Izoh. Davlat bojining miqdori davlat boji to‘langan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘paytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji har yili belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.
Navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
Respublikaning cheklangan hududida harakatlanadigan radiotelefon (uyali) aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olingan taqdirda davlat boji miqdori qamrov hududidagi aholi soniga mutanosib ravishda har mingta yashovchiga BHMning 5,85 baravari hisobidan belgilanadi.
Qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik subyektlariga:
qishloq joylarda 2048 dan ortiq raqamga ega bo‘lgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi;
bir vaqtning o‘zida qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni olishda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish davlat boji to‘lamasdan amalga oshiriladi;
bir vaqtning o‘zida qishloq joylarda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizma�lar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni olishda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni berish davlat boji to‘lamasdan amalga oshiriladi.
34. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish
35. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi �omonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji: