1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]


VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OShIRIShI



Download 157,05 Kb.
bet8/10
Sana25.06.2022
Hajmi157,05 Kb.
#701636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5215314186929706982

VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OShIRIShI

1.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.

Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari

2019-yil
20-avgustga qadar

Idoralararo ishchi guruhi

2.

Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagog tarkiblarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘rganish. Zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan “Temurbeklar maktabi” HALni butlash va ularni almashinuvini o‘tkazish.

Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli qarorlari

2019-yil
1-sentabrga qadar va
HAL shakllanishiga muvofiq

Vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari

3.

Oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagog tarkiblarning ta’lim olishini tashkillashtirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejasi

Har yili, alohida rejalar bo‘yicha

MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OO‘MTV (U. Begimkulov)

4.

Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkillashtiriladigan konferensiyalarda rahbar va pedagog tarkibning ishtirokini ta’minlash, shuningdek ular uchun AKT o‘rganish bo‘yicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni o‘rganishini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning alohida rejalari bo‘yicha

Har yili, alohida reja bo‘yicha

Vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari

5.

Ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida o‘quv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

6.

Mashg‘ulotlarni, shu bilan bir qatorda, ta’lim berishning innovatsion usullari bo‘yicha o‘quv jarayoniga yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish samarali mexanizmini tatbiq etish.

7.

Mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog tarkiblarning stajirovkasini tashkillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
3-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Mazkur nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktabi”)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, o‘quvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlash va saralash tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27 avgutdagi PQ-5235-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
2. “Temurbeklar maktabi” davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar va o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
3. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish ko‘zda tutilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish muddati ikki yilni tashkil etadi.
4. “Temurbeklar maktabi”ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minoti tegishli ravishda tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
6. “Temurbeklar maktabi” yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, o‘z nomi tushirilgan blankalariga ega.
2-bob. “Temurbeklar maktabi”ning maqsad va vazifalari
7. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ta’minlash uchun mas’uliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, O‘zbekiston Respublikasiga sodiq fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish “Temurbeklar maktabi” faoliyatining maqsadidir.
8. “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
3-bob. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
9. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishib, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda Davlat ta’lim standartlari asosida tashkillashtiriladi.
10. “Temurbeklar maktabi”da ta’lim davlat tilida va rus tilida (Nukus harbiy akademik litseyida qo‘shimcha ravishda qoraqalpoq tilida) olib boriladi.
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uyg‘unligini ta’minlovchi kun tartibi o‘quvchilar kechayu-kunduz “Temurbeklar maktabi”da bo‘lishini hisobga olib tuziladi va Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Mansabdor shaxslarning vazifa va funksional majburiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning huquq va majburiyatlari “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi bilan belgilanadi.
13. Birinchi kursda o‘qish yakunlanganidan so‘ng yakuniy nazorat natijalari asosida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida direktorning buyrug‘i chiqariladi.
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini hamda ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish (mukofotlash) respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilarini va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini saralash tartibi
15. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablar) 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
16. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tanlovini o‘tkazish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
17. Nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi asosida amalga oshiradi.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qo‘mondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi.
Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
19. Dastlabki tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, davlat xizmatchisi bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslarga sog‘lig‘i, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishi, sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda o‘tkaziladi.
22. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:
nomzodning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv o‘tkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.
23. Nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan (dastlabki va yakuniy) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Dastlabki tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
26. Dastlabki tanlov natijalari bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
27. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi o‘zining psixofiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘ining holati bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari bo‘la oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
28. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘rganish;
nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.
29. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yakuniy tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
32. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Diktant o‘tkazish tartibi va uni baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
33. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar o‘tkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Psixologik testlarni o‘tkazish tartibi va psixologik testlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
34. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar chiqariladi:
o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘ta olmagan hamda o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
39. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali tegishli “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qat’iyan man etiladi.
40. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma o‘rta umumta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yig‘majildlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi mas’ul hisoblanadi.
42. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun o‘z vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
43. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
44. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
45. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
46. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
47. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
48. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
49. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
50. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’limi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi o‘tkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari bo‘yicha apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
52. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi:
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari xizmatchilarining farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida — kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
53. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
5-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini qabul qilish tartibi
54. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari safiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
56. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori bo‘lgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng bo‘lib qolgan taqdirda, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yig‘indisi boshqalarnikidan yuqori bo‘lgan nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
57. Test natijalari taqdim etilgandan so‘ng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘ini chiqarish uchun asos bo‘ladi.
59. “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
60. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq o‘quv kurslari bo‘yicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida o‘quvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga bo‘linishi mumkin.
61. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.
“Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ko‘krak nishoni kitel ko‘krak qismining o‘ng tomoniga taqiladi.
6-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish tartibi
62. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
sog‘lig‘i tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
o‘quvchining arizasiga muvofiq, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra;
akademik o‘zlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan ko‘p soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik;
“Temurbeklar maktabi”ning Ustavida belgilangan ichki tartibni qo‘pol ravishda buzish;
sudning qaroriga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
vafot etganligi munosabati bilan.
63. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish Ilmiy-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘majildi Ilmiy-pedagogik kengashning qarori qabul qilingandan so‘ng “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘i imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishini tashkillashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
64. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan o‘quvchining aniq o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida tahsil olishi to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan so‘ng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
65. O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilarni tiklash, o‘quvchilarni bir “Temurbeklar maktabi”dan boshqa “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalaridan “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish taqiqlanadi.
66. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatishdan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, “Temurbeklar maktabi”ni boshqarish
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
68. “Temurbeklar maktabi”ga qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
69. Direktor “Temurbeklar maktabi”ning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va tarbiyalash, o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi, “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv-uslubiy va moliya-xo‘jalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda “Temurbeklar maktabi” bo‘yicha buyruqlar chiqaradi.
70. “Temurbeklar maktabi” direktori tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha respublika va xorijiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
71. “Temurbeklar maktabi”da pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga tegishli ma’lumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
72. “Temurbeklar maktabi”da direktor huzurida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
8-bob. Davlat organlarining” Temurbeklar maktabi”ni boshqarish bo‘yicha asosiy vazifalari
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, o‘quvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini ta’minlash;
ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
“Temurbeklar maktabi”ni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan o‘quv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturiga muvofiq o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala o‘quv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
“Temurbeklar maktabi” harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari malaka oshirish fakultetlarida hamda Qurolli Kuchlar Akademiyasi (Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchi kadrlari malakasini oshirish markazi)da malaka oshirishini tashkil qilish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda “Temurbeklar maktabi”ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun o‘rta umumta’lim maktablarining 5-6 sinf o‘quvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda o‘rganish va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini tuzish, hamda umumta’lim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
74. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vazirlik va idoralar tomonidan davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘rganish va kelishish;
sohadagi oliy ta’lim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida “Temurbeklar maktabi” pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun “Temurbeklar maktabi”ni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda o‘quv muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan ta’minlash;
“Temurbeklar maktabi”ni zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash.
75. Quyidagi masalalarda ko‘maklashish “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy ta’lim muassasasiga qadar kasbga yo‘naltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish;
o‘quvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda oliy ta’lim muassasalarda o‘qishni davom ettirishga tayyorlash;
milliy va xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun tanlab olish.
9-bob. “Temurbeklar maktabi”ning moliyaviy va moddiy-texnik ta’minoti
76. “Temurbeklar maktabi” faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lar;
harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari hamda maqsadli badallari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari.
77. Moliyalashtirish mablag‘lari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida bo‘lib, ulardan qonunchilik va “Temurbeklar maktabi” Ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Har bir “Temurbeklar maktabi”da tasarrufida ushbu maktablar bo‘lgan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, tegishli harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllantiriladigan “Temurbeklar maktabi”ning ishchi va xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdoridagi direktor fondi tashkil etiladi.
Ushbu fondning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
“Temurbeklar maktabi” direktori fondining joriy yilda o‘zlashtirilmagan moliyaviy mablag‘larini keyinchalik maqsadli foydalanish uchun kelasi yilga o‘tkazishga ruxsat etiladi.
78. “Temurbeklar maktabi” belgilangan tartibda o‘z ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
“Temurbeklar maktabi”da xo‘jalik va moliya intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. “Temurbeklar maktabi”ni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
4-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat
tuzilmasi

Izoh:
* — fuqaro xodimlari egallashi mumkin bo‘lgan lavozim;
** — o‘quv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni o‘zgartirilishi mumkin;
*** — ish yuklamasidan kelib chiqqan holda va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda soni o‘zgartirilishi mumkin.
Qavsda quyidagilar ko‘rsatilgan:
1-raqam — ShAHX ofitsyerlar tarkibi;
2-raqam — ShAHX serjantlar tarkibi;
3-raqam — o‘quvchilar;
4-raqam — ishchi va xizmatchilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
5-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 157,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish