QO‘SHIMCHA TESTLAR
32. Ezop qachon va qayerda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda
qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta
badbashara, xunuk bir donishmand edi?
A) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VII asrda
B) Vavilonda, eramizdan avvalgi VI asrda
C) Frigiyada, eramizdan avvalgi VI asrda
D) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VI asrda
33. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik va qayerga qul qilib olib
kelingan?
A) Asli vavilonlik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
B) Asli yunonistonlik, Vavilinga qul qilib olib kelingan.
C) Asli frigiyalik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
D) Asli yunonistonlik, Frigiyaga qul qilib olib kelingan.
34. Ezop qay tarzda vafot etadi?
A) Haqgo‘yligi, adolatparastligi uchun hasadgo‘y dushmanlari uni
Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
B) Hasadgo‘y dushmanlari uni Frigiyada tog‘ qoyasidan otib
yuboradilar.
C) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Vavilon
shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
D) Hasadgo‘y dushmanlari Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib
yuboradilar.
35. Ezop og‘ir vaziyatlarda qutqarib qolgan, lekin evaziga undan
kaltak yegan mashhur faylasuf kim edi?
A) Krez B) Likurg
C) Ksanf D) Fedr
36. «…men ham dengizni ichib yuborishim mumkin», – deya mast
holatda katta ketgan Ezopning xo‘jayini kim edi?
A) Ksanf B) Likurg
C) Krez D) Fedr
26
.
5-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA
II BOB. ERTAKLAR OLAMIDA
5-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR»
ERTAGI HAQIDA
«UCH OG‘A-INI BOTIRLAR»
(Darslikda 45–55 betlar)
1. Ertak deb nimaga aytiladi?
A) Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biri
bo‘lib, tabiat hodisalari, jonivorlar majoz qilib olinadigan
og‘zaki hikoyalar.
B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar
asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki
hikoyalar.
C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy
uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega
og‘zaki hikoyalar.
D) A va C
2. Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi?
1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand;
4) Farg‘ona; 5) Xorazm; 6) Toshkent.
a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak.
A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d
C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a
3. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos
so‘zlarni qo‘ying. «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga … ».
A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘
4. Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping.
«Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i
uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan».
A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli
C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi
5. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv
etishini so‘raydi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi
Do'stlaringiz bilan baham: |