I. Normativ-huquqiy bazani yaratish
|
1.
|
Ilg‘or xalqaro tajribani, tibbiyotning rivojlanish tendensiyalarini hamda milliy tibbiy ta’lim xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagilarni:
1) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi to‘g‘risidagi nizom;
2) O‘zbekiston Res�ublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kredit-modul (Moodle) o‘qitish tizimini tatbiq etish haqidagi nizom;
3) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlarining bakalavriat, harbiy internatura, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari asosidagi amaliyot o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
4) Birlashtirilgan klinik va klinikoldi imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
5) Davlat attestatsiya komissiyasiga tashkilotlar — buyurtmachilar safidan mutaxassislarni jalb qilgan holda birlamchi sertifikatlashtirish bilan bakalavriat, harbiy internatura, klinik ordinatura va magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini o‘tkazishning yangilangan tartibini tasdiqlash.
|
Ichki idoraviy hujjat
|
–
|
2021-yil
1-iyulgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)
|
2.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni saralash va tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori
|
–
|
2021-yil
1-iyulgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
|
3.
|
Quyidagilarni:
bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari;
harbiy-tibbiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv vaqti me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Ichki idoraviy hujjat
|
–
|
2021-yil
1-iyulgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)
|
4.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda o‘quv-moddiy bazasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
–
|
2021-yil
aprel
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlant�rish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
II. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasini, o‘quv va moddiy-texnika bazasini shakllantirish
|
5.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasi obyektlarini barpo etish.
|
Alohida rejaga asosan
|
Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar
|
2021-yil
1-maygacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
6.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasini zamonaviy o‘quv vositalari va jihozlari hamda laboratoriya asbob-uskunalari va trenajyor komplekslari bilan jihozlash.
|
Tadbirlarni amalga oshirish
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
|
2021-yil
20-avgustgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmanov) ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
7.
|
Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tibbiy o‘quv-mashq simulatsiya markazining to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
|
Chora-tadbirlar dasturiga asosan
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
|
2021-yil
1-avgustgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
8.
|
Ilmiy-tadqiqot va vivariyli eksperimental laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar dasturiga asosan
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
|
2021-yil
1-avgustgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
9.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi uchun zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shuningdek, belgilangan tartibda zamonaviy xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda sotib olish.
|
Qo‘shma qaror
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
|
2021-yil
1-avgustgacha
|
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov) ,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov) ,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)
|
|