1. O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘itlar fani. Maqsad va vazifalari


Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar



Download 0,54 Mb.
bet18/48
Sana21.02.2022
Hajmi0,54 Mb.
#35425
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
savollar tayyori

Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar. 0 ‘g‘itlar orasida azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar eng katta ahamiyatga ega.
Azotli о ‘g ‘it lar tarkibida, ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, bogiangan azot boiadi. Bular selitralar (natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari), ammoniy turlari, suyuq ammiak, ammiakli suv, mochevina — CO(NH2)2 (qoramollar ozigiga ham qo‘shib beriladi, tarkibida eng ko‘p — 47% azot boiadi) va b. Hozirgi vaqtda bu o‘g‘itlardan eng ko‘p ishlatiladigani ammiakli selitra, ya’ni ammoniy nitratdir. U bir-biriga qovushib qolmasligi uchun donador (granula) holda ishlab chiqarilidi.
Fosforli о ‘ g ‘ i 11 a r — bular fosfat kislotaning kalsiy va ammoniyli tuzlaridir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o‘g‘itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko‘p tarqalgan fosforli o‘g‘itlar quyidagilardir.
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yoii bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz, Ca3(P04)2 borligi sababli o‘simliklar faqat kislotali tuproqlarda — podzol va torfli tuproqlardagina o ‘zlashtirilishi mumkin. Mayin tuyilganligi, shuningdek uni tuproqqa kislotali o‘g‘itlar, masalan, (NH4)2S 04 yoki go‘ng bilan birga solish o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.
Oddiy superfosfat, apatit va fosforitlaiga sulfat kislota bilan ishlov berish orqali olinadi. Ishlov berishdan maqsad — o‘simliklar har qanday tuproqda yaxshi o‘zlashtiradigan eruvchan tuz olishdir:
Ca3(P0)4+2H2S04=Ca(H2P04)2+2CaS04
Donador o‘g‘itlarning kukunsimon o‘g‘itlarga nisbatan ancha afzalliklari bor: ularni saqlash oson (qovushib qolmaydi), o‘g‘it seyalkalari yordamida tuproqqa solish qulay, lekin asosiysi — u ko‘pchilik tuproqlarda hosilni ancha oshiradi.
Q o ‘sh superfosfat — tarkibi Ca(H2P 0 4)2 boigan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast — CaS04yo‘qligi jihatdan afzal. Qo‘sh superfosfat ikki bosqichda olinadi. Dastlab fosfat kislota olinadi . So‘ngra apatit yoki fosforit fosfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Boshlangich moddalarning miqdori quyidagi tenglamaga muvofiq olinadi:
Ca3(P04)2+4H2P0=3Ca(H2P04)2
Pretsipitat — tarkibi C aH P04• 2H20 boigan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Suvda kam eriydi, lekin organik kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali olinadi:
H3P 0 4+ C a(0H )2= C aH P04 • 2Н ,0
Suyak talqoni, uy hayvonlariningsuyaklarini qayta ishlab olinadi, tarkibida Ca3(P 04), bor.
Ammofos — tarkibida fosfor va azot bo‘ladigan o‘g‘it. Fosfor kislotani ammiak bilan neytrallanganda hosil bo'ladi. Odatda tarkibida NH4H2P 04 va (NH4)2H P04 boiadi.
Shunady qilib, fosfat kislotaning kalsiy va ammoniy tuzlari fosforli o‘g‘itlar hisoblanadi.
Kaliyli o ‘g ‘itlar ham o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur. Tuproqda kaliy yetishmasa hosil va o‘simliklarning noqulay sharoitga chidamliligi sezilarli darajada pasayadi. Shu sababli, qazib olinadigan kaliy tuzlarining 90% ga yaqinidan kaliyli o'g'itlar sifatida foydalaniladi
Eng muhim kaliyli o‘g‘itlar quyidagilardir:
1) ishlov berilmagan tuzlar maydalangan tabiiy tuzlardan, asosan silvinit NaCl • KC1 va kainit MgS04 • KC1 • 3H20 minerallaridan iborat.
2) konsentrlangan o'g'itlar tabiiy kaliyli tuzlarni qayta ishlash natijasida olinadi, bular KC1 va K2S04.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish