90979 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan inkassoga qabul qilingan va to‘lovini yoki akseptini olish uchun jo‘natilgan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 — “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan to‘langan va/yoki akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |