1. Organik olam tushunchasi nimalardan iborat



Download 45 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi45 Kb.
#750354
Bog'liq
1-topshiriq magistr organik olam


1-topshiriq
1. Organik olam tushunchasi nimalardan iborat.
2. Organik olam filogenetik bog‘lanishlarni tadqiq qilish metodlari.
3. Organik olamning rivojlanishi o‘quv fanini boshqa biologik fanlar bilan aloqasi
4. Organik olamning rivojlanishi o‘quv fanini nazariy va amaliy ahamiyati
5. Moddalar va energiya almashinuvi.
2-topshiriq
1. O‘sish va rivojlanish va o’z-o’zini yaratish
2. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik.
3. Hujayrasiz organizmlar.
4. Bakteriyalarning tuzilishi, ularning kelib chiqishi.
.Prokariotlardan eukariot hujayraning farqi.
5. Viruslarni kelib chiqishi to‘g‘risida ma’limot bering
1 - topshiriq javoblari


1.Organik olam tushunchasi. XX asrning 80-yillariga qadar organik olam o‘simliklar, hayvonlar dunyosidan tashkil topgan, degan tushuncha keng tarqalgan edi. Hayotning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm, tur-populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera ekanligi barcha biologlar tomonidan e’tirof etildi. Hozirgi davrga kelib botanika, zoologiya, mikologiya, mikrobiologiya, bioximiya, molekulyar biologiya, genetika, virusologiya va boshqa biologik fanlarining hamda mikroskopik texnikaning, nihoyat biologik tadqiqotlarda fizikaviy, kimyoviy, matematik metodlarni qo‘llash natijasida organik olam viruslar, prokariotlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonot dunyosidan iborat ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

2. Organik olamdagi filogenetik bog‘lanishlarni tadqiq qilish metodlari


Morfo-anatomik metod
Embriologik metod.
Paleontologik metod.
Molekulyar biologik metod.
Fiziologik-genetik metod.
Morfo-anatomik metod. Har-xil sistematik birliklarga mansub organizmlarning morfologiyasi, anatomiyasi, shaxsiy rivojlanishi o‘rganilib taqqoslanadi va olingan ma’lumotlarga asoslanib ularning bir-biriga qay darajada yaqinligi aniqlanadi.
Fiziologik-genetik metod. Har-xil sistematik taksonlar: turlar, avlodlar, oilalarga mansub, organizmlar orasida chatishtirib o‘tkazilib, olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi, uchinchi bo‘g‘ini ota-ona organizmlar bilan taqqoslanadi va olingan natijalar asosida ular orasidagi filogenetik bog‘lanish darajasi haqida ma’lumot to‘planadi.
Embriologik metod. Turli sistematik birliklarga kiruvchi organizmlarning ontogenezi ya’ni embrional, postembrional rivojlanishi tadqiq qilinib, taqqoslanadi xamda to‘plangan ma’lumotlar zaminida ular orasidagi filogenetik bog‘lanish darajasi belgilanadi.


3. Biologiya fanining rivojlanish tarixida XX asr nihoyatda samarali bo‘ldi. Shu asrda irsiyatning moddiy asoslari nuklein kislotalar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Evolyusiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Hayotning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm, tur-populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera ekanligi barcha biologlar tomonidan e’tirof etildi. Fotosintez mexanizmlari aniqlandi. Irsiyat va ekologik qonunlar kashf etildi. Natijada biologiya fani tasviriy sohadan eksperimental faniga aylandi. XX asrning 80-yillariga qadar organik olam o‘simliklar, hayvonlar dunyosidan tashkil topgan, degan tushuncha keng tarqalgan edi. Hozirgi davrga kelib botanika, zoologiya, mikologiya, mikrobiologiya, bioximiya, molekulyar biologiya, genetika, virusologiya va boshqa biologik fanlarining hamda mikroskopik texnikaning, nihoyat biologik tadqiqotlarda fizikaviy, kimyoviy, matematik metodlarni qo‘llash natijasida organik olam viruslar, prokariotlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonot dunyosidan iborat ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Zoolog olimlarning qayd etishicha hayvonlarning 2 milliondan ko‘p turi aniqlangan. O‘simliklarning turi esa 500 000 ga yaqin. Agar ularga mikroorganizmlarning yuz mingdan ortiq, hamda qadimgi era va davrlarda yashab, so‘ng qirilib ketgan hayvon, o‘simlik turlarini qo‘shsak organik olam haqiqatdan ham nihoyatda ko‘p va xilma-xil ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi.
4.Hozirgi davrga kelib botanika, zoologiya, mikologiya, mikrobiologiya, bioximiya, molekulyar biologiya, genetika, virusologiya va boshqa biologik fanlarining hamda mikroskopik texnikaning, nihoyat biologik tadqiqotlarda fizikaviy, kimyoviy, matematik metodlarni qo‘llash natijasida organik olam viruslar, prokariotlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonot dunyosidan iborat ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Zoolog olimlarning qayd etishicha hayvonlarning 2 milliondan ko‘p turi aniqlangan. O‘simliklarning turi esa 500 000 ga yaqin. Agar ularga mikroorganizmlarning yuz mingdan ortiq, hamda qadimgi era va davrlarda yashab, so‘ng qirilib ketgan hayvon, o‘simlik turlarini qo‘shsak organik olam haqiqatdan ham nihoyatda ko‘p va xilma-xil ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi.

5. Moddalar va energiya almashinuvi. Organik olam vakillarida doimo moddalar almashinuvi ro‘y beradi. Organizmlardagi moddalar almashinuviga asosini bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya tashkil etadi.


Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilyatsiya (anabolizm, plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (katabolizm, energetik almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar almashinuvi orga￾nizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi.

2 - topshiriq javoblari

1. O‘sish va rivojlanish ham barcha organizmlar xossasi sanaladi. O‘sish o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payish bo‘lsa, rivojlanish sifat jihatdan yangilanishdir. Organik olam vakillarida ikki xil rivojlanish mavjud. Bu shaxsiy va tarixiy rivojlanishdir. Shaxsiy rivojlanishda organizmlardagi barcha belgi – xossalar asta-sekin izchillik bilan paydo bo‘ladi. Tarixiy rivojlanishda esa organik olamda organizmlar xilma-xilligi ortadi, murakkablanish takomillanishi ro‘y beradi.
O‘z-o‘zini yaratish xossasi. Har bir tirik mavjudot ma’lum vaqt oralig‘ida rivojlanadi, yashaydi so‘ngra o‘ladi. Lekin organizmlardagi urchish tufayli tur barqarorligi saqlanadi. Urchish irsiyat bilan uzviy bog‘liq. Irsiyatning moddiy asosi nuklein kislotalar hisoblanadi. Irsiy o‘zgaruvchanlik asosida DNK va RNK molekulalarining o‘zgarishi yotadi.

2.Genetika — organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruv￾chanligini o‘rganadi.


Irsiyat — tirik organizmlarning o‘ziga xos belgi va xususiyat￾larini kelgusi avlodlarga qoldirish, ya’ni nasldan-naslga berish xossasidir.
Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘la￾di. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarga tur, zot, nav, shtammning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab berish uchun imkon beradi.
O‘zgaruvchanlik – organizmlarning yangi belgilari va xusu￾siyatlarini namoyon etish qobiliyatidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik organizmning bir-biriga qarama-qarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik turni aksincha, har xil qilib qo‘ya￾di. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm genotipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchanlik tashqi sha￾roitlar bilan ham belgilanadi.


3.Organik olamning hujayrasiz shakllari bo‘lib viruslar hisoblanadi. Viruslar tana kattaligi 15-300 nm* ga teng. Ular birinchi marotaba 1892-yil rus olimi D.I.Ivanovskiy tomonidan ixtiro qilingan bo‘lsada, virus atamasini keyinchalik 1899 yili gollandiyali mikrobiolog Martiy Beyernik fanga kiritgan. Viruslarning tirik organizm ekanligi XX asrning 50-60 yillariga qadar ko‘pchilik biolog olimlar tomonidan tan olinmadi. Bunga asosli sabab viruslarda mustaqil metabolizm – oqsil sintez qilish sistemasini bo‘lmasligidir. Lekin keyinchalik viruslar tanasi oqsil va nuklein kislotadan tuzilganligi, o‘z-o‘zini ko‘paytirish, o‘zgaruvchanligi, muhit sharoitiga moslanishi, evolyusiyalanish kabi xossalarga ega ekanligi e’tiborga olinib, ular noyob hujayrasiz organizmlar toifasi deb– e’tirof etildi.

4. Bakteriyalarning tuzilishi va xilma- xilligi, oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi. transformatsiya xodisasi arxebakteriya, sianobakteriyalar. Bakteriyalarning kelib chiqishi. Eukariot hujayralarning prokariotlardan farqi. Uning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar. O‘simliklar dunyosini tuban va yuksak formalari. Suvo‘tlarni tasnifi, bo‘limlari yashil, qo‘ng‘ir, diatom, qizil suvo‘tlar. Suvo‘tlarning o‘ziga xos tuzilishi, yuksak o‘simliklardan farqi, kelib chiqishi.


Eukariot hujayralar prokariotlardan farqi
Hujayrada sitoplazma va undan membrana bilan alohidalashgan yadro bo‘ladi.
Prokariotlarda nuklein kislotalarning biri (RNK yoki DNK) doirasimon nukleoid holatda, eukariot hujayralarda DNK tayoqchasimon xromosomalarga taqsimlangan va sitoplazmadan membranasi bilan ajralgan yadro shaklida bo‘ladi.
Prokariotlarda sitoplazma organoidlaridan faqat ribosomalar uchrasa, eukariot hujayrada ribosomalar bilan bir qatorda mitoxondriya, Golji apparati, o‘simliklarda plastidalar, lizosoma, yadrocha mavjud.
Prokariot hujayralar binar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar. Eukariotlarning tana hujayralari mitoz, jinsiy hujayralari esa meyoz yo‘li bilan ko‘payadilar.
Prokariot hujayralar nihoyatda kichik (1-10mkm) va bir hujayrali. Eukariot hujayralar esa yirik (10-1000mkm), bir va ko‘p hujayrali.
Modda almashish jami prokariotlarda anaerob, aerob, eukariotlarda esa faqat aerob orqali amalga oshadi.
RNK va oqsil sintezi prokariotlarda sitoplazmada. Eukariotlarda RNK sintezi yadroda, oqsil sintezi sitoplazmada ro‘y beradi

5. Eukariot hujayralar prokariotlardan farqi


Hujayrada sitoplazma va undan membrana bilan alohidalashgan yadro bo‘ladi.
Prokariotlarda nuklein kislotalarning biri (RNK yoki DNK) doirasimon nukleoid holatda, eukariot hujayralarda DNK tayoqchasimon xromosomalarga taqsimlangan va sitoplazmadan membranasi bilan ajralgan yadro shaklida bo‘ladi.
Prokariotlarda sitoplazma organoidlaridan faqat ribosomalar uchrasa, eukariot hujayrada ribosomalar bilan bir qatorda mitoxondriya, Golji apparati, o‘simliklarda plastidalar, lizosoma, yadrocha mavjud.
Prokariot hujayralar binar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar. Eukariotlarning tana hujayralari mitoz, jinsiy hujayralari esa meyoz yo‘li bilan ko‘payadilar.
Prokariot hujayralar nihoyatda kichik (1-10mkm) va bir hujayrali. Eukariot hujayralar esa yirik (10-1000mkm), bir va ko‘p hujayrali.
Modda almashish jami prokariotlarda anaerob, aerob, eukariotlarda esa faqat aerob orqali amalga oshadi.
RNK va oqsil sintezi prokariotlarda sitoplazmada. Eukariotlarda RNK sintezi yadroda, oqsil sintezi sitoplazmada ro‘y beradi
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish