31. Suyuqlik muhitida lazer impulsi ta’sirida Al nanozarrachalarini olish.
Al ning 3-12nm o‘lchamli nanozarrachalarini olish uchun pH=2 bo‘lgan sirka kislota
eritmasi muhitida 99,99% tozalikdagi alyuminiy plastinasi (yoki granulasi) ga lazer nuri
ta’sir qildiriladi. Metall jarayonga kiritilishidan avval yuzasi yaxshilab jilvir qog‘oz bilan
tozalangan va atseton bilan yuvilgan bo‘lishi kerak. Lazer nuri to‘qin uzunligi λ=532 nm
ga teng. Nur quvvati 2W, takrorlanish vaqti 6ns va chastotasi 10Hz ni tashkil qiladi. Al
yuzasiga nur 15 min. ta’sir qildiriladi. Eritma muhitida γ-Al2O3 nanozarrachalari hosil
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |