1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]



Download 157,05 Kb.
bet1/10
Sana25.06.2022
Hajmi157,05 Kb.
#701636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5215314186929706982




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qo‘shimcha ta’lim dasturlari bo‘lgan o‘rta (to‘liq) umumiy ta’lim muassasalari]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.03 Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]

1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktablari”) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
2. Quyidagilar:
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tasdiqlanayotgan Chora-tadbirlar dasturini (“Yo‘l xaritasi”ni) to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-ma’muriy sektorlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga, zarur hollarda, tegishli ravishda vazirlik va idoralar qo‘shinlarining umumiy soni doirasida “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi;
2020/2021 o‘quv yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari o‘qishni amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda yakunlaydilar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda o‘qiyotgan o‘quvchilar belgilangan tartibda o‘z o‘qishlarini amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha yakunlaydilar.
6. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy-yuridik yo‘nalishidagi Urganch akademik litseyi va harbiy-qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseylari faoliyatini to‘xtatish hamda ularning binolari (inshootlari) va ularga tutash hududlarni 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga kirgan o‘quvchilar amaldagi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni yakunlaganidan so‘ng tegishliligi bo‘yicha Xorazm va Samarqand viloyati hokimliklari tasarrufiga o‘tkazishga;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey o‘rniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, mavjud shtat birliklarini to‘liq saqlab qolgan holda, moddiy-texnik vositalari, o‘quv jihozlari va boshqa mulklari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga 6-ilovaga muvofiq topshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari, akademik va harbiy-akademik litseylarning ishdan bo‘shatilayotgan ishchi va xizmatchilarini o‘z vaqtida ishga joylashtirilishini ta’minlasin.
8. Belgilansinki:
a) “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati ishchi va xizmatchilari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
direktor va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quv bo‘limi xodimlari uchun — 5 barobar;
to‘garak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun — 3 barobar;
axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun — 2 barobar miqdorda oshiriladi;
b) 2019-yil 1-sentabrdan boshlab “Temurbeklar maktablari”da xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning pul ta’minotiga ularning lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama to‘lanadi;
v) “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi. “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilariga belgilangan ish staji uchun foizli ustama belgilash tartibi ham qo‘llaniladi;
g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
d) “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda shu qarorga muvofiq tegishli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni vazirlik va idoralarga topshirilishi munosabati bilan ularning xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
2020-yildan boshlab har yili tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Temurbeklar maktablari”ning o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
11. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan, xorijiy mamlakatlarning davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. 2019-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining 7-ilovada ko‘rsatilgan qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Temurbeklar maktablari”da samarali ta’lim jarayonini ta’minlash maqsadida ularga yuklatilgan vazifalarni muntazam monitoring qilish, tizimli asosda ularga zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-iyun,
PQ-4375-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida tashkil etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 157,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish