1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat



Download 149,04 Kb.
bet2/3
Sana07.12.2020
Hajmi149,04 Kb.
#53055
1   2   3
Bog'liq
436-II 12.12.2002

Qo‘shin unvonlari

Kema tarkibidagi unvonlar

I. ODDIY ASKARLAR TARKIBI

oddiy askar

matros

II. SERJANTLAR TARKIBI

kichik serjant

2-darajadagi starshina

serjant

1-darajadagi starshina

katta serjant

bosh starshina

III. OFITSERLAR TARKIBI

KIChIK OFITSERLAR TARKIBI

leytenant

leytenant

katta leytenant

katta leytenant

kapitan

kapitan-leytenant

KATTA OFITSERLAR TARKIBI

mayor

3-darajadagi kapitan

podpolkovnik

2-darajadagi kapitan

polkovnik

1-darajadagi kapitan

GENERALLAR TARKIBI

general-mayor

general-leytenant

general-polkovnik

armiya generali

Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.

Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitsyerlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.

(9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Ofitsyerlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim]

10-modda. Harbiy lavozimlar

Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv organlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi.

Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga bo‘linadi.

Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan hamda harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolat va imtiyozlari saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga yuborilishi mumkin.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]

11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari

Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.

Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]

II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh

12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash

Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni qamrab oladi:

chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;

chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi;

harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik;

jismoniy tayyorgarlik, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari;

umumta’lim tayyorgarligi;

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar.

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

13-modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik

Oldingi tahrirga qarang.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumta’lim maktablarida va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi.



(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagyerlarida o‘tishlari mumkin.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.06.00 Fuqarolarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni amalga oshiradigan jamoat tashkilotlari]

14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi

Oldingi tahrirga qarang.

Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb yuritiladi) amalga oshiriladi.



(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Yo‘nalishi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka o‘n yetti yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.



(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolarning mashg‘ulotlarda ishtirok etishi majburiydir.

Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.



(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

15-modda. Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sog‘lomlashtirish ishlari. Umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.



(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagyerlarida amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlari ularning turar joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.

O‘n besh va o‘n olti yoshdagi o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan har yili amalga oshiriladi.

Xalq ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.03.00 Kasbiy ta’limning davlat ta’lim muassasalari qoshidagi harbiy kafedralar, harbiy fakultetlar]

16-modda. Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlarni tayyorlash

Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida (harbiy kafedralar, sikllar va fakultetlarda) amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalar jalb qilinadilar.

Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar ham rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar ta’limi dasturi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga o‘tkaziladilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limidan o‘tmagan talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar.



Ofitsyerlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari yo‘nalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, agar bu ta’lim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur ta’lim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga ofitsyerlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining o‘qituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar.

(16-moddaning oltinchi – o‘n birinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

17-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rishdagi kafolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek o‘rtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘inlar) o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi.



(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Chaqiriluvchilarga ularning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, o‘qish o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lsa) yo‘l kirasi hamda o‘rtacha ish haqi to‘lanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi).



(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

III. FUQAROLARNI ChAQIRUV UChASTKALARIDA QAYD ETISh, HARBIY XIZMATGA ChAQIRILISh VA KIRISh

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]

18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel — may oylarida amalga oshiriladi.



(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.

Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan tegishli komissiyalar tuziladi.

Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi.

Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar.

Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.



Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — mart — aprel oylarida o‘tkaziladi.

(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ta’lim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart.

O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin:

boshqa joydagi ishga o‘tkazilgan bo‘lsa;

yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;

ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa.

(19-moddaning birinchi – oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:

fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;

yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;

fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.

Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:

ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar;

ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

20-modda. Chaqiruv komissiyalari

Fuqarolarning harbiy va muqobil xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, shaharlarda hamda tumanlarda chaqiruv komissiyalari tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Chaqiruv komissiyalarining tuzilishi va faoliyat tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruv komissiyalarining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari organlari va sog‘liqni saqlash organlari vakillarining albatta ishtiroki ta’minlangan holda belgilanadi.



(20-moddaning ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-sentabrdagi 333-son “Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarori.

Joylardagi chaqiruv komissiyalariga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari rais etib tayinlanadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.

(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida nizom”.

Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning ma’naviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida;

Oldingi tahrirga qarang.

harbiy xizmatga yaroqliligi shu jumladan cheklovlar bilan yaroqliligi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga tayinlash to‘g‘risida;



(20-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

harbiy xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risida;

salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risida;

ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga asosan harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish to‘g‘risida yoki chaqirilishdan ozod qilish to‘g‘risida;

salomatligiga ko‘ra tinchlik davridagi harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risida;

Oldingi tahrirga qarang.

yigirma yetti yoshga to‘lganligi sababli Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida;



(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

harbiy xizmatga yaroqsiz deb topib, harbiy ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:

chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilish qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirish;

chaqiriluvchilarni harbiy kasblarga tayinlashda ularning jismoniy va umumiy tayyorgarligi, tajribasi, qobiliyati, qiziqishi va boshqa fazilatlarini hisobga olish qay darajada asosli bo‘lganligini nazorat qilish;

fuqarolarning tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish.

Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy ko‘rik natijalaridan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslar bo‘lsa, harbiy qismlarga jo‘natilishidan avval ana shu shaxslarni nazorat tarzida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini ko‘rib chiqish va bekor qilish huquqiga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish

Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish tuman (shahar) chaqiruv komissiyasining qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi;

2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;

3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa;

4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa;

5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa.

Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi.

Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.



(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar.

Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek ushbu Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

22-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish

Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:

1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;

2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;

3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

23-modda. Zaxiradagi ofitsyerlarning harbiy xizmatga chaqirilishi

Qirq yoshgacha bo‘lgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamagan va ushbu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega bo‘lmagan ofitsyerlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishlari mumkin.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

24-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish

Harbiy xizmat talablariga javob beruvchi kuyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha):

o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek harbiy ta’lim muassasalarda o‘qish istagini bildirgan, ofitsyerlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;

qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar — ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.

Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]

25-modda. Harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish munosabati bilan fuqarolarga beriladigan kafolatlar

Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan fuqarolarga ishdan bo‘shatish nafaqasi qonun hujjatlariga muvofiq ish joyida to‘lanadi.

Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etiladi, ularning ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.

Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u yerdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan ofitsyerlarga oliy ta’lim muassasasidagi o‘qish hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka muvofiq keladigan lavozimlardagi ish staji O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.



(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]

IV. HARBIY XIZMATNI O‘TASh

26-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:



kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitsyerlar uchun — qirq besh yosh;

katta ofitsyerlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — ellik besh yosh;

general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitsyerlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi.

(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

27-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi

Harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:

harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitsyerlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;

harbiy-ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun hisoblanadi.

Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.

Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:

statsionar davolanishda bo‘lsa;

homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa;

asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;

bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.

28-modda. Harbiy-ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati

Harbiy-ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda bo‘ladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega bo‘lmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega bo‘lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar.

Harbiy-ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolar o‘qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. Harbiy-ta’lim muassasisiga o‘qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi.

Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Harbiy-ta’lim muassasasidan, shuningdek o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi.

Harbiy-ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan bo‘shatish]

29-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatish

Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

1) u harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda bo‘lishining belgilangan yosh chegarasiga yetganida;

2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda;

3) kontrakt muddati tugaganda;

4) shtatlar qisqarganda yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbir-choralari munosabati bilan harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish imkoniyati bo‘lmay qolganda;

5) salomatligiga ko‘ra — uni harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi munosabati bilan;

6) qonun hujjatlariga muvofiq taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;

7) harbiy-ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilganligi munosabati bilan;

8) xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganda;

9) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lishi munosabati bilan;

10) harbiy xizmatchi harbiy unvonidan mahrum etilishi munosabati bilan;

Oldingi tahrirga qarang.

11) sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

(29-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-175-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 362-modda)

Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatiladi, harbiy xizmatdan bo‘shatilish paytida rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar esa iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari.]

V. REZERVDAGI XIZMAT

30-modda. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasi. Rezerv darajalari

Oldingi tahrirga qarang.

Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi.




Download 149,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish