№ 7 Mavzu : O’lchash, sinov vositalari va ularning turlari.
Reja.
1. O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi.
2. O’lchash vositalarining konstruktiv tuzilishi.
3. O’lchashning uchta aksiomasi.
Ma’lumki, o ‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb, o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishi va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
— o‘lchovlar;
— o‘lchash asboblari;
— o‘lchash o‘zgartkichlari;
— o‘lchash qurilmalari;
— o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna modda, materiallarning xossalari va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, «toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 420 °C temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchash asboblarini turli xil alomatlari: o‘zgartirish xususiyati; chiqish axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o‘lchanayotgan kattalikning turi; qo‘llanilish sharoiti va boshqa alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin. Bu alomatlar hisobga olingan holda o‘lchash asboblarining sinflanishi 2.6-rasmda keltirilgan. O‘zgartirish xususiyati bo‘yicha o‘lchash asboblari o‘zida aniqlangan hisoblash o‘lchash o‘zgartkichi va solishtirish qurilmasini namoyon etadi. Asbobning tuzilmasi, tasvirini shartli belgilash uchun funksional sxemadan foydalaniladi. Ularning barcha o‘zgartirishi inobatga olinib, o ‘lchanayotgan kattalik asbobning ishlash jarayonida aniqlanadi. Barcha o‘lchash asboblarini o‘zgartirish xususiyati bo‘yicha uchta turga: to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartiruvchi; o‘zgarishni solishtirish va aralash o‘zgartiruvchi asboblarga bo‘lish mumkin.
O’lchash vositalarining konstruktiv tuzilishi 4 xil boiadi:
1) O’lchash asboblari.
2) O’lchash uskunalari.
3) O’lchash tizimi.
4) O’lchash majmuasi.
O’lchash ishlari asosan asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi va ular quyidagi turlarga bo‘ linadi:
1. Ko‘rsatuvchi asboblar - kattaliklami O’lchash vaqtida natijalar shkalaning ko‘rsatishidan olinadi. Masalan, uzish mashinalari, termometrlar, tortsion tarozi va hokazo.
2. Solishtiruvchi asboblar - sinov yoii bilan olingan natijalami O’lchov yoki etalon bilan solishtirish natijasida hosil qilinadi. Masalan, tarozilarda qadoqlash bilan massani aniqlash.
3. O‘ziyozar asboblar - O’lchanayotgan kattalikni avtomatik ravishda harakatdagi tasmaga yozib turadi.
4. Yig‘uvchi asboblar - vaqt davomida O’lchanayotgan kattaliklarni jamlab ko‘rsatadi.
5. Boshqaruv asboblari - texnologik jarayonda o‘matilgan kattalikni avtomatik ravishda boshqarib turadi. Masalan, quritish uskunasi AK-2 haroratni 105±2°S da boshqaradi.
O’lchashning uchta aksiomasi mavjud:
1-aksioma-dastlabki maiumotsiz O’lchashni bajarib bo‘lmavdi;
2-aksioma-har qanday o‘lchash taqqoslash demakdir;
3-aksioma-O’lchash amalidan olingan natija tasodifiydir.
Aniq O’lchov qiymati o‘lchash ishlaridagi haqiqiy qiymat deyiladi. 0 ‘lchash sistematik xatolik orqali, axborot minimumiga tasodifiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar xatoHgi bo‘yicha haqiqiy O’lchamdagi qiymat olinadi. Haqiqiy qiymatni aniqlashdagi xatolikka O’lchashdagi xatolik xususiyati deyiladi. Ko‘rsatilgan o‘lchashdagi qiymatlarga, chegaralangan farqi bilan haqiqiy O’lchashdagi qiymat teng boiishi kerak, bunga me’yoriy O’lchashdagi qiymat deyiladi. Bu ikki me’yoriy va haqiqiy qiymatlaming bir-biridan farqi shundaki, tayyorlanish sharoiti va qoilanilishidir. O’lchash o'zining xatoligini e'tiborga olgan holda bir qancha razryadlarga boiinadi (o'lchash 1,2 va yuqori) va uning asosiy sinflarga boiinganligiga o‘lchash xatoligi deyiladi. O’lchash asboblarini tekshirish ishlarida razryadlar beriladi va bunga namunali tekshirish deyiladi
TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1. O‘lchash va o‘lchashlar tushunchasini izohlang ?
2. O‘lchash kattaliklarining ta’riflarini keltiring?
3. O‘lchashlar majmuiga ta’rif bering ?
Do'stlaringiz bilan baham: |