1. Morjenalizmning umumiy ta‟rifi Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti



Download 238 Kb.
bet1/8
Sana10.06.2022
Hajmi238 Kb.
#651496
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu


Marjinalizm ta`limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar
Reja:


1.Morjenalizmning umumiy ta‟rifi

  1. Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti

  2. Alfred marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi

  3. Neoklassik mikro iqtisodiy taxlil

Morjenalizmning umumiy ta‟rifi
Marjinalizm (inglizcha – me‘yorli) tadqiqotining predmetini me‘yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo‗nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‗lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‗zgarishlar yuz bergan edi.
Avstriya maktabining namoyandalari, ya‘ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub‘ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob‘ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e‘tiborni iste‘mol(talab)ning tutgan o‗rniga bag‗ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‗ydilar.
Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste‘mol jarayonlarni yaxlit o‗rganib, me‘yoriy iqtisodiy o‗lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‗oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinalizm nazariyasi markazida o‗z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne‘matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste‘molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me‘yorli unumdorlik, me‘yorli foydalilik, me‘yorli harajatlar va b.
Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya‘ni marjinalizm ta‘limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog‗liqdir.
Bu boradagi o‗zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‗nalishning o‗ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne‘matlar qiymatini unga zarur bo‗lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog‗lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar.
Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G‗arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub‘ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo‗llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‗oyani rivojlantirib, uni sub‘ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‗jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‗g‗risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‗jalik ne‘matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta‘limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta‘limot g‗arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta‘sir o‗tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‗ra siyosiy iqtisod xo‗jalik sub‘ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‗rganishi lozim edi.
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub‘ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‗jalik tadqiqot ob‘ekti qilib olindi va shu xo‗jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‗jaligi mana shunday xo‗jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‗jalikni mana shunday xo‗jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‗rganish uchun alohida olingan bir xo‗jalik misolida shu qonunlarni ko‗rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya‘ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xo‘jaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi.
Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iqtisodiy ta‘limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‗langan yakka xo‗jaliklarning mexanik yig‗idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‗rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi.
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‗lgan «ne‘mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o‗lchanadi.
Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‗g‗risidagi qoidani noto‗g‗ri deb e‘lon qildilar.
Ular qiymat kategoriyasini sub‘ektiv mazmun (kimmat) bilan to‗ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste‘mol qiymat yoki moddiy ne‘matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste‘mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo‗lgan daraxtdan, ildizning o‗zidan» taxlil eta boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob‘ektiv xususiyati bo‗lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo‗lishi jarayonini qayta ko‗rib chiqiladi. Yangi yo‗nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlari asosidir.
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog‗liq bo‗lgan sub‘ektiv kategoriyaga aylantirib qo‗ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo‗lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‗ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‗yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‗ldi, Byom-Baverkning ta‘biricha, qadriyat to‗g‗risidagi ta‘limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‗g‗risidagi butun o‗z doktrinasining markaziy bandidir.
Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o‗tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.
Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o‗qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‗qituvchilik qildi.
1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod
Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‗g‗risida fikr yuritiladi.
Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub‘ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‗llaydi.
Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‗rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo‗ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste‘mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‗q. Ob‘ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‗zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‗g‗ri deb ko‗rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi. Alfred marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‗z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo‗llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy
o‗zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‗zaro bog‗liqlikda ko‗rib chiqadilar.
Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste‘mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‗rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‗rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e‘tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo‗lamiz.
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‗rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‗ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi.
3. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.
Shu davrdagi AqSh dagi ta‘limotlar to‗g‗risida fikr yuritmadi, chunki bunday g‗oyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi.
XIX asrning oxirlari (so‗nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‗payib bordi, (masalan, 1% monopoliyalar qo‗lida 60 % boylik to‗plandi).
Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo‗yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari sovrindoriga e‘tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari o‗ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‗ynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‗ziga qurol qilib oldi.
J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‗ldi. U mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi.
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini ko‗rsatish masalari yetakchidir.
Klark iqtisodiyotda ma‘naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‗shiladi. U ishlab chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‗lib o‗zining qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har bir omiliga o‗zi yaratgan boylik yig‗indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga urindi.
J.Klark avvalgi iqtisodiy ta‘limotlarni metodologik va nazariy jihatdan yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‗xshatib siyosiy iqtisodni uch bo‗limga: 1) universal iqtisodiyotga, 2) iqtisodiy statikaga va
3) iqtisodiy dinamikaga bo‗ldi.
Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik (harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar amal qilishini ko‗rsatadi.
Siyosiy iqtisodni bunday bo‗limlarga bo‗lish, iqtisodiy fan vazifalariga yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‗nalishga e‘tibor bering).
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‗lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‗tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi.
Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‗ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz‘iy hodisa deb hisoblaydi.
J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‗l qo‗ygan kamchiliklardan qat‘iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta ahamiyatga egadir.
Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar tajribasida qo‗llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‗zgacha, ya‘ni makroiqtisodiyotni o‗rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» nazariyasida qo‗llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‗llash yuksak darajagi ko‗tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.
Neoliberal yo‗nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o‗sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‗rniga (1970) kelgan bu yo‗nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta‘sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‗nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi.
Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob
1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e‘tibor ommaviy ishsizlik va inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‗oyalarning bir-biriga ta‘siri (sintezi)ni ko‗rish mumkin. Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‗oyalar o‗rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta‘siri) aralash g‗oyalar kuzatilmoqda.
Zamonaviy institutsionalizm va neoklassitsizmning asosiy qoidalari o'rtasidagi ziddiyatlar. Neoklassitsizm va institutsionalizmni solishtirish. Marksning iqtisodiy nazariyasining sotsiologik tabiati
Yangi institutsional iqtisodiy nazariyaning rivojlanishi.
Hatto yangi institutsional nazariya doirasidagi asosiy yondashuvlarning oddiy ro'yxati ham uning rivojlanishi qanchalik tez sur'atlarda o'tganini va so'nggi o'n yilliklarda qanchalik keng tarqalganini ko'rsatadi. Hozir u zamonaviy iqtisodiyotning asosiy qismining qonuniy qismi hisoblanadi. Yangi institutsional nazariyaning vujudga kelishi iqtisodiy fanda bitim xarajatlari, mulkiy huquqlar, shartnoma munosabatlari kabi tushunchalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ishning muhimligini tushunish iqtisodiy tizim tranzaksiya xarajatlari kontseptsiyasi Ronald Kozning "Firma tabiati" (1937) maqolasi bilan bog'liq. An'anaviy neoklassik nazariya bozorni mukammal mexanizm sifatida ko'rdi, bu erda tranzaktsiyalarga xizmat ko'rsatish xarajatlarini hisobga olishning hojati yo'q. Biroq, R.Kouz shuni ko'rsatdiki, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi har bir bitim uchun uni tuzish bilan bog'liq xarajatlar - tranzaktsion xarajatlar mavjud.
Bugungi kunda tranzaktsiya xarajatlarini ajratish odatiy holdir:
1) axborot qidirish xarajatlari - narxlar, qiziqtirgan tovarlar va xizmatlar, mavjud etkazib beruvchilar va iste'molchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni olish va qayta ishlashga sarflangan vaqt va resurslar;
2) muzokaralar xarajatlari;
3) almashiladigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o'lchash xarajatlari;
4) mulkiy huquqlarni aniqlash va himoya qilish xarajatlari;
5) opportunistik xatti -harakatlarning xarajatlari: axborot assimetriyasi bilan rag'bat ham, to'liq fidoyilik bilan ishlamaslik uchun ham imkoniyat bor.
Mulk huquqi nazariyasi A. Alchian va G. Demsets tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ular mulkiy munosabatlarning iqtisodiy ahamiyatini tizimli tahlil qilish uchun asos yaratdi. Yangi institutsional nazariyada mulkiy huquqlar tizimi nodir resurslarga kirishni tartibga soluvchi qoidalarning butun majmui sifatida tushuniladi. Bunday me'yorlar nafaqat davlat tomonidan, balki boshqa ijtimoiy mexanizmlar - urf -odatlar, axloqiy tamoyillar, diniy ko'rsatmalar orqali ham o'rnatilishi va himoyalanishi mumkin. Mulk huquqlarini alohida agentlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi "o'yin qoidalari" deb hisoblash mumkin. Neo-institutsionalizm "mulk huquqlari to'plami" tushunchasi bilan ishlaydi: har bir "to'plam" bo'linishi mumkin, shuning uchun ma'lum bir resurs to'g'risida qaror qabul qilish vakolatining bir qismi bir kishiga, ikkinchisiga tegishli bo'lishni boshlaydi. va hokazo.
Mulk huquqlari to'plamining asosiy elementlari odatda:
1) boshqa agentlarni manbaga kirishni istisno qilish huquqi;
2) resursdan foydalanish huquqi;
3) undan daromad olish huquqi;
4) oldingi barcha vakolatlarni o'tkazish huquqi.
Bozorning samarali ishlashi uchun zarur shart - bu mulk huquqlarining aniq ta'rifi yoki "spetsifikatsiyasi". Yangi institutsional nazariyaning asosiy tezisi shundan iboratki, mulk huquqlarining spetsifikatsiyasi bepul emas, shuning uchun real iqtisodiyotda uni to'liq aniqlab bo'lmaydi va mutlaq ishonchlilik bilan himoya qilish mumkin emas. Yangi institutsional nazariyaning asosiy atamalaridan biri bu shartnoma. Har qanday bitim "mulkiy huquqlar to'plami" ni almashtirishni o'z ichiga oladi va bu shartnoma orqali amalga oshiriladi, ular ularni o'tkazish huquqlari va shartlarini belgilaydi. Neo-institutsionalistlar shartnomalarning turli shakllarini (aniq va yopiq, qisqa muddatli va uzoq muddatli va h.k.), o'z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishining ishonchliligini ta'minlash mexanizmini (sud, arbitraj, o'zini o'zi himoya qiladigan shartnomalar) o'rganadilar.
60 -yillarda amerikalik olim Jeyms Buchanan (1919 yilda tug'ilgan) "Rozilik hisobi", "Erkinlik chegaralari", "Iqtisodiy siyosat konstitutsiyasi" klassik asarlarida jamoatchilik tanlovi nazariyasini (TOV) ilgari surdi. " TOV iqtisodiy faoliyatning bir turi sifatida makroiqtisodiy qarorlar yoki siyosatning shakllanishining siyosiy mexanizmini o'rganadi. TOVning asosiy tadqiqot yo'nalishlari: konstitutsiyaviy iqtisod, siyosiy raqobat modeli, vakillik demokratiyasida jamoatchilik tanlovi, byurokratiya nazariyasi, siyosiy renta nazariyasi, davlat fiyasko nazariyasi. Buchanan jamoatchilik tanlovi nazariyasiga ko'ra, odamlar ichkariga kirishadi siyosiy soha shaxsiy manfaatlarga ergashing, bundan tashqari siyosat bozorga o'xshaydi. Siyosiy bozorlarning asosiy sub'ektlari saylovchilar, siyosatchilar va amaldorlardir. Demokratik tizimda saylovchilar saylovoldi dasturlari ularning manfaatlariga eng mos keladigan siyosatchilarga ovoz beradi. Shuning uchun siyosatchilar o'z maqsadlariga erishish uchun (kuch tuzilmalariga kirish, martaba) saylovchilarga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Shunday qilib, siyosatchilar saylovchilar so'zlagan ba'zi dasturlarni qabul qiladilar va amaldorlar ushbu dasturlarning bajarilishini aniqlaydilar va nazorat qiladilar. Ommaviy tanlov nazariyasi doirasida davlat iqtisodiy siyosatining barcha choralari iqtisodiy va siyosiy tizim uchun endogen deb tushuniladi, chunki ularni aniqlash bir vaqtning o'zida siyosiy bozor sub'ektlarining so'rovlari ta'siri ostida amalga oshiriladi. iqtisodiy fanlar.
Byurokratiyaning iqtisodiy xulq -atvorini U. Niskanen o'rganib chiqdi. Uning fikricha, byurokratlar faoliyatining natijalari ko'pincha "nomoddiy" (qarorlar, memorandumlar va boshqalar) bo'ladi va shuning uchun ularning faoliyatini kuzatish qiyin. Shu bilan birga, mansabdor shaxslarning farovonligi agentlik byudjetining hajmiga bog'liq deb taxmin qilinadi: bu ularning maoshini oshirish, rasmiy maqomini, obro'sini oshirish va h.k. Ma'lum bo'lishicha, mansabdor shaxslar agentliklarning byudjetlarini agentlik vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan darajaga nisbatan sezilarli darajada oshirib yuborishga muvaffaq bo'lishgan. Bu dalillar davlat tanlovi jamoatchilik tanlovi nazariyasi tarafdorlarining aksariyati tomonidan baholanadigan davlat tovarlari bilan ta'minlashning nisbatan samarasizligi haqidagi tezisni asoslashda muhim rol o'ynaydi. Siyosiy biznes tsikli modelini D. Gibbs taklif qilgan. Gibbsning fikricha, iqtisodiy siyosatning mohiyati qaysi partiyaning hokimiyatda bo'lishiga bog'liq. An'anaga ko'ra, yollanma ishchilarni qo'llab -quvvatlashga yo'naltirilgan "chap" partiyalar bandlikni oshirishga qaratilgan siyosat olib boradilar (hatto inflyatsiya o'sishi hisobiga). "To'g'ri" partiyalar - katta biznesni qo'llab -quvvatlash, inflyatsiyaning oldini olishga ko'proq e'tibor berish (hatto ishsizlikning oshishi hisobiga). Shunday qilib, eng oddiy modelga ko'ra, iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar "o'ng" va "chap" hukumatlarning o'zgarishi natijasida vujudga keladi va tegishli hukumatlar olib borayotgan siyosatning oqibatlari o'z vakolat muddati davomida saqlanib qoladi. Shunday qilib, yangi institutsional nazariyaning vujudga kelishi iqtisodiy fanda tranzaksiya xarajatlari, mulkiy huquqlar, shartnoma munosabatlari kabi tushunchalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Tranzaktsion xarajatlar tarkibida quyidagilarni ajratish odatiy holdir: axborot qidirish xarajatlari; muzokaralar xarajatlari; almashiladigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o'lchash xarajatlari; mulk huquqlarini aniqlash va himoya qilish xarajatlari; opportunistik xatti -harakatlarning xarajatlari.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish