6. Magniy qotishmalari. Magniy asosida olinadigan qotishmalar boshqa konstruksion materiallardan zichligining kichiklgi, mustahkamligining nisbatan yuqoriligi, zarblor va tebranishlar yuklamalarini yaxshi s o‘ndira olishi, ishqorlar, benzin, moylarga kimyoviy chidamliligi bilan ustun tarzda ajralib to‘radi. Ammo atmosfera sharoitida ularning yuzasida qalin, g‘ovakdor va nomustaxkam MgO pardasi hosil bo‘ladi, bu parda qotishmani keyingi oksidlanishdan yomon saqlaydi va ko‘pgina muhitlarda uning korroziyabardoshligini pasaytiradi.
Nuqtali va chokli payvandlash orqali asosan nagartovka bilan mustahkamlanuvchi deformatsiyalanadigan qotishmalar (MA1, MA2-1, MA10, va b.) hamda termik ishshlov berib mustaxkamlangan issiqqa chidamli qotishmalar (MAИ, MA13 va b.) biriktiriladi. Magniy qotishmalarining ρ0 kichik (~(12mkΩ∙sm) bo‘ladi va shu bois ular qattiq rejimlarda payvandlanadi. Darz ketish va katta tob tashlashlarning oldini olish maqsadida b siklogrammadan (10.1-rasm) foydalaniladi. Chokli payvandlash b siklogrammadan foydalanib amalga oshiriladi (2.3.3-rasm). Elektrodlar ish yuzasining shakli va materiali aluminiy qotishmalari uchun bo‘lgani singari tanlanadi.
7. Mis va mis qotishmalari. Sof misning issiqlik o‘tkazuvchanligi va elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lganidan volfram, kiritdan yasalgan issiqlik ekranlari yoxud elektrod ulamalaridan foydalanib payvandlanadi. Tok impulsi juda qattiq (bikr) bo‘lgan (tpay<0,02 s) qudratli kondensatori mashinalarda o‘zak hosil qilish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri eritish ham mumkin. Kristallanish oralig‘ining yo‘qligi Fpay o‘zgarmas bo‘lgan oddiy sikldan foydalanishga imkon beradi. Mis uchun chokli payvandlash q o‘llanilmaydi.
Jezlar va bronzalarning elektr o‘tazuvchanligi yuqori, mexanik va texnologik tavsiflari yaxshi bo‘ladi. ρ0 ning pastligi (~(6-8) mkΩ∙ sm) va λ ning yuqoriligi tufayli mis qotishmalari qattiq rejimlardakatta payvandlash toki Ipay=(2,5–3)Ipay.1 da tpay=(0,5–0,7)tpay 1 bilan payvandlanadi. σ*D uncha yuqori bo‘lmagani (~(120–130 MPa)) uchun payvandlash kuchi Fpay≈Fpay.1 qilib olinadi. Ichki chayqalib to‘kilishlar xavfi bo‘lmagan a siklogrammadan (10.1-rasm) bo‘yicha payvandlanadi. Chokli payvandlash uzluksiz aylantirish va tokni impulsi ulash bilan olib boriladi (2.3.3- rasmdagi b siklogramma). Elektrod va roliklar aluminiy qotishmalari uchun bo‘lgani kabi o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |