1. Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar. Moliyaviy renta (annuitet)



Download 26,71 Kb.
bet4/5
Sana01.07.2022
Hajmi26,71 Kb.
#727495
1   2   3   4   5
Bog'liq
oraliq statistika

3. YaIMdagi salmog’i dinamikasi.
Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini faqatgina o’rganish, o’zgartirish quroli, hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarishni samaradorligini va umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan umumiy vazifalarni echishda bevosita qatnashadi.
pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni zarur va etarli miqdorini aniqlash; pul muomalasi jarayonidagi o’zgarishlarni to’liq va doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida statistik kuzatishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirib borish; pul muomalasi bo’yicha hisoblanadigan ko’rsatkichlarni aniqlik darajasini, ma’lumotlarini to’plashga, qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va mablag’larni kamaytirishni ta’minlaydigan, bu jarayon qonuniyatlarini o’rganadigan statistik metodlarini ishlab chiqish, asoslash va samarali qo’llash; pul muomalasini darajasini, dinamikasini, va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash; pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o’ziga xos evolyutsion xususiyatlarini aniqlash, pul muomalasi ko’rsatkichlarini o’zgarishini mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlarini o’zgarish sur’atlari va proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini pul muomalasi ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganiladi).
Yuqorida keltirilgan umumiy vazifalar bilan bir qatorda pul muomalasi statistikasi bir qancha xususiy vazifalarni ham echadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • alohida olingan ko’rsatkichlarni va pul muomalasini agregatlari bo’yicha mavjud o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash va o’rganish. Masalan, pul, kassa va valyuta oboroti ko’rsatkichlari bo’yicha;


  • baho, valyutalar kursi, stavkalar uchyoti, qimmatli qog’ozlar kotirovkasi va boshqa ko’rsatkichlarni statistik monitoringi;


  • pul massasasiga bo’lgan talab, emissiya, pul birliklari tuzilishi, pulni yaroqsizlik darajasi va ularni oborotdan qaytarib olish, alohida olingan pul birliklarini aylanish yoki xalq qo’lida turib qolishi, pul migratsiyasi va boshqalarni statistik o’rganish va tahlil qilish;


  • pul muomalasi bozorni samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish va bashoratlash.


O’zbekistonda pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan.


Xalqaro miqyosda pul muomalasini tashkil qilish va ma’lumotlarni chop qilish bilan BMT statistik komissiyasi, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) va Xalqaro valyuta fondi (HVF) shug’ullanadi.
Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qilinadigan hisob-kitob mablag’lari yig’indisi tushuniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda, to’lov vositalarini likvidlilik darajasi bo’yicha maxsus klassifikatsiyasi yoki jamg’arila borilayotgan va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi. Umumiy ko’rinishda pul massasi quydagi parametrdan tashkil topadi:
Bank tizimida, aniqrog’i bankirlar tilida M1 va M2 agregatlar tezroq aylanuvchi pul mablag’lari deb yuritiladi, M1 – esa «qisqa pullar» nomini olgan, boshqa passivlar esa (pul tizimini likvidli depozitlar) «kvazi pullar» deb ataladi. Ular o’z ichiga muddatli va jamg’arma depozitlarni va rezidentlarni chet el valyutasidagi depozitlarini oladi. Bankirlar «qisqa pullar» va «kvazi pullar» yig’indisini «keng pullar» deb atashadi.
Pul agregatlari orasida pul massasini umumiy hajmini xarakterlovchi ko’rsatkich bo’lib M5 agregat hisoblanadi. Bu agregat mamlakatdagi tovar va xizmatlarga bo’lgan to’lov qobiliyatini o’zida ifoda etadi.
Pul muomalasi statistikasida «Pul asosi yoki bazasi» ko’rsatkichi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichni (H) hisoblash uchun naqd pul, banklar kassasidagi qoldiq pul mablag’lari, tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari va ularni markaziy bankning korschetidagi mablag’lari summalari qo’shib chiqiladi. Bu hisoblangan ko’rsatkich, pul multiplikatori koeffitsientini hisoblash uchun asos bo’ladi. Pul multiplikatori bank zaxiralarini muomalada ortishi (ko’payishi) natijasida pul massasini ortishini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan hisoblaniladi (bu ko’rsatkichni hisoblashning boshqacha usullari ham mavjud. 
Pul muomalasini to’g’ri tashkil qilish va uni samarali boshqarish uchun aholi qo’lida talabdan ortiqcha pul bo’lmasligini (u nimalarga olib keladi, hammaga ma’lum) ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori (hajmi) hisoblaniladi. Bu muammoni bir qancha metodlar yordamida echish mumkin. Zarur bo’lgan pul hajmini (P) tovar oboroti hajmini pul birligini aylanish tezligiga nisbati bilan aniqlash mumkin. Muayyan davrda muomalaga zarur bo’lgan pul miqdorini quyidagicha ham aniqlash mumkin: п   pq  pq Pн  ZТ YuТ  Q
bu erda: pq- naqd pulga sotilgan tovar oboroti summasi; pq- kreditga berilgan tovarlar oboroti; Pn- naqd pul bilan to’lanadigan, muddati kelgan majburiy pul to’lovlari summasi; ZT-zayomlar uchun to’lovlar summasi; YuT-turli yutuqlar uchun to’lovlar summasi; Q-xo’jaliklar, tashkilotlar va aholi qo’lidagi naqd pul zaxiralari summasi; V-belgilangan davrda pul birligining aylanish tezligi.
Zarur bo’lgan pul massasi sonini bashoratlash metodlari yordamida ham amalga oshirish mumkin. Prognozlar pulga bo’lgan talabga va taklif qilinadigan pul bo’yicha tuziladi. Buni o’zi esa pul muomalasini rivojlanishini barqarorligidan dalolat beradi. Taklif qilinadigan pul bo’yicha prognozlash asosida pul bazasi ko’rsatkichi yotadi. Bu ko’rsatkich aniq bo’lsa muomaladagi pul massasini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.
M1= P N, bu erdan

Download 26,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish