Neoliberalizm konsepsiyasi
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning o ‘ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm iqtisodiy siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo‘jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslami optimal taqsimlash va foydalanishni ta’minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa ba’zi bir ijtimoiy munosabatlami tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‘yicha “tungi qorovul”).XX asming 30-yillari o‘rtalariga kelib, keyinschilikning rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‘nalish inqirozi namoyon bo‘la boshladi. Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar o ‘zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka qo‘shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to ‘g ‘ri, deb hisobladi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o ‘mi va roli to ‘g ‘risidagi o ‘z qarashlarini himoya qildi va ulami qayta o ‘zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyaning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ulaming amaliyotda amal qilishi ko‘rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to ‘g ‘risida bir butun tushunchalar yaratildi.
Neoliberalizmning asosiy xususiyati va belgilari. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo‘jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‘sish uchun eng qulay shart-248sharoitlami yaratib berishi to‘g‘risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‘jalik tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin o ‘yinda ishtirok etishga haqqi bo'lmagan hakamga o ‘xshatishadi.Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi vakillari L.Erxardning - “mumkin bo‘lgan barcha joy da — raqobat, qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerda - tartiblash” qoidasiga amal qilgan holda iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiy otdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlaming erkin va barqaror amal qilishga ko‘maklash zarurligini isbotlab berdi.Neoliberalizmning asosiy belgilari: bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni nazorat qilish bo‘yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin, deb hisoblaydi;- zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‘llab-quvvatlaydi;- monopoliyani milliy xo‘jalikning har tomonlama rivojlanish yo‘lidagi to‘siq, deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurashning zarurligini asoslab beradi;-o‘zini keynschilikka va xo‘jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. XX asming 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‘oyalariga qarshi davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar amal qiladi.249Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin.“Ordoliberalizm ’’ nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin neoliberalizm g ‘oyalari eng aw alo, G‘arbiy Germaniya amaliyotida muvaffaqiyatli qoilanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. 0 ‘sha yili V.Oykenning muharrirligi ostida xo‘jalik va ijtimoiy tuzum to ‘g ‘risidagi neoliberallaming yillik jumalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so‘zi “Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo‘jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida hatto “ordoliberalizm” deb atala boshladiAOrdoliberal konsepsiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |