Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi
Moliya vazirligi va uning
joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet,
soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
byudjet mablag’lari va nobyudjet fondlar mablag’larining oqilona va maqsadli
ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;
mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni
ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlariga moliyaviy
resurslarni kontsentratsiya qilish (to’plash);
Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiya-lashtirilgan)
byudjetning ijrosi
haqida hisobotni tayyorlash;
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va
tashqi qarzlarini boshqarish;
uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining
sotsial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-
kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda
ishtirok etish;
faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan
choralarni
ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot
byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi
bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to’xtatib
qo’yish;
va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh
boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin:
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
hududlar
moliyasi bosh boshqarmasi;
agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi;
nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
investitsiyalar boshqarmasi;
iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali
tartibga solish boshqarmasi;
boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
soliq siyosati boshqarmasi;
buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi
boshqarmasi;
mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish
boshqarmasi va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik tizimi bo’lib, u davlat
byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita
daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari
tarkibiga quyidagilar
kiradi:
mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob
varaqlarida bo’lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
davlat nobyudjet fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash;
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni
operativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish
va unga xizmat qilish (ko’rsatish);
byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to’g’risida va
shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to’g’risida qonunchilik va ijroiya
organlariga hisobotni taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi
bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o’ynab, u Xazinachilik
tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa
kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari ham
muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’g’ri
hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi
ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga
oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri
hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy
qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
soliq to’lovchilarni hisobga
olish va ularni tekshirish;
moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to’lovlarning haqiqatdagi
tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lovchilardan noto’g’ri undirilgan
jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
va boshqalar.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv
tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona bojlarining o’z vaqtida
tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning
zimmasiga yuklatilgan:
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo’yicha soliq tekshiruvlarini
amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vato’lash bilan
bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi uchun soliq
to’lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to’xtatib turish;
soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish va
boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: