Relyativ tezlik – bu bir zvenodagi nuqtani mos ravishda tushuvchi boshqa zvenodagi nuqtaga nisbatan tezligi. Tosh va kulisaning bir-biriga nisbatan ilgarilanma harakatini hisobga olgan holda, relyativ tezlik bu kulisani toshga nisbatan tezligi.
Tezliklarni aniqlashda grafoanalitik va analitik metodlar mavjud. Grafoanalitik metodlardan eng kup tarqalgani tezlik rejasi va kinematik diagrammalar usuli. Analitik metodlar va kinematik diagrammalar keyinroq kurib chiqiladi. Bu erda tezliklarni aniqlashni tezliklar rejasi yordamida kurib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |