3. Organik moddalarning gomologik qatorlari va klassifikatsiyasi.
Organik birikmalarning gomologik qatorlari. Turli-tuman organik birikmalar orasidan moddalarning kimyoviy xossalari jihatidan o`xshash va bir-biridan CH2- guruhiga farq qiladigan guruhlarni ajratish mumkin.
Kimyoviy xossalari jihatidan o`xshash, tarkibi bir-biridan CH2= guruhiga farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Nisbiy molekulyar massasi ortib borishi tartibida joylashtirilgan gomologlar gomologik qatorni hosil qiladi.
Organik birikmalarning klassifikatsiyasi. Barcha organik birikmalarni uglerod skeletining tabiatiga qarab atsiklik va siklik birikmalarga bo`lish mumkin.
Asiklik (nosiklik, zanjir ko`rinishidagi) birikmalar yog` qatori yoki alifatik birikmalr ham deyiladi. Bunday nom berilishiga sabab shuki, bu turdagi birikmalarning dastlabki yaxshi o`rganilganlaridan biri tabiiy yog`lar edi. Atsiklik birikmalar orasida to`yingan va to`yinmagan birikmalar bo`ladi.
Siklik birikmalar orasida odatda molekulasida uglerod atomlari halqa hosil qilgan karbosiklik birikmalar va halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa elementlarning (kislorod, oltingugurt, azot, va boshqalar) atomlari ham bo`lgan geterosiklik birikmalar bo`ladi.
4. Organik reaksiyalarning turlari.
Anorganik reaksiyalar kabi organik reaksiyalar ham sinflarga ajratiladi. Organik reaksiyalar 3 katta turga bo`linadi:
1. O`rin olish reaksiyalari, masalan: CH4 + Cl2 → CH3Cl + HCl
CH3−CH2−CH3 + Br2 → CH3−CH2−CH2Br + HBr
2. Ajralib chiqish reaksiyalari, masalan:
CH3−CH2Br → CH2═CH2 + HBr
CH3−CH2−CH2Cl → CH2═CH−CH2Cl + HCl
3. Biriktirib olish reaksiyalari, masalan:
CH2═CH2 + HCl → CH3−CH2Cl 3CH≡CH → C6H6
Organik reaksiyalarni reaksiyaga kirishayotgan molekulalardagi kovalent bog`lanishlarning uzilish mexanizmiga qarab ham sinflarga ajratish mumkin. Bunday ajratish bog`lanishni uzishning ikki usuliga asoslanadi:
1. Agar umumiy elektronlar juft atomlar orasida bo`linsa, u holda radikallar-juftlashmagan elektroni bor zarrachalar paydo bo`ladi. Bog`lanishning bunday uzilishi radikal yoki gomolitik uzilish deyiladi:
CH4 → CH3• + H•
metan metil vodorod
radikali radikali
Hosil bo`ladigan radikallar reaksion sistemasidagi molekulalar bilan yoki bir-biri bilan o`zaro ta`sirlashadi.
2. Agar bog`lanish uzilganda umumiy elektronlar jufti bitta atomda qolsa, u holda ionlar-kation va anion hosil bo`ladi. Bunday mexanizm ionli yoki geterolitik mexanizm deyiladi. U organik kationlar yoki anionlar hosil bo`lishiga olib keladi: CH3Cl → CH3+ + :Cl- ; CH3Li → Li+ + H3C- ;
metil metil xlor metil- litiy metil
xlorid radikali radikali litiy kationi aioni
Organik ionlar keyingi o`zgarishlarga uchraydi. Bunda organik kationlar nukleofil («yadroni sevadigan») zarrachalar bilan, organik anionlar esa–elektrofil («elektronlarni sevadigan») zarrachalar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan: CH3+ + : OH- → CH3OH H3C-: + H+ → CH4
nukleofil zarracha elektrofil zarracha
Ionli mexanizm, odatda, qutbli kovalent bog`lanish (uglerod-galogen, uglerod-kislorod va b.) uzilishida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |