1.Ob’yektga mo‘ljallangan programmalash asoslari.
C++ dasturlash tili 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C dasturlash
tiliga asoslangan holda yaratildi. C++ dasturlash tili juda ko’p qo’shimchalarni o’z
ichiga olgan dasturlash tilidir. Bu qo’shimchalarning eng asosiysi ob’ektlar bilan
ishlash olish imkoniyatidir. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta
ahamiyat kasb etmoqda. Buni ta’minlash uchun ob’ektli dasturlash g’oyasi ilgari
surildi. C++ dasturlash tili esa gibrid tildir. Unda С dasturlash tiliga o’xshab
strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. C++
dasturlash tili funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubxonalariga ega. Ya’ni C++
dasturlash tilida dasturlashni o’rganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++
dasturlash tilini o’zini o’rganish, 2-si esa C++ da tilining standart kutubxonasidagi
tayyor ob’ekt va funksiyalarini qo’llashni o’rganishdir.
2.Ob’yekt va class tushunchasi.
Sinf(class) - bu Borland C++ da maxsus turlar bo’lib, o’zida maydon, usullar va
xossalarni mujassamlashtiradi.Sinf-Yangi tip sinfni e’lon qilish bilan tuziladi.
Sinf - bu bir – biri bilan funktsional orqali bog’langan o’zgaruvchilar va usullar
to’plamidir Sinf murakkab struktura bo’lib, ma’lumotlar ta’riflaridan tashqari,
prosedura va funksiyalar ta’riflarini o’z ichiga oladi.Obyekt - bu sinfning real
nusxasi bo’lib, ma’lumotlar va funksiyalardan tashkil topadi. U dasturning
o’zgaruvchilarni e’lon qilish bo’limida hosil qilinadi. Obektga mo'ljallangan
yondashuv, obyektga mo'ljallangan dasturlashning asosiy tayanch iboralari bu
obyekt, xabar, aloqadir.Obektlar o'rtasidagi aloqa obyektga mo'ljallangan
dasturlashning muhim tarkibiy qismidir. Obyektlar bir biri bn 2 xil usulda aloqa
urnatadi. 1-si: xabar junatish orqali va 2-si: agregatsiya yordamida jamlanadi.
3.Class metodlari va maydonlari.
Sinf (class) — аtributlаri, оpеrаtsiyalаri, munоsаbаtlаri vа mа’nоlаri umumiy
bo‘lgаn obyеktlаr mаjmuining tаvsifi. Grаfik jihаtdаn sinf to‘g‘ri to‘rtburchаk
ko‘rinishidа ifоdаlаnib, undа ushbu sinfning nоmi, аtributlаri vа оpеrаtsiyalаri
yozilgаn bo‘lаdi. Sinf jismоniy mоhiyatgа egа emаs, tuzilmаning e’lоn qilinishi
uning eng yaqin аnаlоgiyasidir. Sinf obyеktni yarаtish uchun qo‘llаngаndаginа
хоtirа аjrаlib chiqаdi. Bu jаrаyon hаm sinf nusxаsi (class instance) ni yarаtish dеb
аtаlаdi.
4.O’zgaruvchilarni ko’rinish sohalari.
Har bir nom va har bir o’zgaruvchi ular ustida bajariluvchi amallar aniqlovchi
turlarga ega bo’ladi. Masalan, int i; tavsiflash i o’zgaruvchi int turiga tegishli,
ya’ni i butun o’zgaruvchi deb aniqlaydi. Tavsiflash - dasturga nom
kirituvchi buyruqdir. Tavsiflash o’zgaruvchining turini aniqlaydi. Tur nom
va ifodalardan to’g’ri foydalanishni aniqlaydi. Butun tur uchun quyidagi
amallar aniqlangan: +, -, * va /. Asosiy turlar - char; short; int; long; float;
double. Birinchi to’rtta tur butun kattaliklarni, oxirgi ikkitasi suzuvchi nuqtali,
ya’ni kasr sonlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. char turidagi o’zgaruvchi mazkur
kompyuterda belgilarni odatda bayt saqlash o’lchoviga ega, int turidagi
o’zgaruvchi esa mazkur kompyuterdagi butun arifmetikaga mos o’lchovga ega
odatda so’z. Turlar bilan tasvirlangan butun sonlar diapazoni uning o’lchoviga
bog’liq bo’ladi uni sizeof buyrug’i yordamida hisoblash mumkin.
5.Ob’yektga
mo‘ljallangan
programmalashning
asosiy
prinsiplari.
Abstraksiya
Samarali inkapsulyalash - sinchkovlik bilan ishlab chiqish hamda abstraktsiya va
tajribadan foydalanish natijasi. Inkapsulyalashdan samarali foydalanish uchun
dasturni ishlab chiqishda avval abstraktsiyadan va uning bilan bog‘liq
kontsyeptsiyalardan foydalanishni o‘rganib olish lozim.Abastraktsiya murakkab
masalani soddalashtirish jarayonidir. Muayyan masalani yechishga kirishar
ekansiz, siz barcha dyetallarni hisobga olishga urinmaysiz, balki yechimni
osonlashtiradiganlarini tanlab olasiz.Abstraktsiyaning ikkita afzal jihati masala
yechimini soddalashtiradi. Dasturiy ta’minot komponyentlaridan takroran
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Abstraktsiya bitta masala yechimidan ushbu
sohadagi boshqa masalalarni ham yechishda foydalanish imkonini byeradi.
6.Ob’yektga
mo‘ljallangan
programmalashning
asosiy
prinsiplari.
Inkapsulasiya.Inkapsulyalashdan to‘g‘ri foydalanish tufayli ob’yektlar bilan
o‘zgartiriladigan komponyentlar (tarkibiy qismlar) dek muomala qilish mumkin.
Inkapsulyalash tufayli, ob’yektda boshqa ob’yektlar uchun ko‘rinmas bo‘lgan
o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Agar intyerfyeys o‘zgartirilmasa, barcha
o‘zgarishlar ob’yektdan foydalanayotganlar uchun ko‘rinmas bo‘ladi.
Inkapsulyalash komponyentni yaxshilash, amalga oshirish samaradorligini
ta’minlash, xatolarni bartaraf etish imkonini byeradi, yana bularning hammasi
dasturning
boshqa
ob’yektlariga
ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Ob’yektdan
foydalanuvchilar ularda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlardan avtomatik
tarzda yutadilar. Inkapsulyalash yordamida modulli dasturlarni yaratish mumkin.
Samarali inkapsulyalashning uchta o‘ziga xos byelgisi qo‘yidagicha:-abstraktsiya;
-joriy qilishning byerkitilganligi; -mas’uliyatning bo‘linganligi.
7.Ob’yektga mo‘ljallangan programmalashning asosiy prinsiplari. Vorislik.
Vorislik mavjud bo‘lgan sinfning ta’rifi asosidayoq yangi sinfni yaratish imkonini
byeradi. Yangi sinf boshqasi asosida yaratilgach, uning ta’rifi avtomatik tarzda
mavjud sinfning barcha xususiyatlari, xulq-atvori va joriy qilinishiga vorislik
qiladi. Avval mavjud bo‘lgan sinf intyerfyeysining barcha myetodlari va
xususiyatlari avtomatik tarzda voris intyerfyeysida paydo bo‘ladi. Vorislik voris
sinfida biron-bir jihatdan to‘g‘ri kyelmagan xulq-atvorni avvaldan ko‘ra bilish
imkonini byeradi. Bunday foydali xususiyat dasturiy ta’minotni talablarning
o‘zgarishiga moslashtirish imkonini byeradi. Agar o‘zgartirishlar kiritishga
ehtiyoj tug‘ilsa, bu holda eski sinf funktsiyalariga vorislik qiluvchi yangi sinf
yozib qo‘ya qolinadi. Kyeyin o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan funktsiyalarga
qaytadan ta’rif byeriladi hamda yangi funktsiyalar qo‘shiladi. Bunday o‘rniga
o‘rin qo‘yishning mazmuni shundan iboratki, u dastlabki sinf ta’rifini
o‘zgartirmay turib, ob’yekt ishini o‘zgartirish imkonini byeradi. Agar biz ko‘p
martalab qo‘llash yoki boshqa biron maqsadlarga ko‘ra vorislikni qo‘llamoqchi
bo’lsak, avval har gal myerosxo‘r-sinf bilan vorislikni berayotgan sinfning turlari
o‘zaro mos kyeladimi shuni tekshirish kk.
8.Ob’yektga
mo‘ljallangan
programmalashning
asosiy
prinsiplari.
Polimorfizm. Polimorfizm shunday holatki, bunda qandaydir bitta narsa ko‘p
shakllarga ega bo‘ladi. Dasturlash tilida «ko‘p shakllar» dyeyilganda, bitta nom
avtomatik myexanizm tomonidan tanlab olingan turli kodlarning nomidan ish
ko‘rishi tushuniladi. Shunday qilib, polimorfizm yordamida bitta nom turli xulq-
atvorni bildirishi mumkin.Vorislik polimorfizmning ayrim turlaridan foydalanish
uchun zarurdir. Aynan o‘rindoshlik imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun,
polimorfizmdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Polimorfizm yordamida tizimga
to‘g‘ri kyelgan paytda qo‘shimcha funktsiyalarni qo‘shish mumkin. Dasturni
yozish paytida hatto tahmin qilinmagan funktsionallik bilan yangi sinflarni
qo‘shish mumkin, buning ustiga bularning hammasini dastlabki dasturni
o‘zgartirmay turib ham amalga oshirish mumkin. Yangi talablarga osongina
moslasha oladigan dasturiy vosita dyeganda, mana shular tushuniladi.
Polimorfizmning uchta asosiy turi mavjud:-Qo‘shilish polimorfizmi; -
Paramyetrik polimorfizm;-Ortiqcha yuklanish.
9.Komponentli vizuval programmalash texnologiyasi.
Ishlаb chiqishning intеgrаtsiyalаshgаn muhiti kоmpоnеntаlаr pаlitrаsini
birlаshtirаdi. Shаkllаr muhаrriri, kоd muhаrriri, obyеktlаr nоziri, obyеktlаr
xаzinаsi bulаr hаmmаsi kоd vа zаxirаlаr ustidаn to‘liq nаzоrаtni tа’minlоvchi
dаsturiy ilоvаlаrni tеz ishlаb chiqish instrumеntlаri. Kоmpоnеntalаr pаlitrаsi
ilоvаlаrni qurishdа tаklif qilinаdigаn 100 dаn оrtiq tаkrоrаn qo‘llаnаdigаn
kоmpоnеntalаrdаn ibоrаt. Shаkllаr muhаrriri dаsturning fоydаlаnuvchi bilаn
intеrfеysini yarаtish uchun mo‘ljаllаngаn. Kоd muhаrriri dаstur mаtnini,
хususаn, vоqеаlаrgа ishlоv bеrish funksiyalаrini yozish uchun mo‘ljаllаngаn.
Оbyеktlаr nоziri qоtib qоlgаn chigаl dаsturlаshzаrurаtisiz obyеktlаr
хususiyatlаrini vizuаl o‘rnаtish imkоnini bеrаdi hаmdа shundаy vоqеаlаrni o‘z
ichigа оlаdiki, bu vоqеаlаrni ulаrning pаydо bo‘lishigа nisbаtаnobyеktlаr
rеаksiyasi kоdlаri bilаn bоg‘lаsh mumkin bo‘lаdi. Оbyеktlаr Хаzinаsi
mа’lumоtlаrning shаkl vа mоdullаri kаbi obyеktlаrgа egа bo‘lib, ulаr ishlаb
chiqishdа muvаqqаt sаrflаrni kаmаytirish mаqsаdidа ko‘plab ilоvаlаr bilаn
bo‘linаdi.
9.Statik metodlar va maydonlar.
Shu paytgacha, har bir yaratilgan element o‘zining xususiy ma’lumotlar
elementiga ega bo’lar edi. Lekin, shunday holat bo’ladiki, bitta sinf doirasidagi
obyektlarning ba’zi elementlari o‘zaro bog’langan bo’ladi. Masalan, ish vaqti bir
xil bo’lgan 1000 ta ishchining oylik maoshini hisoblaydigan dastur tuzish taklif
qilinayotgan bo’lsin. Soliq stavkasini aniqlash uchun dastur har bir ishchining
sharoitini bilishi kerak. Buning uchun aytaylik, state_of_employee nomli sinfdan
foydalanamiz. Agar, ishchilar bir xil sharoitda ishlasa, demak, dastur barcha
employee tipidagi obyektlar uchun (barcha ishchilar uchun) ushbu elementlardan
o’zaro moslikda foydalanadi. Ushbu holatda dastur, bitta axborotning 999 ta
nusxasidan foydalanish bilan xotiradan foydalanish hajmini kamaytiradi. Sinfning
elementidan o’zaro moslikda foydalanish uchun, ushbu element static (statik) deb
e’lon qilinishi zarur. Agar, dastur ushbu elementga yangi qiymat o’zlashtirsa,
hamma obyekt elementi ushbu yangi qiymatni qabul qiladi. Sinf elementi static
deb e’lon qilinganidan so’ng, u umumiy (global) o’zgaruvchi sifatida e’lon
qilinishi zarur.
10.Borland C++ muhitida ko’p darchali va bir darchali ilovalar
Hodisalar
Vizual komponentalar katta sondagi turli ko'rinishdagi hodisalarni yuzaga
keltirish va qayta ishlashi imkoniyatiga ega. Eng umumiy hodisalar guruhlariga
quyidagi
kiritish
mumkin
:
Boshqaruv elementini tanlash Sichqoncha ko'rsatgichini harakatlantirish
(ko'chirish) Hodisalar Vizual kompanintalar katta sondagi turli ko'rinishdagi
hodisalarni yuzaga keltirishi va qayta ishlashi imkoniyatlariga ega. Eng umumiy
hodisalar guruhlariga qo'yidagilar kiritish mumkun.
Boshqaruv elementlarini tanlash
Sichqoncha ko'rsatkichini harakatlantirish (ko'chirish)
Klaviatura tugmasini bosish
Boshqaruv elementi tomonidan qiymat kiritish fokusini olish va yo'qotish
OnClick xodisasi (TNotifyEvef turida )boshqaruv elimentini tanlaganda ro'y
beradi, uni yana bosish xodisasi deb ataladi. Odatda bu xodisa sichqoncha
tugmasi bilan kompanentaga borganda ro'y beradi. Ilova yaratishda OnClick juda
keng ishlatiladi. Misol uchun label1 yozuvini tanlagandagi hodisani ishlash.
OnClick xodisasi boshqa xollarda ham yuzaga kelishi mumken. Masalan
Button kompanentasida kiritish fokus turgan holda
yoki
tugmasi bosilsa CheckBox kompanentasi uchun
tugmasi bosiladi.
OnMouseDown hodisasi sichqoncha tugmasini bosganda ro'y beradi .
OnMouseUp
hodisasi
sichqoncha
tugmasi
qo'yib
yuborganda
ro'y beradi . Sichqoncha tugmasi bosilganda qo'yidagi hodisalar ketma - ketligi
ro'y
beradi.
OnMouseDown
->OnClick
(chap
tugma
uchun)
->OnMouseUp
Agar komponenta sohasiga sichqoncha tugmasini ikkilangan bosishi amalga
oshirilsa, OnDblClick hodisasi ro'y beradi . Bu holdagi hodisalar ketma - ketligi
qo'yidagicha
bo'ladi
:
OnMouseDown ->OnClick ->OnMouseUp ->OnDblClick ->OnMouseDown -
>OnMouseUp
OnMouseMove hodisasi vizual komponenta ustida sichqoncha ko'rsatgichini
harakat qilishi davomida uzluksiz ravishda yuzaga kelib turadi
11.Borland C++ muhiti Standart komponentalari paneli ob’yektlari
Standart komponentalar palitrasida quyidagi piktogrammalar (tugmachalar)
majmuasi mavjud:
MainMenu - dastur bosh menyusi. Komponenta murakkab ierarxik
strukturali menyu yaratish uchun xizmat qiladi.
PopupMenu - yordamchi yoki lokal menyusi. Bu menyu oynada
sichqoncha o‘ng tugmasini bosish bilan chiqadi.
Label - metka (belgi). Bu komponenta forma oynasiga uncha uzun
bo‘lmagan bir qatorli yozuvni chiqarishda ishlatiladi va uning piktogrammasi
panelda “A” ko‘rinishda berilgan.
Edit - kiritish qatori. Forma oynasida matnli qator kiritish va taxrirlashda
ishlatiladi.
Memo - ko‘pqatorli matn muxarriri. Kupqatorli matnlarni kiritish yoki
chiqarishda ishlatiladi.
Button - buyruq tugmasi (Obrabotchik sobitiya OnClick). Bu komponenta
dasturchi tamonidan berilgan bir necha buyruqlarni bajarishda ishlatiladi.
CheckBox - bog‘liq bo‘lmagan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). Dasturda
bu komponenta asosiy mantiqiy xossasi (Checked) o‘zgartiriladi.
RadioButton - bog‘liq bo‘lgan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). YAngi
tutanlash tugmasi bosilganda, oldin tanlangan tugma avtomatik ravishda ozod
etadi.
ListBox - ro‘yxatdan tanlash. Ro‘yxat variantlarini taqdim etadi va tanlash
imkonini yaratadi.
ComboBox – kiritish qatoriga ega (kombinirovannыy) ro‘yxatdan tanlash.
Ro‘yxatdan kombinatsiya qilib tanlash
ScrollBar - yo‘lchali boshqarish. Windows oynasi chetlarida gorizontal
yoki vertikal yo‘lcha tashkil etadi.
GroupBox - elementlar guruhi. Ma’no bo‘yicha bir necha bog‘lik
komponentalarni gruhlashda ishlatiladi.
RadioGroup - bog‘liq guruhlangan tanlash tugmalari (o‘chirib yoquvchi
tugmalar). Bir necha bog‘liq tanlash tugmalari xossalarini saqlaydi.
Panel - panel. Bu komponenta, xuddi GroupBoxga o‘xshab bir necha
komponentalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Actionlist - ta’sir qilish ro‘yxatlari. Foydalanuvchi dasturga markazlashgan
holda ta’sir qilishi uchun ishlatiladi.
12.Borland C++ muhitida ma’lumotlar tiplarini o’zgartirish usullari
O’zgaruvchidan ma’lum bir tur qiymatlarini olish uchun quyidagi
konstruksiya ishlatiladi: (yangi tur)o’zgaruvchi.
Misol: short S = 100; int I = (int)S;
Sonli qiymatlarni satrga almashtirish
C++ turlarning to’g’ridan-to’g’ri almashtirishda o’zgaruvchini uning o’nlik
ko’rinishidan belgilar qatori ko’rinishiga yo’l qo’ymaydi, chunonchi, ular
shakllarning ko’gina komponentalarida ishlatiladi. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish
faqatgina asosiy va qo’shimcha turlar uchun amalga oshiriladi. Massiv
hisoblanadigan satr kattaliklar hosilaviy tur bo’lganligi sababli bunday
almashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday almashtirishlar uchun quyidagi standart
almashtirish funksiyalari ishlatiladi: “IntToStr”, “StrToInt”,”FloatToStr” va
boshqalar. Ko’pchilik ma’lumotlar turlari uchun shu kabi satrga va teskari
o’tkazish funksiyalari mavjud.
Misol: char S[10]; // belgilar massivi
int I = 100;
// butun qiymatli o’zgaruvchi
S = IntToStr(I);
// o’tkazish
13.Borland C++ muhiti Additional komponentalari paneli ob’yektlari
Borland C++ muhiti Additional komponentalariga quyidagilar kiradi:
TSpeedButton va TBitBtn tugmalari.
Bu tugmalarTButton vazifalarini bajaradi. YAgona farqi matndan tashqari
racmlarni ham aks ettiradi.TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bushuni
bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta
ishlangandan so‘ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi
Maskalangan kiritish qatori (TMaskEdit)
Bu komponent ma’lum formatga mos satr kiritishga imkon beradi. Asosiy
xossasi EditMask bo‘lib, shu xossa qatorida ikki marta chertilsa kiritish muharriri
ochiladi. Input Mask qatorida maska kiritish mumkin. Test Input, qatorida
maskani testlash mumkin.
Maska terish osondir. Agar qator to‘rt raqamli son, tere va uch raqamli sondan
iborat bo‘lishi kerak bo‘lsa, Input Mask qatoriga 9999-999 kiritish mumkin.
Siljitish yo‘lchasiga ega panel (TScrollBox)
TScrollBox komponentasining oddiy Panel komponentasidan farqi siljitish
yo‘lchasiga ega bo‘lishi mumkinligidir.
Formaga TScrollBox komponentasini o‘rnatib, uning ichiga (TImage).
komponentasini o‘rnating. Endi Image1 gakatta rasm joylab, AutoSize xossasiga
true qiymatini bering. Agar Image1 komponentasida rasm kattaligini olib
ScrollBox chegarasiga sig‘may qolsa, siljitish yo‘lchalari paydo bo‘ladi.
Markirovka qilingan ro‘yxat (TCheckListBox)
TCheckListBox komponentasi TListBox, komponentasiga juda o‘xshash,
faqat har bir ro‘yxat yonida TCheckBox komponentasidagi kabi ajratish
to‘rtburchagi mavjuddir.Ro‘yxat kiritish uchun Items xossasi qatorida ikki marta
chertish lozim.
TCheckListBox yana bir xossasi – columns, ya’ni ustunlar sonidir. Agar bu xossa
qiymati birdan katta bo‘lsa va ro‘yxat bir ustunga sig‘masa, ko‘rsatilgan sonli
ustunlarga ajratiladi.
14.Borland C++ muhiti Win32 komponentalari paneli ob’yektlari
Win32 varog'ida 32 razryadli Windows interfeysiga ta'luqli komponentalar
joylashgan :
TabControl - Zakladka
PageConteol - Bloknot
ImageList - Grafik shakllar ro'yhati
RichEdit - To'liq imkoniyatli matn rejimi
TrackBar - Yugurdak (Begunok)
ProgressBar - Ish bajarish indikatori
UpDown - Xisoblagich
HotKey - Qaynoq tugmalarkombinatsiyalri tahriri
Animate - Videokliplarni tomosha qilish
DateTimePicker - Sanani kiritish satri
MonthCalendar - Kalendar
TreeView - Obektlar daraxti
ListView - Ro'yhat
HeaderControl - Ajratuvchi
StatusBar - Holat satri
ToolBar - Instrumentlar (asboblar) panelij
CoolBar - '' Epchil " instrumentlar paneli
PageScroller - Tasvirda harakatlanish
15.Borland C++ muhiti System komponentalari paneli ob’yektlari
Borland C++ muhiti System komponentalari paneli ob’yektlariga quyidagilar
kiradi:
Timer-Vaqt: Bu ob’yekt avtomatik vaqt bulib dastur ishlashi davomida bizga
vaqtni ko`rsatib turadi. Timer komponentasi System palitrasida joylashgan bo‘lib,
u ko‘rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formaga olib kelib
qo‘yiladi.U quyidagi xossalarga ega:
Enabled -true qiymati o‘rnatilgan bo‘lsa u bo‘ladigan jarayonga ta’sir qiladi;
Interval -millisekundlarda vaqt intervalini aniqlaydi va jarayonning ekranga
chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tegmagan holda 1000 (1 sekund) ko‘rsatadi.
MediaPlayer-MediaPlayer: Bu ob’yekt dasturda Media ilovalarni qullashda
kerak buladi.
PaintBox-Buyoq kvadrati: Bu ob’yekt dasturda rangli panellardan
foydalanishda qullaniladi. PaintBox komponentaci formaga chegaralangan
maydonda shakllarni chizish imkonini beradi. PaintBox komponentasi System
palitrasida joylashgan bo‘lib, u ko‘rinishdagi piktogrammaga ega. Bu
tugmachani bosib formadan shakl uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar
bo‘limidan Shape xossasiga kirilib kerakli shakl tanlanadi.
OleContainer-
Ole
idishi
va
DdeClientConv
,DdeClientItem,
DdeServerConv,DdeServerItem lar mavjud.
16. Borland C++ muhiti Win3.1 komponentalari paneli ob’yektlari
Borland C++ muhiti Win3.1 komponentalari paneli ob’yektlari.Ilovalar interfeysini
yaratish uchun Borland C++ vizual komponentalarining ulkan (keng) to'plamini
taqdim qiladi.Ularning asosiylari komponentalar palitrasining Standart, Additional
va Win32 varaqlarida joylashgan. Biz ushbu componentalardan foydalanishni turli
dasturlash muhitlarida kurishimiz mumkin, Standart varaqda interfeys
komponentalarining aksariyati Windows boshlang'ich versiyalirida ishlatilgan
interfeys komponentalaridan iborat: Win32 varog’ida quyidagi komponentalar
joylashgan.
TabControl,
PageControl,
ImageList,
RichEdit,
TrackBar,
ProgressBar, UpDown, HotKey, Animate, DateTimePicker, MonthCalendar,
TreeView, ListView, HeaderControl, StatusBar, ToolBar, CoolBar, PageScroller
va ComboBoxEx.
17. Borland C++ muhiti Dialogs komponentalari paneli ob’yektlari
Do'stlaringiz bilan baham: |