6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natija
23. Konsepsiyada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlar shakllanadi.
24. Ma’nan yetuk, kasbiy ixtisosliklarni puxta egallagan, har qanday sharoitda xizmat vazifalarini vijdonan bajaradigan, matonat va jasoratda, hayotda va kasbiy faoliyatida boshqalarga o‘rnak bo‘lgan xodimlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda Konsepsiyada belgilangan natijalarga erishiladi.
25. Mazkur Konsepsiya ichki ishlar organlarida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini tizimli va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish, ular qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, yuqori mas’uliyat, sadoqat hamda vatanparvarlik hissini mustahkamlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
26. Konsepsiyaning amalga oshirilishi har jihatdan sodiq, halol, vatanparvar, fidoyi, mard va jasur xodimlarni tarbiyalash bilan birga, xalqimiz o‘rtasida ichki ishlar organlariga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarda huquq ustuvorligini ta’minlash, kasbiga bo‘lgan havas va qiziqishlarini orttirish hamda shu orqali ichki ishlar organlari safini mustahkam irodali, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yadigan yosh va istiqbolli xodimlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3200-son qarorida:
2-band va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-bandda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Jazoni ijro etish departamenti)ning Markazlashtirilgan jamg‘armasini tashkil etib, uni shakllantirish manbalari sifatida jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan xizmatlar ko‘rsatish evaziga olinadigan foydasi hisobidan Jazoni ijro etish departamenti tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalarni, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni belgilash”;
to‘rtinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
6-band “b” kichik bandining birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jazoni ijro etish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning oltinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
9-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi”, “jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari”, “jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining”, “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” degan so‘zlar tegishlicha “Jazoni ijro etish departamenti”, “jazoni ijro etish muassasalari”, “jazoni ijro etish muassasalarining”, “Jazoni ijro etish departamentining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandda “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jazoni ijro etish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida:
1-ilovada:
144-bandning “l” kichik bandida “jinoyati” degan so‘z “sodir etgan jinoyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
155-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“155. Ushbu Nizomning 144-bandi “l” kichik bandiga asosan ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning xizmatga tiklash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Qolgan barcha asoslarga ko‘ra ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan shaxslarni xizmatga tiklash O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
Tiklanishi lozim bo‘lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritish va lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi”;
156-bandning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 31-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari — departament boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda ta’lim muassasalari boshliqlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-3528-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidan, 6-bandining oltinchi xatboshisidan, 9-bandining yettinchi xatboshisidan va 22-bandining ikkinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — ” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-yanvardagi “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4138-son qarorida:
1-bandning yettinchi xatboshisidan “huzuridagi davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — unitar korxonalar)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2-bandda “unitar korxonalar” so‘zlari “jazoni ijro etish muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandda:
birinchi xatboshisida “unitar korxonalarga” so‘zlari “jazoni ijro etish muassasalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish bo‘linmalariga yuqori malakali menedjer (mutaxassis)larni, shu jumladan ish haqini mehnat bozoridagi amaldagi konyunkturani inobatga olgan holda belgilash orqali ularni jazoni ijro etish muassasalari boshliqlarining ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash imkoniyati bilan jalb qilish”;
4-bandda “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi”, “unitar korxonalarda” va “unitar korxonalarning” degan so‘zlar tegishlicha “Jazoni ijro etish departamenti”, “jazoni ijro etish muassasalarida” va “jazoni ijro etish muassasalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tarbiya koloniyasi huzurida ota-onalar kengashini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:”;
7 va 10-bandlarda “unitar korxonalarning”, “unitar korxonalar” va “unitar korxonalarni” degan so‘zlar tegishlicha “jazoni ijro etish muassasalarining”, “jazoni ijro etish muassasalari” va “jazoni ijro etish muassasalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “g” kichik bandida “Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” degan so‘zlar “Jazoni ijro etish departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4342-son qarorida:
4-band quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“i) 2021-yil 1-maydan boshlab ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi huzuridagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi filiali o‘qituvchilari va tarbiya koloniyasining tarbiyachilariga, shu jumladan shahodatlangan tarkibga mansub tarbiyachilariga ham amaldagi ustama haqlar va to‘lovlardan qat’i nazar, alohida mehnat sharoitlari uchun tegishlicha bazaviy tarif stavkasining va lavozim maoshining 75 foizi miqdorida qo‘shimcha oylik ustama haq to‘lab beriladi”;
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Belgilansinki:
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun sudga yuborilgan iltimosnomalarning asoslantirilganligi bo‘yicha mas’uldirlar;
ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi huzuridagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi filiali o‘qituvchilari va tarbiya koloniyasining tarbiyachilariga, shu jumladan shahodatlangan tarkibga mansublariga ham, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining xodimlari uchun belgilanadigan mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa ijtimoiy himoya turlarining oshirilishi shartlari tatbiq etiladi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4343-son qarorining 8-bandida “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |