1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat


Tarkib Chegara yoshi



Download 149,04 Kb.
bet3/3
Sana07.12.2020
Hajmi149,04 Kb.
#53055
1   2   3
Bog'liq
436-II 12.12.2002

Tarkib

Chegara yoshi

1-daraja

2-daraja

Oddiy askarlar va serjantlar

35 yoshgacha

45 yoshgacha

Kichik ofitsyerlar

40 yoshgacha

50 yoshgacha

Katta ofitsyerlar

50 yoshgacha

55 yoshgacha

Generallar

55 yoshgacha

60 yoshgacha

(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Ikkinchi daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.



(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

31-modda. Rezerv toifalari

Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.

Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.

Birinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari va qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.

Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.

Ikkinchi toifani rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalarini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.

Rezervga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishi mumkin.

32-modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish

Harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari rejalari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.

Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi.

Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga mo‘ljallangan harbiy yig‘inlarning muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun o‘ttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun o‘n besh sutkaga qadar bo‘lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yig‘inlarga jalb etilishi mumkin.



Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan ular o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi (lavozimi) va ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.

(32-moddaning to‘rtinchi – beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy yig‘inlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.

Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:

harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;

harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;

harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.

Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga va Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (29.08.2003y. ro‘yxat № 1266) qarang.

Harbiy yig‘inlarni o‘tkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy xizmatga majburlar soni qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

33-modda. Harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod qilish

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.

(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

34-modda. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish

O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar rezervdagi podpolkovniklikka qadar bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.

35-modda. Harbiy xizmatni o‘tamagan harbiy xizmatga majburlar

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilgan harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitsyerlar, harbiy hisobdagi ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar zaxiradagilar harbiy ro‘yxatiga qo‘yiladi.

Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, zarurat bo‘lgan taqdirda safarbarlik bo‘yicha va Qurolli Kuchlarni kuchaytirish tadbir-choralariga favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda aholini muhofaza qilishga jalb etiladi.

Harbiy xizmatga majburlarning zaxirada bo‘lish yoshi chegarasi ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq belgilanadi.

36-modda. Harbiy xizmatga majburlarni iste’foga chiqarish

Oldingi tahrirga qarang.

Rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.



(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.13.00.00 Muqobil xizmat]

VI. MUQOBIL XIZMAT

37-modda. Muqobil xizmat tushunchasi

Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmat o‘rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turidir.

O‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, harbiy ro‘yxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar, agar ular diniy ta’limoti qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan, ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.

Muqobil xizmatning muddati yigirma to‘rt oyni, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun esa o‘n sakkiz oyni tashkil etadi.

38-modda. Muqobil xizmatga chaqirilish, uni o‘tash tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va o‘tkazish esa tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.



Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.

Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

39-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi

Oldingi tahrirga qarang.

Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yig‘inlariga (mashg‘ulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asosda qurol-yarog‘dan foydalanish, ularni qo‘llanish bilan bog‘liq bo‘lmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikli egallaydilar va Vatanga qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.



(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

Muqobil xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkaziladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.02.00 Xizmatchilar, xizmatdan bo‘shagan fuqarolar va ular oila a’zolarining huquq va erkinliklari]

40-modda. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tatbiq etiladi. Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qo‘shiladi.

Muqobil xizmatni o‘tayotganda mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro uni belgilangan joyda o‘tashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi mumkin emas.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar.

Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro ushbu xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ilgarigi ishiga yoki unga teng ishga (lavozimga), shuningdek chaqirilishga qadar o‘zi o‘qigan ta’lim muassasasiga qaytish huquqiga ega.

41-modda. Muqobil xizmatdan bo‘shatish

Oldingi tahrirga qarang.

Muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi.

(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Fuqaro oilaviy ahvoli o‘zgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga qonun hujjatlariga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqini beradigan bo‘lsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatilishi mumkin.

Muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]

VII. HARBIY RO‘YXAT

42-modda. Harbiy ro‘yxatning umumiy qoidalari

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Ro‘yxatga olish tizimining faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tibbiy tayyorgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan ro‘yxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan ayollar harbiy ro‘yxatga kiritiladi. Ular tuman, shahar mudofaa ishlari organlarining chaqiruviga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun hozir bo‘lishlari shart.



Harbiy ro‘yxatga olish tartibi va uni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

(42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil qilish va uni yuritish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma (18.07.2003-y. ro‘yxat № 1259)

43-modda. Harbiy ro‘yxat turlari

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati ularning turar joylari bo‘yicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi.

Umumiy harbiy ro‘yxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar turadilar.

Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar turadilar.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

44-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish

Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargan, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirishlari kerak.

Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilar harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim.

Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart:

1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolar;

2) rezervda yoki zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;

3) chet elga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar;

4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqarolar.

45-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi majburiyatlari

Zimmasiga harbiy ro‘yxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va ta’lim muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan harbiy ro‘yxatda turgan shaxslar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart.

Ichki ishlar organlari:

chaqiriluvchilarga pasportlar berishni, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy-hisob hujjatlarida ular harbiy ro‘yxatga olinganligi yoki undan chiqarilganligi to‘g‘risida mudofaa ishlari organlarining belgisi bo‘lgan taqdirdagina ularni turar joylari bo‘yicha qayd etish va ro‘yxatdan chiqarishni amalga oshirishlari;

o‘smirlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;

umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd etish hujjatlariga ularning tug‘ilgan sanasi va joyiga oid o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risida, sudlar esa chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga daxldor o‘zlari ko‘rayotgan jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (shu jumladan shartli hukm qilingan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nogiron deb topilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida, ular qaysi guruh nogironi ekanligidan qat’iy nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari statsionar davolanish uchun qabul qilingan chaqirilish yoshidagi fuqarolar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga uch kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Uy-joydan foydalanish organlari rahbarlari hamda uy egalari harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli mudofaa ishlari organi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi talabiga binoan uy daftarlari, qayd etish varaqalari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir harbiy-hisob va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari organlariga chaqirtirilganliklaridan xabardor etishlari shart.

Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi organlarga bu haqda yetti kunlik muddat ichida shaxsan ma’lum qilishlari shart.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]

VIII. SAFARBARLIK BO‘YIChA ChAQIRILISh TO‘G‘RISIDA VA HARBIY XIZMATDAN BO‘ShATISh

46-modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish

Fuqarolarning safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida o‘tkaziladi.

Safarbarlik e’lon qilingan taqdirda bu vaqtda harbiy xizmatda va harbiy yig‘inlarda bo‘lgan barcha fuqarolar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatni davom ettirib turadi, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatchilarning ta’tillari bekor qilinadi. Harbiy xizmatga majburlar o‘zlari qayd etilgan joydagi tuman (shahar) mudofaa ishlari organida, harbiy xizmatchilar esa xizmatni o‘tayotgan joyda hozir bo‘lishi shart. Safarbarlik e’lon qilinishi bilan tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining chaqirilish yoshidagi fuqarolarning chaqirilish muddatini kechiktirish va ularni chaqirilishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinadi. Chaqirilish muddatini kechiktirish hamda chaqirilishdan ozod etish bundan keyin faqat salomatligi holatiga ko‘ra va maxsus hisobda turganligiga qarab qo‘llanilishi mumkin.

Safarbarlik e’lon qilinganida va urush davrida harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan boshlab ushbu Qonunda belgilangan rezerv va zaxirada bo‘lish yoshi chegarasiga qadar yoshdagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy ro‘yxatda turmagan o‘n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo‘lgan ayollar (o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalari bor ayollar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.

Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish faqat mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.

47-modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash

Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida to‘la hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan bo‘shatish nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab turgan turar joy maydoni saqlanib qoladi.

Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan ta’minlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan bo‘shatish]

48-modda. Safarbarlikdan bo‘shatish

Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatchilarni safarbarlikdan bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

IX. YAKUNLOVChI QOIDALAR

49-modda. Fuqarolarning harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etiladi va ularning ish, o‘qish yoki turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.

(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadilar, harbiy tayyorgarlik rahbarlarini tanlash va tayyorlashni ta’minlaydilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan ozod etiladigan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

50-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash

Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning harbiy xizmatga chaqirilishi hamda chaqirilganlarning harbiy qismlarga jo‘natilishini amalga oshirish uchun mudofaa ishlari organlarini uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori vositalari, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart.



(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

Urush davrida o‘tkaziladigan safarbarlik rejalari to‘liq va sifatli bajarilishi uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan tinchlik davrida mudofaa ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish va harbiy xizmatga majburlarni hamda texnikani yig‘ish uchastkalarini tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy tarkibini harbiy xizmatga majburlar bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda to‘ldiradilar.

O‘smirlarni chaqiruv uchastkasida qayd etish mudofaa ishlari organlari huzuridagi chaqiruv komissiyalari va tibbiy komissiyalar a’zolarining, chaqiruv uchastkalari va yig‘in punktlarida ishlovchi vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi ular belgilangan vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining ta’minoti xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar, ularning turar joyidan ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari organlarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan normalar asosida kundalik xarajatlari puli to‘lanadi.

51-modda. Mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Davlat organlarining, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari, fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 12-dekabr,

436-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 217-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 37-38-son, 362-modda, 50-son, 491-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 149,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish