1. O’simliklar anatomiyasi asari muallifi kim?
A) Malpigi B) N. Gryu C) R. Broun D) Rusanov
2. Novda va ildizning ichki qismida joylashgan hosil qiluvchi to’qima nima deyiladi?
A) uchki hosil qiluvchi to’qima
B) assimilatsion to’qima
C) yon hosil qiluvchi to’qima
D) ksilema to’qimasi
3. Kurtakning o’sish konusi va ildizning bo’linuvchi zonalarida joylashgan to’qima qanday nomlanadi?
A) yon hosil qiluvchi to’qima
B) floema to’qimasi
C) assimilatsion to’qimasi
D) uchki hosil qiluvchi to’qima
4. Asosiy to’qima (a) va hosil qiluvchi to’qima (b) uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) qoplovchi, mexanik, o’tkazuvchi to’qima oralig’ida joylashadi; 2) hujayralar avval o’sadi so’ngra ma’lum shaklga kirib, vazifani bajaradi; 3) o’simlik yon hosil qiluvchi to’qimalar bo’linishi hisobiga bo’yiga o’sadi; 4) bajaradigan vazifasiga ko’ra jamg’aruvchi to’qimaga bo’linadi; 5) jamg’aruvchi to’qima hujayralari xlorenxima hujayralaridan iborat bo’lib ularda uglevod va oqsillar to’planadi; 6) kambiy yon hosil qiluvchi to’qima.
A) a-1,4; b-2,6 B) a-1,5; b-2,3 C) a-4,5; b-3,6 D) a-1,6; b-2,3
5. Hosil qiluvchi to’qima hujayralari uchun xos xususiyatni belgilang.
1) hujayralari kichik yadroli, yupqa nozik po’stli bo’ladi; 2) hujayralari avval o’sadi, so’ngra doimiy to’qimaga aylanadi; 3) hujayralari qoplovchi mexanik o’tkazuvchi to’qima hujayralari oralig’ida joylashadi; 4) assimilatsion va jamg’aruvchi xillari bor; 5) uchki va yon hosil qiluvchi xillari bor; 6) bo’linish xususiyatiga ega.
A) 2,5,6 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 1,3,6
6. Hosil qiluvchi to’qima hujayralari uchun xos xususiyatni belgilang.
1) hosil qiluvchi to’qima hujayralaridan o’simlikning boshqa to’qimalari hosil bo’ladi; 2) hosil qiluvchi to’qima hujayralari avval o’sadi, so’ngra ma’lum shaklga kirib, doimiy to’qimaga aylanadi; 3) hosil qiluvchi to’qima ildizmeva, piyozbosh, tugunak, meva va urug’laarda yaxshi rivojlangan; 4) traxeidlar va o’lik hujayrali o’tkazuvchi naylardan iborat; 5) poya va ildizda halqa shaklida joylashadi; 6) tirik, cho’ziq, qalin qobiqli hujayralardan iborat.
A) 2,3,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 1,2,5
7. Kollenxima (a) va sklerenxima (b) ga xos xususiyatlarni ajrating.
1) tirik hujayra; 2) o’lik hujayra; 3) qalin qobiqli; 4) yupqa qobiqli; 5) sklereid hujayralar misol bo’ladi; 6) xloroplastga ega; 7) barg bandi va yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi; 8) uzun ingichka turiga lub tolalari misol bo’ladi.
A) a-2,3,5,8; b-1,3,6,7
B) a-1,3,6,7; b-2,4,5,8
C) a-1,4,6,8; b-2,3,5,7
D) a-1,3,6,7; b-2,3,5,8
8. Ksilema (a) va floema (b) naylari uchun xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
1) tirik hujayra; 2) o’lik hujayra; 3) o’tkazuvchi naylar va traxeidlardan iborat; 4) elaksimon naylardan iborat; 5) hujayralari oldida yo’ldosh hujayralar bor; 6) fotosintez mahsuloti tashiladi; 7) suv va unda erigan mineral tuzlar tashiladi;
8) meristema to’qimasidan paydo bo’lgan
A) a-1,5,6,7; b-2,3,4,8 B) a-2,3,7,8; b-1,4,5,6,8
C) a-2,3,5,7; b-1,4,6,7,8 D) a-2,3,5,7,8; b-1,4,5,6,8
9. Qoplovchi to’qima uchun xos bo’lgan fikrlarni tanlang.
1) o’simlik organlariga mexanik tayanch berib turadi; 2) ikkita turi mavjud; 3) uchta turi mavjud; 4) o’simlik barcha organlarini tashqi tomondan qoplab turadi; 5) epiderma po’kak va boshqa hujayralardan iborat; 6) po’kak hujayralarida yasmiqchalar shakllanadi; 7) epiderma tashqi tomondan kutikula yoki mum bilan qoplanadi; 8) yumaloq hujayralar sklereid hujayralar deb nomlanadi
A) 3,4,6,7 B) 1,4,5,7 C) 1,3,6,8 D) 2,4,5,8
10. Qoplovchi to’qima uchun xos bo’lgan fikrlarni tanlang.
1) po’stloqdagi yoriqlar po’stloq hujayralari cho’zilish xususiyatiga ega bo’lmaganligi sabab paydo bo’ladi; 2) epiderma bir necha qavat bo’lib joylashgan shaffof hujayralardan iborat; 3) epidermaning tashqi tomondan mum yoki kutikula bilan qoplanganligi suv bug’lanishini kuchaytiruvchi moslanishdir; 4) periderma ikkilamchi qoplovchi to’qima sanaladi; 5) po’kakning tirik hujayralariga suberin moddasi shimilgan; 6) barg epidermasidagi og’izchalar suv bug’latishda ahamiyatga ega
A) 1,5,6 B) 1,4,6 C) 2,3,4 D) 2,3,5
11. Yon meristema to’qima (a) va uchki meristema to’qimasi (b) uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) novda va ildizning uchki qismida joylashgan; 2) o’simlik poyasi va ildizini eniga o’sishini ta’minlaydi; 3) kurtakning o’sish konusi va ildizning o’suvchi zonalarida joylashgan; 4) novda va ildizning ichki qismida joylashgan; 5) ildizning bo’linuvchi zonasi va kurtakning o’sish konusida joylashgan; 6) poya va ildizda halqa shaklida joylashadi o’simlik yo’g’onlashuvini ta’minlaydi; 7) floema va ksilema orasida joylashgan
A) a-1,4,5; b-2,6,7 B) a-2,6,7; b-1,3,4 C) a-2,5,6; b-1,4,7 D) a-2,6,7; b-1,4,5
12. Qaysi to’qima hujayralari qoplovchi, mexanik, o’tkazuvchi to’qima hujayralari oralig’ida bo’ladi.
A) yon hosil qiluvchi to’qima B) asosiy to’qima C) uchki hosil qilivchi to’qima D) ajratuvchi to’qima
13. Yirik yadroli, yupqa nozik po’stli, quyuq sitoplazmali tirik hujayralar yig’indisi qaysi to’qima uchun xos?
A) kollenxima B) meristema C) floema D) epiderma
14. Poya va ildizning po’stloq hamda yog’ochlik tolalari qaysi to’qimaga mansub?
A) o’tkazuvchi B) mexanik C) qoplovchi D) hosil qiluvchi
15. Quyidagi hujayra tuzilishi qaysi to’qimalar uchun xos?
Bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan iborat to’qima (a), hujayralari yupqa egiluvchan (b), yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat to’qima (c) va o’lik hujayrali o’tkazuvchi naylar va traxeidlardan iborat to’qima (d).
A) a-qoplovchi— epiderma;
b-meristema to’qima;
c-asosiy — fotosintezlovchi;
d-o’tkazuvchi — ksilema
B) a-qoplovchi — periderma;
b-hosil qiliuvchi to’qima;
c- asosiy — fotosintezlovchi;
d- o’tkazuvchi — ksilema
C) a-mexanik — kollenxima;
b- hosil qiliuvchi to’qima;
c-asosiy — floema;
d- o’tkazuvchi — ksilema
D) a-qoplovchi — epiderma;
b-meristema;
c-mexanik — kollenxima;
d-mexanik — sklerenxima
16. Quyidagi hujayra tuzilishi qaysi to’qimalar uchun xos? Tirik hujayrali elaksimon naylar (a), tirik, cho’ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar (b), o’lik hujayrali, qobig’iga suberin moddasi shimilgan (c) va cho’zilish xususiyatiga ega bo’lmagan (d).
A) a- o’tkazuvchi — floema;
b- mexanik — kollenxima;
c-qoplovchi — periderma;
d-qoplovchi — po’stloq
B) a- o’tkazuvchi — ksilema;
b-meristema;
c-qoplovchi — po’kak;
d-qoplovchi — po’stloq
C) a- o’tkazuvchi — floema;
b- mexanik — kollenxima;
c-qoplovchi — epiderma;
d- qoplovchi — periderma;
D) a- o’tkazuvchi — floema;
b- mexanik — kollenxima;
c-qoplovchi — po’kak;
d-qoplovchi — epiderma;
17. Ushbu tushunchalarni ularga mos to’qimalar bilan juftlang.
a) traxeidlar; b) suberin; c) sklereid; d) kambiy; e) xlorenxima
A) a-ajratuvchi; b-mexanik; c-qoplovchi; d-asosiy; e-asosiy
B) a-o’tkazuvchi; b- b-qoplovchi; c- meristema; d-mexanik; e-asosiy
C) a-o’tkazuvchi; b-qoplovchi; c-mexanik; d-meristema; e-asosiy
D) a-ajratuvchi; b-qoplovchi; c-mexanik; d-asosiy ; e-meristema
18. Qoplovchi to’qima uchun xos bo’lmagan fikrlarni tanlang.
1) po’stloqdagi yoriqlar po’stloq hujayralari cho’zilish xususiyatiga ega bo’lmaganligi sabab paydo bo’ladi; 2) epiderma bir necha qavat bo’lib joylashgan shaffof hujayralardan iborat; 3) epidermaning tashqi tomondan mum yoki kutikula bilan qoplanganligi suv bug’lanishini kuchaytiruvchi moslanishdir; 4) periderma ikkilamchi qoplovchi to’qima sanaladi; 5) po’kakning tirik hujayralariga suberin moddasi shimilgan; 6) barg epidermasidagi og’izchalar suv bug’latishda ahamiyatga ega
A) 1,5,6 B) 1,4,6 C) 2,3,4 D) 2,3,5
19. Qoplovchi to’qima uchun xos bo’lmagan fikrlarni tanlang.
1) o’simlik organlariga mexanik tayanch berib turadi; 2) ikkita turi mavjud; 3) uchta turi mavjud; 4) o’simlik barcha organlarini tashqi tomondan qoplab turadi; 5) epiderma po’kak va boshqa hujayralardan iborat; 6) po’kak hujayralarida yasmiqchalar shakllanadi; 7) epiderma tashqi tomondan kutikula yoki mum bilan qoplanadi; 8) yumaloq hujayralar sklereid hujayralar deb nomlanadi
A) 3,4,6,7 B) 1,4,5,7 C) 1,2,5,8 D) 2,4,5,8
20. Hosil qiluvchi to’qima hujayralari uchun xos bo’lmagan xususiyatni belgilang.
1) hosil qiluvchi to’qima hujayralaridan o’simlikning boshqa to’qimalari hosil bo’ladi; 2) hosil qiluvchi to’qima hujayralari avval o’sadi, so’ngra ma’lum shaklga kirib, doimiy to’qimaga aylanadi; 3) hosil qiluvchi to’qima ildizmeva, piyozbosh, tugunak, meva va urug’laarda yaxshi rivojlangan; 4) traxeidlar va o’lik hujayrali o’tkazuvchi naylardan iborat; 5) poya va ildizda halqa shaklida joylashadi; 6) tirik, cho’ziq, qalin qobiqli hujayralardan iborat.
A) 2,3,6 B) 1,3,5 C) 3,4,6 D) 1,2,5
21. Notog’ri fikrni toping.
A) po’kakning o’lik hujayralarining qobig’iga suberin moddasi shimilgani uchun po’kak o’zidan suv va gazlarni o’tkazmaydi
B) poya va ildizda halqa shaklida joylashgan hosil qiluvchi to’qima hisobiga o’simliklar eniga o’sadi
C) floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo’lib, ular yirik yadroli hujayralari yonida yo’ldosh hujayralar mavjud
D) kaktuslarning poyasi va bargida suv to’plovchi parenxima huayralari bor