Hamma: Siz bor bo‘ling, muallim!
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum ustoz, muallim!
Ta’limning me’mori, zarning zargari,
Muqaddas kasbingiz asrlarga muhr,
Hayotning eng asl noyob gavhari.
Hamma:
Bugungi tantana, bu shodiyona,
Sizga bag‘ishlanur muallim, mana!
O‘quvchilar ijrosida "Muallimim" qo‘shig‘i kuylanadi. Shundan so‘ng "Ona va qizaloq" nomli kichik sahna kurinishi namoyish etiladi.
Sahnada ona va qizaloq o‘zaro suhbatlashmoqda.
Qizaloq: Oyi, oyijon, aytaqoling, Vatan nima?
Ona:Vatan - kindik qoning to‘kilgan muqaddas tuproq, seni, sen kabi aziz farzandlarini asraguvchi mehribon quchoq, serquyosh zamin, bolajonim. Sen bu haqda o‘rtoqlaringdan ham so‘rab ko`rchi, ular qanday fikr bildirishar ekan?
Qizaloq do‘stlari oldiga boradi. Ular savolga shunday javob berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |