Iqtisodiy hujjatlarni yaratish va yozish
Reja
Hujjatchilik tarixi
Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi
Hujjat turlari va xususiyatlari
Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish
Ish qog‘ozlarining yozilishi
Hujjatchilik tarixi
Xammurapi Vavilon qiroli, tahminan 1793-1750 b.a. yillarda hukum surgan, 1-chi Vavilon sulolasidan. U aqilli siyosatchi va qomondon edi. Vavilon shahrining ko’tarilishi shu isim bilan bog’liq.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillarning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma’lum.
Hujjat – rasmiy uslub da yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standart talablariga javob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak. Hujjatlar matniga qo`yiladigan eng muhim talablardan yana biri xolislik. Bu talablarga javob bermaydigan hujjat chinakam hujjat bo`la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei past edi. Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |