V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish
28.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kapital harakati operatsiyalarini liberallashtirish masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish.
Tahliliy ma’lumotlar
2021-yil avgust
Moliya vazirligi, Markaziy bank
2. Maslahatlashuvlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.
2021-yil sentyabr
29.
2023-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi fond bozorini jahon fond bozori indekslari, shu jumladan “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) reytingidagi dunyoning “rivojlanayotgan” fond bozorlari ro‘yxatiga kiritish.
1. “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) jahon indeksi yurituvchilari bilan tavsiyalar olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil dekabr
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
2. Kamida 2 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyatini mazkur reyting talablariga mos ravishda tashkil etish.
2022-yil aprel
3. Mazkur jarayonni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
2022-yil d�kabr
30.
Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar bo‘yicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish.
1. Moliya, iqtisodiyot va biznes sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv va ilmiy dasturlarida kapital bozori asoslarini o‘rganishni ta’minlaydigan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurslarni joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil aprel
Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
2. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar mavzulari ro‘yxatiga kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni kiritish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil avgust
3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlarida kapital bozorini yanada rivojlantirish modelini ishlab chiqish uchun iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar nomzodlari uchun nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bankini yaratish.
Dissertatsiyalar banki loyihasi
2021-yil oktyabr
31.
Kapital bozori sohasini rivojlantirishga oid masalalar va investorlarga yaratilayotgan yengilliklar bo‘yicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish.
1. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni taklif qilgan holda Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha xalqaro ko�ferensiyalar tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi
2021-2022-yy.
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
2. Kapital bozoridagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish masalalariga oid davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
32.
Kapital bozorida sug‘urta korxonalarining ishtirokini rag‘batlantirish.
1. Sug‘urta korxonalarining investitsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni “Sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasi” bilan uyg‘unlashtirish.
2. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati sohasidagi tartibga soluvchi talablarni takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil sentyabr
Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi
33.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish
Davlat kafolatisiz 50 mln doll. miqdorida mablag‘lar jalb etish hamda ushbu mablag‘larni mahalliy korporativ qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish.