-sonli
qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil 14
noyabridagi buyrug‘ining 2.13 bandida talabalar uchun 1997 yildan boshlab doimiy ravishda
“Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” fani o‘qitilishi qayd etilgan. Ona tili
ta’limiga alohida e’tibor berish talab qilingan.
Xullas, muntazam ravishda doimiy bajarilishi lozim deb topilgan bunday qaror va
buyruqlarning, davlat nazoratidagi hujjatlarning amalga oshuvi respublikamiz qonunchiligi ning
talabidir. Bu masala hozirgi kun va keyingi davrlarda ham dolzarbligicha qoladi. Chunki bunga
tarix sahifalari guvohlik beradi. Bu kabi muhim masalani ichki doira qonuni hisobida, hech
qanday hujjatlarsiz chetlashtirilib bekor qilish mumkin emas. Chunki bu qaror va buyruq o‘quv
rejasi hamda talabalar kontingentiga bog‘liqlik joyi yo‘q, balki hukumatimiz ko‘rsatmasi asosida
chiqarilgan “Davlat tili haqida”gi Qonun talabidir. Zero, qonunchilikni buzishga hech kimning
haqqi yo‘q!