1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]



Download 130,98 Kb.
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi130,98 Kb.
#297721
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademiya




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatda aholi sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashni ta’minlaydigan samarali sog‘liqni saqlash tizimini yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.



Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida bosqichma-bosqich milliy tibbiy ta’limni modernizatsiyalash, mazkur sohaga xalqaro ta’lim standartlari va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, aholi sog‘lig‘ini saqlashning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, harbiy tibbiyot tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:

birinchidan, harbiy tibbiyot mutaxassislarining uzluksiz kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, ularning malakasini oshirish, ko‘nikmalarini zamonaviy talablarga moslashtirishning amaliy tizimi joriy qilinmagan;

ikkinchidan, o‘quv jarayonida innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanishning past darajada ekanligi oqibatida harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga samarali tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish tizimiga zamonaviy usul va yondashuvlarni tatbiq qilish imkoni mavjud emas;

uchinchidan, favqulodda holatlar (vaziyatlar) oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan va ushbu yo‘nalishda tashkiliy-profilaktika ishlarni olib boradigan yuqori malakali harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratish talab etilmoqda.

Yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ular uchun uzluksiz, bosqichma-bosqich va maqsadli o‘qitish tizimini yaratish hamda harbiy-tibbiy sohada ta’lim, fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitsyerlarini tayyorlash;

ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;

harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;

ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

3. Belgilansinki, Akademiya:

davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvarag‘i va xorijiy valyutadagi bank hisobvarag‘i, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Akademiyada tahsil olish uchun 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichini va tibbiy-profilaktika fakultetlarining to‘rtinchi bosqichini tamomlagan, o‘qish yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan, o‘qishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi;

Akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik o‘qishi ikki bosqichli harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida: birinchi yil — bakalavriatda, ikkinchi yil — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy internaturada amalga oshiriladi;

Akademiyaning bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom hamda harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;

Akademiyaning harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida ta’lim olgan bitiruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash va tibbiy-profilaktika fakultetlaridagi o‘qishi Akademiyadagi o‘qishga tenglashtiriladi;

tibbiyot sohasidagi tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiyot kadrlari Akademiyaning klinik ordinatura va magistraturasida, ilmiy-pedagogik kadrlar esa uning doktoranturasida tayyorlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Akademiyaning o‘quv va klinik bazasi, shuningdek, asosiy ta’minot markazi hisoblanadi.

5. Akademiyaga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasining boshqa tibbiy ta’lim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;

hukumatlararo bitim va shartnomalar asosida xorijiy davlatlar uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ruxsat etilsin.

6. Akademiya tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sanitariya-epidemiologik manbalarni, hodisalarni, omillarni va biologik xavfsizlik to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishini ilmiy jihatdan o‘rganish, zamon talablariga javob beruvchi, biologik tahdidlarga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha izlanishlar olib borish;

aholi va shaxsiy tarkibning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tahlil qilish va ularga qarshi ilmiy asoslangan majmuaviy tadbirlarni ishlab chiqish, biologik xavflarni nazorat qilish tizimini muvofiqlashtirish;

biologik xavfsizlik sohasida milliy kadrlarni tayyorlash va sohaga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishida o‘quv-ilmiy markaz sifatida faoliyat yuritish;

ilmiy asoslangan ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida qo‘shinlarning tibbiy ta’minotini tashkil etish tajribasini va mavjud muammolarni o‘rganish.

7. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida o‘qitiladigan mutaxassisliklar (yo‘nalishlar) ro‘yxati 2-ilovaga;

Tibbiyot sohasida harbiy kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining egallab turgan lavozimlari bo‘yicha asosiy harbiy unvonlari va tarif razryadlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Akademiyani tashkil etish uning tashkiliy-shtat tuzilmasiga asosan 40 ta kursant va 100 ta tinglovchi shtat birliklari Mudofaa vazirligiga qo‘shimcha, qolgan shtat birliklari esa — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratilishi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, zarurat bo‘lganda, Akademiyaning tashkiliy-shtat tuzilmasiga Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

8. Akademiya Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 4-uy manzili bo‘yicha 83-son harbiy shaharcha hududida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakultetiga 2019-yilda o‘qishga kirgan kursantlarning tahsil olishini 2020/2021 o‘quv yilida amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi va Akademiyaning bazalarida yakunlash choralarini ko‘rsin;

Akademiyaning 2021-yil bitiruvchilari orasidan o‘qish yakuni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlarga harbiy internaturada o‘qishni davom ettirishga ruxsat berilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, istisno tariqasida, Akademiyaning Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti ofitsyerlar tarkibi lavozimlarini kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan tibbiyot sohasidagi yuqori malakali fuqaro mutaxassislar hisobidan butlashga, bunda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra dastlabki va harbiy-kasbiy saralashni o‘tkazmay, shuningdek, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligidan qat’i nazar, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olishga hamda katta ofitsyerlar tarkibi harbiy unvonlarini berishga ruxsat berilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.

12. Belgilansinki:

a) Akademiyaning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi rahbari, rahbar o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilar tarkibiga hamda Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutining rahbari va ilmiy xodimlariga quyidagi miqdorda oylik ustama to‘lanadi:

bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida — fuqaro tarkibidagi ishchilarga;

asosiy lavozim maoshining 100 foizi miqdorida — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;

b) Akademiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlari lavozimlaridagi fuqaro xodimlari mehnatiga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga teng miqdorda amalga oshiriladi;

v) Akademiyada o‘quv va o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga bevosita jalb qilinadigan respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari mutaxassislariga pedagogik faoliyatning har bir akademik soati uchun Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;

g) Akademiyaning ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar:

Akademiyaga professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar tarkibining tanlovini o‘tkazsin hamda vakant lavozimlar, ularga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, tegishli ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar bilan belgilangan tartibda butlasin;

Akademiyaning o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga, shu jumladan shartnoma asosida, yetakchi milliy va xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini jalb etsin;

ilg‘or milliy va xorijiy oliy ta’lim, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markaz hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda Akademiyaning professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda takomillashtirib borishni ta’minlasin.

Akademiya boshlig‘iga ta’lim sohasida milliy va xalqaro oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan belgilangan tartibda ikki tomonlama tegishli kelishuv va shartnomalar tuzish huquqi berilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

ikki oy muddatda Akademiyaning infratuzilma obyektlari qurilishini jadallashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini;

uch oy muddatda Akademiyani zamonaviy o‘quv jihoz va buyumlari, laboratoriya qurilmalari va trenajyor komplekslari bilan ta’minlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda o‘quv-moddiy bazasini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Mudofaa vazirligiga 2021-yilda va kelgusi yillarda qo‘shimcha markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari va budjet mablag‘larini ajratsin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 22-oktabr,

PQ-4870-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining

TAShKILIY ShTAT TUZILMASI



Izoh.

* generallar tarkibi lavozimi;

** ushbu ko‘rsatkichlar maksimal bo‘lib, o‘zgaruvchan tarkib soni har yili talabga asosan belgilanadi;

*** doimiy tarkibiga kiritilmaydigan shtat birligi (magistrlar, klinik ordinatorlar, shu jumladan xorijiy);

Qavs ichidagi:

1-son — ofitsyerlar;

2-son — kontrakt bo‘yicha serjant va oddiy askarlar;

3-son — o‘zgaruvchan tarkib (kursantlar, tinglovchilar);

4-son — Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari.


Download 130,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish