1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari


-bob. Qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlari



Download 153,75 Kb.
bet4/10
Sana18.07.2022
Hajmi153,75 Kb.
#819787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
56 05.02.2021

3-bob. Qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlari
16. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
v) qarz yuki ko‘rsatkichi (ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda (shu jumladan, boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslar bo‘yicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
(16-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
(16-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) sotib olinadigan kvartira yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu band bilan belgilangan boshlang‘ich badal va ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori summasidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to‘lash) imkoniyatiga ega bo‘lishi;
(16-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
j) ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
z) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
(16-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
17. Qarz yuki ko‘rsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
18. Bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda quyida keltirilgan tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega:
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot;
pensiya to‘lovlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumot;
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiya;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
19. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasining 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashda qo‘shilishi mumkin.
20. Qarz oluvchi o‘z tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi.

Download 153,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish