1-oraliq uchun topshiriq dmxm-1 guruhi uchun Topshiriq: Quyidagi keltirilgan savollarga 10-15-bet hajmda elekron ko`rinishda (word) esse yozish. Eslatma



Download 86,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi86,5 Kb.
#303311
Bog'liq
1-ON


. 1-oraliq uchun topshiriq

DMXM-1 guruhi uchun

Topshiriq: Quyidagi keltirilgan savollarga 10-15-bet hajmda elekron ko`rinishda (word) esse yozish.

Eslatma: Esse lotin alifbosida, Times New Romanda, 14 shriftda 1,5 intervalda bo‘lishi lozim

Savollar:



  1. Byudjet-soliq siyosatining o‘ziga xos bo‘lgan eng mu- him xususiyati nimadan iborat?

  2. Byudjet defitsiti deb nima aytiladi?

  3. Byudjet siyosati namoyon bo‘lishining asosiy shakllari

  4. nimalardan iborat?

  5. “Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byud- jet-soliq siyosati”ning o‘zaro vobastaligi, deganda nimalarni tushunasiz?

  6. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning umume’tirof

  7. etilgan qanday modellari mavjud?

  8. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning liberal modeli uchun qanday xarakterli belgilar xos?

  9. Neoklassik maktab vakillarining qarashlarida byudjet defitsitiga nisbatan qanday xavflarning mavjud ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan?

  10. Byudjet defitsitini qanday belgilar asosida turkumlar- ga ajratish maqsadga muvofiq?

Javoblar

Budjet soliq siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘zi- ga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan ab- solyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lma- gan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi moliya yilida soliq siyosatining aso- siy yo‘nalishlari va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi

bir o‘zgarishlar, boshqa ba’zi bir sabablar bilan bir qatorda, oxir oqibatda, o‘sha yilga daxldor bo‘lgan byudjet xarajatlari ko‘lamining qanday ekanligiga borib taqaladi. O‘z navbati- da, shu yildagi byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘zgarishlarni aso- san, shak-shubhasiz, byudjet daromadlari hajmi (miqdori) ning qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda byud- jet siyosatisiz soliq siyosatini va aksincha, soliq siyosatisiz byudjet siyosatini to‘g‘ri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular ikkala- sining o‘zaro mushtarakligi, bir-birini taqozo etishi va vobas- taligi byudjet-soliq siyosatining yagonaligidan dalolatdir.

Ifodali qilib aytilganda, byudjet siyosati oqqush singari ko‘kka tomon parvoz qilayotganda, soliq siyosati cho‘rtanbaliq kabi dengiz tomon yoki qisqichbaqaga o‘xshab quruqlik sari yo‘l olmog‘i kerak emas. Aks holda, arava o‘rnidan qo‘zg‘al- maganidek, byudjet-soliq siyosatining samarador (natijali)ligi ham pastligicha yoki “0”ga tengligicha qolaveradi.

Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik sama- rani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining ken- gayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga va h.k.lar- ga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengayti- rish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holat- lar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap.

Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Shuning uchun

ham u nihoyatda murakkab, nozik, mas’uliyatli va qaltis si- yosat hisoblanadi. Shu bois bu siyosat bilan ham odatda, “o‘ynashib” bo‘lmaydi. Aks holda, u haqiqatdan ham “kuy- dirish”i va “qimmat”ga tushishi mumkin.

Eng umumiy va sodda tarzda byudjet-soliq siyosati bir tomondan, byudjet daromadlarini (oqilona) shakllantirish va ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarini (samarali) sar- flash bilan bog‘liq. Aslida byudjet siyosati tom ma’noda o‘z ichiga soliq siyosatini ham qamrab oladi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik hollarda, byudjet daromadlarini shakllantirishga qaratilgan siyosatni, odatda, soliq siyosati2 va byudjet xara- jatlarini sarflashga qaratilgan siyosatni esa byudjet siyosati3, deb yuritiladi. Shu ma’noda byudjet-soliq siyosatini shart- li ravishda bir-biridan va nisbiy jihatdan mustaqil bo‘lgan byudjet va soliq siyosatlarining majmuyi sifatida ham e’tirof etish mumkin4.

Biroq bu siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘zi- ga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan ab- solyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lma- gan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi moliya yilida soliq siyosatining aso- siy yo‘nalishlari va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi

2. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi odatda, unga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqa- tdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning ilo- ji bo‘lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi9.

Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining teng- ligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet, deyiladi. Aksin- cha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daro- madlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda byud- jet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet defitsiti10, deyiladi.

Yuqoridagi jihatlardan olib qaraganda byudjet-soliq siyo- satining tarkibiy qismi sifatida byudjet siyosatining yakuniy (miqdoriy) natijasi byudjet defitsiti, byudjetning balansliligi yoki byudjet profitsitida o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq bularning har biriga qarab turib yakka-yu yagona bo‘lgan yakuniy xulosani chiqarishning iloji yo‘q. Bu yerda gap shun- daki, byudjetning balansliligi yoki uning profitsitli ekanligi- ga qarab turib oqilona byudjet siyosati va aksincha, uning defitsitli ekanligini inobatga olgan holda nooqilona byudjet siyosati yuritildi, deb bo‘lmaydi. Chunki byudjet siyosatining yakuniy miqdoriy ifodasi sifatida ularning har biri o‘zida ijo- biy va salbiy tomonlarni mujassam etadi11.

3. Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Shuning uchun ham u nihoyatda murakkab, nozik, mas’uliyatli va qaltis si- yosat hisoblanadi. Shu bois bu siyosat bilan ham odatda, “o‘ynashib” bo‘lmaydi. Aks holda, u haqiqatdan ham “kuy- dirish”i va “qimmat”ga tushishi mumkin. Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik sama- rani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining ken- gayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga va h.k.lar- ga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengayti- rish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holat- lar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap.

Bunday vaziyatda “Byudjet-soliq siyosatining o‘zi nima, uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalar- dan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?” kabi ko‘plab savollarga aniqlik kiritib olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu va shunga o‘xshash yana bir necha o‘nlab hayotiy savollarning vjudligi, tabiiy ravishda mazkur o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilab (aniqlab) berdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgi- lashda ta’lim tizimining nisbatan mustaqil bosqichi bo‘lgan magistraturada o‘quv jarayonining o‘ziga xos bo‘lgan xususi- yati (jumladan, ayrim dolzarb mavzuni “ipidan-ignasigacha” yoki chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish) inobatga olindi. Xususan, o‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimining bakalavriat bosqichida muhokama qilingan “Moliyaviy siyosat” mavzusi- ni atroflicha ko‘rib chiqishga harakat qilindi. Bunda uning asosan, ikki jihatiga, ya’ni byudjet va soliq siyosatlarining majmuyidan iborat ekanligiga jiddiy e’tibor qaratildi.

4.

Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etili- shi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohi- yati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bo- zor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeli- ga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish mo- dellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksin- cha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bo- zor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish- ning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talab- lari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir mu- vaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega.



5. U yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib top- tirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi:

    1. Liberal model.

    2. Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model.

6. Liberal (erkin, ochiq) quyidagilar

  • Xo‘jalik jarayonlariga davlatning kam aralashuvi

  • Iqtisodiyotda davlat sektorining torligi

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning keng erkinligi

  • Sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning minimal ishtirok etish

  • Davlat tomonidan tartibga solishning monetar xarakterdaligi va asosan, makroiqtisodiy jarayonlar bilan cheklanganligi

  • Davlat tomonidan qo‘llab-quvvat- lashning faqat aholi kambag‘al- qashshoq qismiga yo‘naltirilganligi

  • Minimal darajada(gi) soliqlarning olinishini, shunga mos ravishda, davlatning ixtiyorida kamroq mablag‘larnig bo’lishini va byujet- soliq siyosatining shunga qaratilishi kerakligini taqozo etadi


7. Keynschilar maktabi vakillarining byudjetni defitsit- li moliyalashtirish nazariyasi mavjud defitsitni Taraqqiyot byudjetida to‘planishini taqozo etadi. Chunki faqat shu hol- dagina defitsitli moliyalashtirishning o‘sishi investitsion, in- novatsion va tadbirkorlik o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar maktabining qarashlariga butunlay teskari bo‘lib, ular byudjet defitsitiga nisbatan quyidagi xav- flarning mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tadilar:



  • hozirgi kunda (davrda) mavjud bo‘lgan byudjet defitsiti pirovardida (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo‘lishini taqozo etadi;

  • byudjet defitsitini qoplash (moliyalashtirish) uchun fa- vquloddagi daromadlar – pul va qarzlar emissiyasi, kredit- lar va boshqalar – jalb qilinib, bu o‘z navbatida, mamlakat- ning pul­kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyatsion jara­ yonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o‘sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-oqibatda, milliy iqtisodiyot va davlatning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsat- masdan qolmaydi.

8. Byudjet defitsitini ma’lum bir belgilar asosida turkum- larga ajratish va uning tegishli turlarini ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda byudjet defitsitini quyidagi belgilar asosi- da turkumlarga ajratish maqsadga muvofiq:

  • vujudga kelish sabablariga ko‘ra;

  • iqtisodiy mazmuni va ta’sirchanlik yo‘nalishiga qarab;

  • ishsizlikning darajasi bilan bog‘langanligiga binoan;

  • vujudga kelish xarakteriga muvofiq;

  • rejaga munosabati bo‘yicha;

  • doimiyligiga nisbatan;

  • davomiyligiga ko‘ra;

  • moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligiga qarab;

  • davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlarni to‘lashning xalqaro metodologiyasiga binoan.

Vujudga kelish sabablariga ko‘ra byudjet defitsitining

quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:



  • favqulodiy byudjet defitsiti;

  • inqiroziy byudjet defitsiti;

    • antiinqiroziy13 byudjet defitsiti;

    • byudjetlaro byudjet defitsiti.

Favqulodiy byudjet defitsitining negizida favquloddagi holatlar, ya’ni urushlar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshashlar yotadiki, ulardan sug‘urta qilinish murakkab yoki buning iloji yo‘q. Favquloddagi vaziyatlarning oqibatlarini ogohlan- tirish va ularga barham berish uchun odatda, turli-tuman zaxira va byudjetdan tashqari fondlar shakllantiriladi.

Inqiroziy va antinqiroziy byudjet defitsitlari iqtisodiyot, pul-kredit, moliya sohalaridagi inqirozlar va ularni bartaraf etish choralari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan rag‘batlantiruvchi va aksincha, rag‘batlantirmovchi (taqiq- lovchi, aks ta’sir ko‘rsatuvchi) ahamiyatga ega bo‘lgan byud- jet defitsitlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.



Xalqaro amaliyotda byudjetlararo byudjet defitsiti, deyil­ ganda odatda, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarning salbiy qoldig‘i tushuniladi. Mintaqaviy va mahalliy byudjetlarda bunday salbiy qoldiqlar quyidagilar natijasida vujudga keli- shi mumkin:

    • hududlarning byudjet va mulkiy huquqlari o‘rtasida

nomuvofiqlikning vujudga kelishi natijasida;

    • mintaqaviy va mahalliy byudjetlar daromadlarini qis- qartirish yoki oshirish xususida boshqa darajadagi hokimi- yat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinganda.

Bunday byudjet defitsitini qoplash odatda, quyidagi

yo‘llar orqali amalga oshiriladi:



Iqtisodiy mazmuni va ta’sirchanlik yo‘nalishiga qarab

byudjet defitsiti quyidagi tarzda ikkiga bo‘linadi:



  • aktiv byudjet defitsiti;

  • passiv byudjet defitsiti.

Bunday turlarga (ko‘rinishlarga) ega bo‘lgan byudjet de- fitsitlarini boshqarish natijasida jamiyat yoki alohida olin- gan ma’muriy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi rag‘batlantirilishi yoki aksincha, rag‘batlantirilmasligi mum- kin.

Jahon amaliyotida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi sharoitida passiv byudjet defitsitining darajasi YaIMga nis- batan 2-3%, MDga nisbatan – 5% va byudjetning xarajatlar qismiga nisbatan 8­10% atrofida chegaralanishi qabul qil- ingan. Shu bilan birgalikda, iqtisodiyot va sotsial sohadagi inqiroz sharoitida mamlakatlarning hukumatlari iqtisodiy o‘sish, ishsizlar sonini qisqartirish va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida byudjet- ning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi uzilishni oshirish (xarajatlarni oshirish va soliq olinmalarini kamaytirish yo‘li bilan) tomon yuz tutadilar. Bunday vaziyatda byudjet de- fitsiti aktiv shaklga ega bo‘ladi. Agar byudjet defitsitini moli- yalashtirish uchun inflyatsion manbalar jalb qilinsa, bunda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish uchun byudjetning xara- jatlari keskin ortadi va byudjet defitsitining aktiv shakli pas- siv ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi hamda moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy inqirozning chuqurlashuvi boshlanadi. Shuning uchun byudjet defitsitini boshqarish va uning rag‘batlan- tiruvchi, faol salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida uni qoplashning maqbul manbalarini qidirib topmoq lozim. Buning uchun alohida olingan ma’muriy-hududiy mint- aqalarning va yaxlit tarzda olingan mamlakatning, shuning- dek, xalqaro omillarning aniq moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilishga alohida e’tibor berish kerak.
Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish