Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarilishi mumkin. Hujjatning
nomini yozishda bizda har xillik mavjud. Xususan, gap tugallanmay, oxiri sarlavha holida (ariza,
tushuntirish xati va boshqalar hujjat nomi sifatida) kelgan so‘zlar ba’zan kichik harf bilan, ba’zan
bosh harf bilan yozilmoqda. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun ularni bosh harf bilan yozgan
ma’qul. Shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, shunday nomlarni to‘lig‘inc ha
bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratish mumkin. Boshqa sohalardagi kabi hujjatchilikda ham
sarlavhalardan so‘ng nuqta qo‘yilmaydi.
Hujjatchilikda qo‘llanilgan son-sanoqni bildirgan so‘z turkumlari raqam bilan yozilishi talab
etiladi. Pul bilan bog‘liq yoki baho normalarini ifodalaydigan bo‘lsa, raqamdan so‘ng qavs ichida
mazkur sonning so‘zdagi, ya’ni harflar bilan ifodasi yoziladi. Masalan, tilxat, ishonchno ma,
umuman, hisobxonadagi hamda bank sohasidagi (pul bilan bog‘liq) yoki imtihon hujjatlarida
sonning yozma shakli ham ko‘rsatiladi.
Boshqa sohalardagi kabi hujjatlarda ham arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan
so‘ng qo‘shimcha yozilmaydi. Qo‘shimcha o‘rnida defis (-) qo‘llaniladi. Masalan, 1-guruh, 2-xona
kabi. Agar rim raqami bilan yozilishi lozim ko‘rilsa hech qanday qo‘shimcha yoki belgi
qo‘llanilmaydi. Masalan, 1-guruh, III bo‘lim kabi. Qayd etish lozimki, hujjat sanalari odatdagi rus
tilidagi tartib saqlanib kelinayotgan bo‘lsa-da, o‘zbek tili gap tuzilishidan kelib chiqib, 2013 yil 1
sentabr yoki 2013.01.09 (yoki 13.01.09) shaklida yozilishi lozim. Bunda dastlabki raqam yilni
keyingilari kun va oyni anglatadi.
O‘zbek tili hujjatlarida №, %, § kabi belgilarning qo‘llanilishi odat bo‘lmasa-da, bular qolipli
hujjatlarda ishlatiladi. Shuning uchun ular bir xilda yoziladi. Lekin ko‘pincha hozirgi hujjatlarda
bu belgilar “-raqamli yoki -sonli”, “foiz”, “band” kabi so‘zlar bilan ifodalanmoqda. Hujjatlar
matniga quyiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatla r ni
ifodalovchi va qayd eluvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmoqi lozim.
Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanis hlar
mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar,
ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina
tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur
ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnida gi
ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lundalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob
berishi kerak Bu talab-larga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday
hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat
zaruriy sifatlari xujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfolo gik
va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Xatto fe’l bilan ifodalanuvc hi
harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi»
deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatidadi: «...tayyorgarlikning borishi hakida», «...qarorning
bajarilishi to‘g‘risida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni so‘rayman» kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majxul
nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l
shakllarining qo‘llanish darajasi ancha yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin,
tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, kursatibutildi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: