Tasavvurga ega bo‘lish;
3
Qoniqarli
Mohiyatini asosan tushunish;
Bilish, tushuntirib berish;
Muayyan tasavvurga ega bo‘lish;
2
Qoniqarsiz
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
Javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik;
Bilmaslik.
2)
Test. Nazoratning bu shaklida standart va nostandart test topshiriqlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalar egallagan bilim, ko’nikma va
malakalarni baholashda Blum taksonomiyasi asosidagi nostandart test
topshiriqlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunday nostandart testlar
talabalar o’quv maqsadlari ya’ni bilish, tushunish, amaliyotga qo’llash, tahlil,
sintez, hulosalash darajasini aniqroq baholash imkoniyatini yaratadi.
a) Oraliq nazoratning test shakli. Oraliq nazoratning test shakli ikki
bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda talabaga 10 ta standart
standart test topshirig’i beriladi. Bu bosqich o’tish bosqichi hisoblanib, agar
talaba berilgan test topshiriqlarida 8 tadan kam bo’lmaganiga to’g’ri javob
bersa, mazkur talaba ikkinchi bosqish test sinoviga qo’yiladi, aks holda
talaba oraliq nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va nazoratni qaytadan
topshirishga imkon beriladi. Test sinovining ikkinchi bosqishida talabaga 5
ta nostandart test topshiriqlari beriladi. Bu bosqish baholash bosqishi
hisoblanib, unda 5 ta testga to’g’ri javob bergan talabaga “5” baho, 4 ta
testga to’g’ri javob bergan talabaga “4” baho, 3 ta testga to’g’ri javob
bergan talabaga “3” baho qo’yiladi. 3 tadan kam test yechgan talabalar esa
oraliq nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va nazoratni shu bosqichdan
qaytadan topshirishga imkon beriladi.
b) Yakuniy nazoratning test shakli. Yakuniy nazoratning test shakli esa bitta
bosqichdan iborat bo’ladi. Bunda har bir talabaga 20 ta test topshiriqlaridan
iborat bo’lib, ulardan 15 tasi standart yana 5 tasi esa nostandart test
topshiriqlaridan iborat bo’ladi. Bu holatda har bir talaba 10 tadan kam
bo’lmagan standart test topshiriqlarini to’g’ri yechishi shart bo’ladi, aks
talaba yakuniy nazoratdan o’ta olmagan hisobladi va ushbu fandan akadem
qarzdor bo’ladi. Standart test topshiriqlariga 10 tadan kam to’g’ri javob
bergan talabalarning nostandart test topshiriqlariga bergan javoblari
inobatga olinmaydi. Standart test topshiriqlariga 10 ta yoki undan ortiq
to’g’ri javob bergan talabalarning nostandart test topshiriqlariga muvofiq
yakuniy nazoratlari baholanadi. Bunda 5 ta nostandart testga to’g’ri javob
bergan talabaga “5” baho, 4 ta nostandart testga to’g’ri javob bergan
talabaga “4” baho, 3 ta nostandart testga to’g’ri javob bergan talabaga “3”
baho qo’yiladi. 3 tadan kam testga to’g’ri javob bergan talabalar esa
yakuniy nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va ushbu fandan akadem
qarzdor bo’ladi.
Oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari kafedra professor-o’qituvchilari
tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat
turini o’tkazish shakli esa kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning
bilimini baholash fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-
o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va
mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini
olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki
o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha
prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga
muvofiq o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: