[
OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00
Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga va “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli mablag‘larni
joylashtirish tartibi;
tijorat banklari va qarz oluvchilarga nisbatan belgilanadigan
muvofiqlik mezonlari;
ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish
va ajratish tartibi;
ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditlarni qaytarish tartibi.
2. Manfaatdor tijorat banklariga ushbu qaror
talablaridan kelib chiqib, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha ichki tartiblarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-fevral,
56-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son
qaroriga
1-ILOVA