91503 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumatning qaroriga muvofiq ravishda muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |