1-bo‘lim. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish
|
1-bob. Budjet jarayonini takomillashtirish
|
1.
|
Strategik budjetni shakllantirishda vosita sifatida foydalaniladigan Fiskal strategiyani ishlab chiqish.
|
Budjetni shakllantirish jarayoniga ko‘maklashish maqsadida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan Fiskal strategiyani ishlab chiqish va e’lon qilish:
o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari;
o‘rta muddatli davr uchun budjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va soliq-budjet maqsadlari;
keyingi moliya yili uchun budjet xarajatlarini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqiladigan maqsadli mo‘ljallar.
|
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya
|
2021-yil II chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘magini jalb etish
|
2.
|
Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarining ishonchliligini oshirish.
|
Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni tuzish, prognozlashning amaldagi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Makroiqt�sodiy va soliq-budjet prognozlarni hisobot davri yakunlari bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan farq qilish sabablarini o‘rganish orqali baholash.
|
Chora-tadbirlar rejasi
Tahliliy hisobot
|
2020-yil IV chorak
2021-yildan boshlab har yili I chorakda
|
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti
| |
3.
|
Yangi budjet taqvimini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi budjetni shakllantirish muddatlarini (budjet taqvimini) qayta ko‘rib chiqish:
1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ikki bosqichda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqdim etish, bunda:
o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;
o‘rta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozi;
2) Fiskal strategiya bilan birga birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning qabul qilingan Hukumat qarorlari va Davlat dasturlariga asosan kelgusi o‘rta muddatli davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoki tugash muddati kelgan tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘g‘risidagi dastlabki so‘rovlari asosi�a birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan chegaralangan miqdorlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabkimiqdorlarini Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;
3) birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hamda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan o‘rta muddatli davr uchun budjet so‘rovlari tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan Davlat dasturlari va boshqa tadbirlarga talab etiladigan xarajatlarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, tasdiqlangan chegaralangan miqdorlar doirasida shakllantirish va tegishli moliya organiga taqdim etish;
4) hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet so‘rovlari umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etish;
5) Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Davlat budjetining loyihasini shakllantirish jarayonida budjet so‘rovlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Davlat budjetidan tegishli mablag‘lar ajratilishining iqtisodiy asoslanganligini o‘rganish hamda samaradorligini baholash.
|
Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
|
2020-yil IV chorak
|
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining texnik ko‘magi
|
4.
|
Budjet so‘rovini shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish.
|
Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan moliya organlariga budjet so‘rovlarini taqdim etish jarayonini “O‘zASBO” va DMBAT dasturiy majmualarini integratsiya qilish orqali avtomatlashtirish.
|
Moliya vaziri buyrug‘i
|
2020-yil yakuniga qadar
|
Moliya vazirligi
| |
5.
|
Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini shakllantirish hamda ularning ijro jarayonini maksimal avtomatlashtirish.
|
“O‘zASBO” dasturiy majmuasida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini yaratilgan elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi to‘lash moduliga bog‘lash ishlarini yakunlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, birlamchi tibbiy xizmat muassasalari, keyinchalik esa barcha budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini avtomatlashtirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi to‘lash moduliga bog‘lash imkoniyatini yaratish.
|
Dasturiy ta’minotni takomillashtirish
|
2020-yil III chorak
2021-yil
I chorak
|
Moliya vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi
Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari
| |
6.
|
Budjetda nazarda tutilmagan yangi xarajatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash funksiyalarini takomillashtirish.
|
Moliya vazirligi hamda tarmoq vazirliklari o‘rtasida budjet vakolatlarini taqsimlash jarayoni yakunlangandan keyin joriy yil budjetida nazarda tutilmagan tashabbuslar ustidan lozim darajadagi nazoratni o‘rnatish, shuningdek, ularni uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligiga ta’sirini tahlil qilish tizimini joriy etish.
Bu jarayonni avval Moliya vazirligida boshlab, keyinchalik vazirliklarning o‘zida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
|
2021-yil II chorak
|
Moliya vazirligi
|
AQSh G‘aznachiligi ekspertlari ko‘magi
|
7.
|
Birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari sonini maqbullashtirish.
|
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar sonini maqbullashtirish nuqtai nazaridan tashkiliy asosda qayta ko‘rib chiqilgan (oraliq) dastlabki budjet tasnifini tasdiqlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2024-yil I chorak
|
Moliya vazirligi
| |
|