1. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o`rni
Hozirgi kunda “Atom fizikasi” fani yutuqlari fan va texnikada, sanoatida,
geologiyada va tibbiyotda keng qo’llanilmoqda. Ushbu fan asosida tibbiyotda
yangi yo’nalish - tibbiyot fizikasi va nanotexnologiyalar vujudga keldi. Ushbu fan
atomlarning tuzilishi va xususiyatlari, ionlar va elektron konfiguratsiyalari,
shuningdek, ular ishtirok etuvchi jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. Kvant
fizikasi qonunlari va tamoyillari, atom-molekulyar tizim xususiyatlari va ularda
kechadigan jarayonlarni bilish va moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan
bilimlar bilan qurollantiradi.
“Atom fizikasi” umumiy kasbiy fanlardan biri bo’lib, 5-semestrda o’tkaziladi.
Mazkur fanni o’zlashtirish uchun o’quv rejasidagi “Matematik tahlil,”
“Differentsial tenglamalar” “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Molekulyar
fizika”, “Elektr va magnetism” va “Optika” fanlaridan yetarli bilim va
ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi.
Fanni o’qitishning maqsadi - talabalarga atom fizikasining asoslarini, asosiy
tushunchalari, qonunlari va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq
etish ko’nikmasini xosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarni atom fizikasining turli nazariy va eksperimental
masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, atomning klassik va kvant mexanika
assosida tushintirish, atomga tashqi maydonlarning ta’sirlarini o’rganish va
eksperiment natijalarini taxlil qilishni o’rganish uchun tayyorlashdan iborat.
Fan buyicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablar
qo’yiladi. Talaba:
- atom fizikasi soxasiga tegishli asosiy fizik qonuniyatlarni, ularning
amaliyotdagi o’rnini, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularni
taqqoslashni, asosiy fizik qonun va tamoyillarini mikroolam hodisalariga qo’llash
usullari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
-
atom va uning qobiqlaridan tashkil topgan tizimining asosiy xususiyatlarini
o’rganuvchi laboratoriya ishlarini sozlash, o’lchashlarni bajarish va natijalarni
xisoblash, eksperiment xatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalash,
tajribalarda ishlatiladigan o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish; yadro-
fizikaviy asbob va qurilmalarning ishlash tamoyillarini fizik qonunlar asosida
tavsiflashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- tajribalarni rejalashtirish, atom fizikasi buyicha o’lchov asbob va
qurilmalarni ekspluatatsiya qilish, umumny talab darajasidagi masalalarni yechish
va tahlil qilish; atom fizikasi bo’yicha masala va tajribalar natijalarni har xil
o’lchov birliklar sistemalarida hisoblashda, matematik hisoblash usullarini qo’llash
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.