1-oraliq nazorat
Mavzu:Dunyoqarash tiplari va jamiyat taraqqiyotiga ularning bog‘liqligi
Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’grisidagi tasavvurlari, hulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va hulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma`noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’grisidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.
Falsafiy dunyo qarash uzoq davom etgan evolutsion jarayon mahsulidir.Uning mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun dunyoqarashning boshqa tarixiy tillariga mifologiya va dinga murojat etishimiz kerak bo‘ladi.Mifologiya -ijtimoiy ongning universal shakli bo‘lib ,tarixiy taraqqiyotining ilk bosqichlarida mavjud bo‘lgan.Miflar (rivoyatlar, naqllar, afsonalar, ertaklar,dostonlar) barcha xalqlar dunyoqarashi uchun xos xususiyatdir.Ulardagi qator mavzular bir- biriga nihoyatda o‘xshash bo‘lib, ko‘pgina rivoyatlarda takrorlandi.Rivoyatlarning katta qismida koinot bilan bog‘liq muammolar yoritiladi,olamning yaralishi( yoxud yaratilishi),tuzilishi tabiat hodisalari ,inson umriga doir savollarga javob izlanadi.Ularda olam xudoning karomati bilan shaklsiz ibtidodan yaralgan mo‘jiza deb uqtiriladi.Bazi rivoyatlarda esa hatto olamning cheklangan ligi ,uning og‘ir - oqibatda o‘limga yuz tutishi haqida ham gap boradi.
Rivoyatlarda ilk bilimlar, siyosiy qarashlar, san’at,va falsafaning turlari ham o‘z aksini topgan. Keyinchalik ularning barchasi mustaqil ravishda taraqqiy eta boshlaydi. Jamiyat hayotining ibtidoiy shakllari nihoyasiga yeta boshlagach, shu davrdagi dunyoqarashning ifodalagan miflar ham inqirozga yuz tutdi.
Din olamni ikkiga foniy va boqiy dunyoga bo‘lib o‘rganadi.diniy dunyoqarashning asosiy ilohiy qudratning mavjudligiga ishonish va sig‘inish tashkil etadi . Ishonch diniy ong mavjudligining shaklidir. U kishi ruhiyatning o‘ziga xos xolatini xarakterlari. Ishonch sig‘inish orqali namoyon bo‘ladi. Sig‘inish qat’iy o‘rnatilgan marosimlar sistemasidir . Islomda ilohiy qudratga ishongan va unga sig‘ingan kishini iymonli kishilar deb atadilar. Iymon etiqod ob’ekti to‘g‘risida guvohlik berishdan iborat bo‘lib uning 7 asosiy predmeti mavjud:
-Xudoning yakka-yu yagonaligiga ishonish;
-Muqaddas kitoblarga ishonish;
-Xudoning Rasmlariga (Payg‘ambarlariga)ishonish;
-Farishtalarning mavjudligiga ishonish;
-Qiyomat kunining kelishiga ishonish;
-Taqdirning ilohiyligiga ishonish;
-O‘limdan keyingi hayotda ishonish
Inson dunyoqarashi mustahkam asosga tayanadi. Ulardan biri bilimlar bo‘lsa,Ikkinchisi qadriyatlardir. Dunyoqarashlar baholar prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib,uning eng asosiy komponentlari bilim ,etiqod va xulq-atvor. Falsafiy dunyo qarash-nazariy sistemalashtirilagan,izchil ,asoslangan qarashlar yig‘indisidir.unda 2 qutub mavjud:olam va odam . Falsafaning asosiy masalasi anashu ikki qutub orasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq etishdan iborat. Bu masala bir nechta savollar turkumiga bo‘linadi va olamning falsafiy bilishga undaydi.
Dunyoqarash- kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik ,murosa har qanday ziddiyatlarni ma’daniy yo‘l bilan hal qilish,kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an`anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma`naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi.Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Jahon siyosati arab-ingliz 1guruxi talabasi Feruz Fayozov
Do'stlaringiz bilan baham: |