15.
|
Davlat investitsiyalarini boshqarish (DIB) jarayonini takomillashtirish, investitsiya loyihasini saralash, moliyalashtirish va boshqarish jarayoniga jalb qilingan ishtirokchilarning vakolatlarini belgilash.
|
Mavjud muammolar va to‘siqlarni to‘laqonli tushunib yetish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq to‘liq tahlilini o‘tkazish hamda Davlat investitsiyalarini boshqarish jarayonini kuchaytirish uchun o‘rta muddatli harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda:
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni budjet jarayoni bilan bevosita bog‘liqligini nazarda tutuvchi o‘rta muddatga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibini ishlab chiqish.
Tegishli tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarining ustuvorligini aniqlash va saralash mezonlarini o‘rnatish (ijtimoiy soha, yo‘l-transport infrastrukturasi, suv xo‘jaligi va melioratsiya va boshqa infratuzilma obyektlari) .
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash tizimini joriy etish. Shu jumladan, obyektlarni dasturga kiritish bosqichida ham baholashni nazarda tutish, bunda tarmoq vazirliklari va idoralarning (buyurtmachilarning) Investitsiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidagi vakolatlariga aniqlik kiritish (investitsiya loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, amalga oshirish, samaradorligini monitoring qilish va baholash bosqichlarida) .
|
XVJga Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq to‘liq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha talabnoma kiritish
Tahlil natijalariga asoslangan holda
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish
|
2020-yil avgust
2021yil II chorak
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasi diagnostikasi
Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida
|
16.
|
Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorlarni budjet jarayoni bilan integratsiyalash
|
1. Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish jarayonini budjet jarayoniga bosqichma-bosqich ratsionallashtirish va integratsiyalashda:
Davlat investitsiya loyihalarini budjet chegaralari doirasida uzoq muddatga mo‘ljallangan tartibda tanlab olish va tasdiqlash;
yakunlangan yoki yakunlanayotgan loyihalar bo‘yicha saqlash va ekspluatatsiya xarajatlarini budjet xarajatlari prognozida hisobga olish.
2. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish orqali investitsiyalar hisobi va hisobotini yuritish tartibini joriy etish.
3. Investitsiya dasturlarining ular tugallangan va ekspluatatsiyaga kiritilgandan so‘ng operatsion va ekspluatatsiya xarajatlarini baholash orqali ularning iqtisodiy samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish va joriy etish.
|
Normativ-huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
Normativ-huquqiy hujjat
|
2021-yil II chorak
2020-yil III chorak
2021-yil II chorak
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
| |